Xabaringiz bor, AGMK ayni paytda Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga taraddud ko‘rmoqda.
Jamoa yig‘in doirasida 5ta nazorat o‘yini o‘tkazishni rejalashtirgan. Hozirga qadar AGMK ikkita nazorat uchrashuvlarini o‘tkazishga ulgurdi. Qozog‘iston klubi «Kaspiy» mag‘lub etilgan bo‘lsa, Rossiya jamoasi «Nefteximik» bilan o‘yinda (3:4) mag‘lubiyat kuzatildi.
Rejaga ko‘ra jamoa navbatdagi o‘yinni 15 fevral kuni Gruziyaning «Sioni» jamoasi bilan nazorat bellashuvi o‘tkazishi lozim edi. Biroq Gruziya klubining Antaliya yig‘ini bekor bo‘lgani tufayli jamoa ushbu sanada Latviya birinchiligi peshqadami «Auda» bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. So‘ngra yig‘in doirasidagi navbatdagi ikki bahsni Serbiyaning «Indjiya» va Qozog‘istonning «Atirau» jamoalariga qarshi o‘tkazadi.
Nazorat o‘yinlari jadvali:
7 fevral
AGMK - «Kaspiy» (Qozog‘iston) 2:0
10 fevral
AGMK - «Nefteximik» (Rossiya) 3:4
15 fevral
AGMK - «Auda» (Latviya)
17 fevral
AGMK - «Indjiya» (Serbiya)
19 fevral
AGMK - «Atirau» (Qozog‘iston)