Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Krishtianu Ronalduning hayot tarzi qanday?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Krishtianu Ronaldu - tarixdagi eng buyuk sportchilardan biri, 20 yil ichida o‘nlab jahon rekordlarini o‘rnatdi, o‘zining biznes-imperiyasiga asos soldi. «SE» tayyorlagan quyidagi material «Manchester Yunayted» klubi va Portugaliya termasi afsonasining qayerda va qanday yashayotgani haqida.


U qancha pul ishlayapti?

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ronalduning moliyaviy ahvoli 1,2 milliard dollarga baholanmoqda. Hozir faoliyatini davom ettirayotgan hech bir sportchi bunday ko‘rsatkich bilan maqtana olmaydi. Lionel Messining holati biroz kamroq - 1,1 milliard dollar.

So‘nggi 10 yil mobaynida Ronalduning yillik maoshi 30 million yevrodan pasaymadi. Krish «Real»da ham, «Yuventus»da ham shuncha olgandi, hozir «MYU»da ham shunday. Ammo uning asosiy daromadi futboldan kelmaydi. Forbes qayd etishicha, 2021 yilda Ronaldu 125 million dollar ishladi: klubdagi maoshiga turli bonuslar va reklama shartnomalari (qariyb 60 million dollar) ham qo‘shilgan.

Krishtianu eng ko‘p pulni Nike firmasidan oladi - yiliga 23 million dollar. Shuningdek, u Clear, EA Sports, PokerStars, Armani, Herbalife va Castrol bilan hamkorlik o‘rnatgan. Keng ko‘lamli homiylik shartnomalari Ronalduning xususiy loyihalarini rivojlantirishiga xalal bermaydi: u CR7 brendi ostida erkaklar ichki kiyimi, liboslar, poyabzal, ko‘zoynak va parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqaradi. Crunch bilan esa, portugaliyalik fitnes-klublar tizimini yo‘lga qo‘ygan - butun dunyoda shunday muassasalar soni 15taga yetib ulgurgan.

Pestana CR7 mehmonxonalari Ronalduga qo‘shimcha daromad keltiradi. Ularning dast-labkilaridan biri Madeyra orolida ochilgan. Shuningdek, portugaliyalikning Nyu-York, Marrakesh, Lissabon va Madridda mehmonxonalari bor. Eng qiziqarli tarmoqlardan biri - soch ekishga ixtisoslashgan kliniki bo‘lib, u ham Ronaldu mulklari qatorida zikr etiladi.


40 millionlik ko‘chmas mulk

The Mirror ma’lumotlariga ko‘ra, Krishtianu umumiy narxi 40 million funtdan oshadigan 9ta ko‘chmas mulk ob’ekt-lari egasi hisoblanadi. Portugaliyalik hujumchi oilasi bilan Manchester yaqinidagi uyida yashaydi - xonadonning narxi 3,5 million yevro. Ronaldu «MYU» safiga qaytganida, dastavval ikki baravar qimmat bo‘lgan hashamatli uyga joylashgandi. Lekin darhol yangi boshpana qidirishga tushdi - The Sun qayd etishicha, xonadon yaqinida o‘tlatilgan qo‘ylar galasi tongda uning uxlashiga xalaqit qilgan. Boshqa ma’lumotlarda esa, Ronaldu xavfsizlik nuqtai nazaridan ko‘chib o‘tgani ta’kidlangan. Krishtianuning yangi uyi nisbatan kichikroq, lekin unda kerakli hamma narsa bor: ajoyib sportzal, kinoteatr, bir nechta basseyn, to‘rtta mashinaga mo‘ljallangan garaj va kichik havza. Villa muntazam kuzatuv ostida.

Ronaldu «Real»ni tark etganiga 4 yil bo‘lganiga qaramay, Madridning elit hududlaridan hisoblangan La Finkadagi narxi 5 million yevrolik uyini sotmagan. Hovli maydoni qariyb bir kvadrat kilometrni tashkil etadi. «Bu uyni ko‘rganimda, tilim kalimaga aylanmay qolgandi. Bir safar oshxonaga kiraman deb adashib qolgandim! Yotoqxonaga qaytish uchun yarim soat sarflagandim. Bunday ulkan uyga ko‘nikmaganman, axir bolaligimdan mitti kvartiralarda yashaganman», - degandi Krishtianuning qallig‘i «Men - Jorjina» nomli avtobiografik filmda.

Ronalduning mulklari ro‘yxatida Nyu-Yorkdagi «Tramp minorasi»dagi xonadon ham bor. Gap-so‘zlarga ko‘ra, bu portugaliyalik yulduzga tegishli eng qimmatbaho ob’ekt hisoblanadi. Krishtianu uyni 2015 yili 18,5 million dollar evaziga sotib olgan. Lyuks toifasidagi apartamentlarda uchta yotoqxona, ikkita mehmonxona va bir nechta vannaxonalar bor, lekin eng asosiysi - derazadan ko‘zga tashlanib turadigan Nyu-Yorkning ajoyib ko‘rinishi. 2021 yili Ronaldu kvartirani nisbatan ancha arzon narxda (qariyb 8 million dollar) sotuvga qo‘ydi.

O‘z yurtida Krishtianuning «Madeyra» nomli 7 qavatli turar-joy majmuasi bor, u yerda futbolchining qarindoshlari yashashadi. «Madeyra»ning narxi - 7 million funt. Portugaliyalik yulduz Marbelyada dam olish uchun uy xarid qilgan. Qo‘shni villa Konor Makgregorga tegishli. Shuningdek, «Yuventus»da o‘ynayotgan kezlari Turinda ham uy sotib olgan. Krishtianuning yana ikkita kvartirasi Lissabonda joylashgan. 2019 yili Ronaldu, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Portugaliya shimolidagi uyini «Real»dagi sobiq sherigi Pepega sotgan ekan. Ammo hujjatlarda xonadon hamon Krishtianuga tegishli ekanligi qayd etilgan.

Ronalduning pullari evaziga qad rostlayotgan eng e’tiborga molik inshoot - Portugaliya-da, Atlantika okeani sohilida keksalar uchun qurilayotgan uy bo‘lib, rejaga ko‘ra, u 2025 yilda foydalanishga topshiriladi. OAVda bu borada turlicha fikrlar yangramoqda: kimdir bu Krishtianuning investisiyasi ekanligini aytsa, boshqalar portugaliyalik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng o‘sha yerga ko‘chib o‘tishini ta’kidlashmoqda. Uy qurib bitkazilgan payt Ronaldu 40 yoshda bo‘ladi.

Jorjinaning hayoti ham o‘zgardi

2010-2015 yillar davomida rossiyalik model Irina Sheyk bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan Krishtianu bir yil o‘tib, ispaniyalik Jorjina Rodriges bilan uchrashishni boshladi. Juftlik ilk bor tanishganlarida, Jorjina Gucci butigida sotuvchi bo‘lib ishlardi. «Ishga avtobusda borardim, ortga esa Bugatti avtomobilida qaytardim. Bunga uzoq vaqt ko‘nikolmagandim», - deydi Rodriges.

Jorjina Ronalduning qallig‘iga aylangach, unga yirik brendlar e’tibor qaratishni boshlashdi. Hozir Rodrigesning bir nechta reklama shartnomalari bor, «Instagram»dagi sahifasida deyarli 30 million obunachiga ega.

Ronaldu va Jorjinaning birgina umumiy farzandlari bor - qizaloq Alana Martina. Tez orada oila a’zolari safi yanada kengayadi. Oktyabr oyi oxirida juftlik egizak farzand kutishayotgani aniq bo‘lgandi. Portugaliyalikning yana uch farzandi bor: kichik Krishtianu (onasi noma’lum) va surrogat onadan egizaklar - o‘g‘li Mateo va qizi Yeva.

Kichik Krishtianu «MYU» tizimida tarbiyalanmoqda, o‘smirlar jamoasida o‘ynaydi. Uning klubdoshi - Kay Runi, Manchesterda Ronaldu bilan birga porlagan afsonaviy Ueyn Runining o‘g‘li.

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:35, 07.02.2022. O'qildi: 3670 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик