Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 25 50
3 Aston Villa 25 47
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 25 39
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 25 36
12 Fulhem 25 34
13 Kristal Pelas 25 32
14 Brayton 25 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 25 26
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 25 15
20 Vulverhempton 25 8

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Aston Villa - Brayton
01/01/70 Kristal Pelas - Byornli
01/01/70 Manchester Siti - Fulhem
01/01/70 Nottingem Forest - Vulverhempton
01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bekxemning okeanorti sarguzashtlari

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Devid Bekxem - millionlar o‘yinida katta muvaffaqiyatga erishgan futbochi-biznesmenlardan biri. U AQSHda o‘z klubiga asos solgan, o‘zi asos solgan xususiy xolding orqali nafaqat yirik brendlar bilan reklama shartnomalari imzolaydi, balki investisiya ham kiritadi. O‘tgan yili Bekxem barcha davrlardagi eng katta daromad oluvchi sportchilar reytingida 12-o‘rinni egalladi. Sportrico biznes-nashri tuzgan ro‘yxat tadqiqotlar, Forbes va boshqa media vakillari ma’lumotlari, shuningdek, jahon futbolidagi insayderlar bilan suhbat asosida shakllangan. Daromadni hisoblashda maoshlar, mukofot pullari, reklama shartnomalari, lisenziyadan tushgan mablag‘lar, royalti va boshqa manbalar inobatga olingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Bekxem 1,05 mlrd. dollar ishlab topgan. Demak, uning futbolchilik davri va maydon tashqarisidagi ishlari juda yaxshi ketmoqda.

Bekxem faqatgina o‘z ismi evaziga kuniga 50 ming funt topadi. Atirlar, kosmetika, soatlar, ichki kiyimlar - u allaqachon brendga aylangan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyingi davrda Bekxem juda ko‘plab shart-nomalar imzoladi: Breitling, Armani va Gillette bilan ishladi. Maserati elchisi bo‘ldi, Tudor soatlari hamda Bioderm Homme kosmetik brendi reklama kampaniyalarida qatnashdi. Bundan tashqari, uning o‘z parfyumlar tizimi, David Beckham Eyewear nomli ko‘zoynaklar brendi bor.

O‘tgan yilning qishida Bekxem xoldingi sintetik kannabinoidlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Cellular Goods kompaniyasining ulushini sotib oldi. Shu maqsadda 250 ming funt pul ajratish evaziga 5 foizli ulush va direktorlar kengashidagi ikki o‘ringa ega bo‘ldi.

Bekxem JCH-2022 elchisiga aylandi, qo‘shimchasiga, keyingi 10 yil mobaynida Qatar nomini butun dunyo bo‘ylab yoyish bo‘yicha kelishuv imzoladi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, shartnomada yaxshigina summa qayd etilgan - 150 mln. funt. Biroq Bekxemning Qatar bilan hamkorlik o‘rnatishini hamma ham ijobiy qabul qilmadi - gap yana inson huquqlari poymol bo‘lishi va boshqa masalalarga borib taqaldi. Hattoki, «Xalqaro amnistiya» (Amnesty International) tashkiloti ham e’tirozi borligini yashirmadi, lekin Bekxem siyosiy mavzuda fikr bildirishga oshiqmadi. U bor e’tiborini sportga qaratdi - noyabrda «Formula-1» musobaqalarini kuzatish uchun bordi, jahon chempionati boshlanishidan avval tashkil etilgan teskari sanoqni yo‘lga qo‘yish marosimida qatnashdi, xohlovchilar bilan suratga tushdi.

***

Devid o‘z klubiga asos solish uchun juda katta yo‘lni bosib o‘tdi, vaholanki, AQSHda jamoa tashkil etish qarorini «PSJ»dagi faoliyatini yakunlashi hamono qabul qilgandi: «Shanba kuni Parijda butsalarimni mixga ilganim oydinlashdi, - deydi Devid, - yakshanbada esa Mayamiga parvoz qildim va jamoani aynan shu yerda tuzmoqchiligimni bildirdim».

Keyingi to‘rt yil ichida Bekxemning klubi haqidagi gap-so‘zlar tinchib qoldi: ba’zan OAVda muayyan muammolar vujudga kelgani, oqibatda ishlarning rejadagidek ketmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Shu vaqt mobaynida Devid byurokratik jarayonga yo‘liqdi (Mayami rahbariyati stadion qurish uchun yer ajratishni bir necha marta rad etdi), faollardan biri uni sudga berdi, biznes-sherigini yo‘qotdi, nom tufayli «Inter» bilan sudlashdi.

«Rostini aytsam, shunchaki, jamoa tuzilayotgani haqida xabar berib, bir yildan so‘ng ligadagi ishtirokni boshlaymiz, deb o‘ylagandim - AQSHda futbolni qayta tiriltirish jarayoni kechayotgani sabab barchasi osongina amalga oshishini kutgandim, - deydi Bekxem. - Ammo o‘tgan olti yil mobaynida ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yildi. Tasavvur qiling, xorijliklardan biri Londonga kelib, «Oh! Bukingem saroyiga qo‘shni hududda ajoyib yer maydoni bor ekan, kelinglar, shu yerga stadion quramiz», desa, buni qanday qabul qilasiz? Biz aynan shunday holatga tushib qoldik».

Jamoa tuzish haqidagi e’londan uning MLSdagi debyutigacha bo‘lgan davr 7 yilga cho‘zildi, shu vaqt mobaynida Bekxem bir necha bor taslim bo‘lishga tayyor edi, lekin har safar o‘zini qo‘lga oldi - uning aytishicha, barchasiga hamkorlar sababchi bo‘lishgan. «Inter Mayami» 2020 yilning martidan buyon MLSda qatnashib kelmoqda: klub debyut mavsumida Sharqiy konferensiyadagi 14 klub orasida 10-o‘rinni egalladi, umumiy hisobda 19-pog‘onani band etdi, o‘tgan mavsumni esa mos ravishda 11 va 20-o‘rinlarda yakunladi.

Maydondagi qiyinchiliklarga ligadagi muammolar ham qo‘shildi - MLS maoshlarning yirik miqdori hamda tarkibni shakllantirish qoidalari buzilgani sababli Bekxemning klubiga rekord darajadagi 2 mln. dollar miqdorida jarima jazosi qo‘lladi. Shuningdek, boshqaruvchi xo‘jayin Xorxe Masa ham jabr ko‘rdi - undan 250 ming dollar undirildi. Liga yarim himoyachi Blez Matyuidi bilan shartnoma imzolanishi, uning liga maoshlar byudjeti va tarkibni shakllantirish tartibiga mosligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi. Futbolchi bilan kelishuv tuzilganda, ligadagi bir futbolchi uchun maoshlarning eng yirik miqdori 612 ming dollarni tashkil etgani ko‘pchilikni ajablantirdi - Blez «Yuve»da bundan bir necha marotaba ko‘proq ishlab topardi. Matyuidini esa maoshi limitdan yuqori bo‘ladigan yulduzlarni sotib olish uchun ishlatish mumkin bo‘lgan daromad manbai - maqsadli vositalar (Target Allocation Money) evaziga xarid qilingandi. O‘sha yili TAM 2,8 mln. dollarni, bir o‘yinchi uchun maksimum 1,6 mln. dollarni tashkil etgandi.

Tekshiruvlar tartibbuzarlik borligini ko‘rsatdi, chunki Matyuidi odatiy shartnomadan tashqari marketing kelishuvi ham imzolagan. Shu tariqa uning daromadi ortgan. Ayni turdagi bitimlar MLS bilan kelishgan holda tuzilishi kerak, lekin «Inter Mayami» bunday qilmagan.

Bundan tashqari, «muayyan futbolchi» (aynan o‘sha - maoshi yuqori bo‘lgan superyulduz) qoidasiga asosan, klublar uch nafardan ko‘p bo‘lmagan o‘yinchi bilan shartnoma imzolashlari mumkin. Liga tekshiruvlari «Inter» mazkur pozisiyaga besh nafar futbolchi olganini aniqladi, bu ham jiddiy qoidabuzarlik hisoblanadi. Mazkur holatda ayrim futbolchilarning maoshlari kamaytirilgan, bu esa raqobat buzilishi sanaladi.

Klub barcha qoidabuzarliklarni tan oldi va muammolarni hal qilishda MLS bilan yaqin hamkorlik o‘rnatganini ta’kidladi. «Biz boshqaruv tizimimizda sezilarli o‘zgarishlarni amalga oshirdik, - deyilardi «Inter Mayami» bayonotida. - Klubimizning maqsadlari ulkan, bu borada intilishlarimiz jiddiy. Fikrimizcha, bizdagi fan-baza, bozor va rahbarlar guruhi Shimoliy Amerikaning jahondagi eng mashhur jamoasi bo‘lishimizga sababdir. Jamoani qo‘llab-quvvatlashga, barchamiz faxrlanadigan tarkibni shakllantirishga harakat qilyapmiz».

Har qanday holatda ham, kelgusi yillar davomida klubga oson bo‘lmaydi: yirik jarima jazosi jamoani nav­batdagi ikki yil uchun maqsadli vositalardan ayiradi. Shunday ekan, yulduzlarni taklif etish yanada qiyinlashadi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:00, 01.02.2022. O'qildi: 1550 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 21
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 12
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Фулхэм Xarri Uilson 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.