Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Bu yoshida otasidan yaxshiroq o‘ynaydi”. 28 ta o‘yinda 58 ta gol urgan Krishtianu Ronalduning o‘g‘li haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Krishtianu hozir ham “Manchester Yunayted”da. Ronaldu rasmiy o‘yinlarda o‘z o‘g‘li bilan o‘ynashga ulguradimi?

10 fevral kuni kichik Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzoladi. U klub akademiyasida mashg‘ulotlarni 2021 yilning kuzida boshlagan va bir necha kun oldin klub bilan to‘liq shartnoma imzoladi.

Futbolda o‘g‘il bolalar otalarining faoliyatini davom ettirishi va o‘z karyerasini qurishga intilishi odatiy hol. Bunga juda ko‘p misollar bor: Jastin Klyuyvert, Kasper Shmeyxel, Federiko Kyeza, Diyego Simeonening ikki o‘g‘li, Jordan Larsson va Zidanning to‘rtta o‘g‘li.

Kichik Ronalduning shu paytgacha futbolda nimaga erishgan?

U faoliyatini Ispaniyada boshlagan. Ammo “Real Madrid” akademiyasida emas.

Kichik Ronalduning faoliyatidagi birinchi klub unchalik taniqli bo‘lmagan “Pozuelo” jamoasi hisoblanadi. Ronaldu bu tanlovni ikki sababga ko‘ra qabul qilgan. Birinchidan, futbolchining saroyi “Pozuelo” klubi bazasi yaqinida joylashgan edi. Ikkinchisi, ota o‘g‘lining "Real Madrid" akademiyasidagi o‘yinlari tufayli bosim o‘tkazishni istamagan.

Kichik Ronaldu yoki Krishtianinyo “Pozuyeelo”da yo‘qolib qolmadi. Olti yoshli bolakay debyut uchrashuvidayoq gol urdi.

Ko‘pincha kichik Ronalduni buvisi Dolores Aveyro mashg‘ulotlarga olib borardi. Ronaldu o‘g‘lining o‘yinlariga kelib, uning yutuqlarini diqqat bilan kuzatib bordi.

Ronaldu o‘g‘lini ajoyib futbolchi bo‘lib yetishishini xohlaydi

Krishtianu o‘g‘lini professional futbolchiga aylantirishga jiddiy yondashgan. Buni kichik Ronalduning “Pozuelo”da otasining raqamini olganidan bilish mumkin. U ham “7” raqam ostida to‘p tepadi.

2016 yilda Ronaldu o‘g‘lining faoliyati haqida shunday degan: “Albatta, men uning otasi kabi futbolchi bo‘lishini xohlayman. U darvozabon emas, balki mendek hujumchi bo‘lganini ko‘rishni istayman. Tushunaman, bu qiyin va unga oson bo‘lmaydi. Shuni ham ta’kidlashim kerakki, u o‘zi xohlagan narsani tanlaydi. Men unga bosim o‘tkazmayman”. 

Shu bilan birga, Ronaldu muntazam ravishda o‘g‘li bilan mashg‘ulot o‘tkazadi, uning jismoniy rivojlanishi va ovqatlanishini jiddiy kuzatib boradi. Ijtimoiy tarmoqlardagi videolardan birida ota va o‘g‘il yugurish yo‘lakchasida mashq qilishmoqda va Krishtianu shunday deydi: "Faoliyatimni yakunlash payti keldi, sening esa ishlash".

Ronaldu o‘g‘lining bo‘sh vaqtini ham kuzatib boradi. Masalan, u o‘g‘liga smartfondan foydalanishni taqiqlaydi: "U muntazam ravishda mendan uyali telefon olib berishimni so‘raydi va men bunga hali vaqt bor deb aytaman", - deydi futbolchi.

Ammo shu bilan birga, ota o‘g‘lini kompyuter o‘yinlari o‘ynashiga qarshilik ko‘rsatmaydi. Jurnalistlar Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodriges haqidagi chop etilgan hujjatli filmni tomosha qilar ekan, ularning ko‘zi kichik Krishtianuning kompyuter stoliga tushdi. Unda mashhur o‘yinlar diski bor: VALORANT, CS:GO, Rocket League va Fortnite.

Individual mashg‘ulotlar kichik Krishtianuning “Pozuelo”dagi o‘yinlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Ikki yil ichida u 55 ta gol urdi va maktab to‘purari bo‘ldi. U 2018 yilda otasi bilan birga Italiyaga ko‘chib o‘tdi.

 

Ronalduning o‘g‘li “Yuventus”da dahshatli o‘yin ko‘rsatdi. U otasi bilan birga o‘ynashni orzu qiladi

Italiyada Krishtianu o‘g‘lini "Yuventus" akademiyasiga berdi. Kichik Krishtianu Turin klubi safida ham o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatdi: u to‘qqiz yoshli futbolchilar jamoasi safida 28ta o‘yinda u 58ta gol urdi va 18ta golli uzatmani amalga oshirdi. Butun oila uning o‘yinidan hayratda. 2021 yilda buvisi nabirasi haqida shunday dedi: "U otasining yoshda undan yaxshiroq o‘ynaydi".

Aftidan, kichik Krishtianu o‘z muvaffaqiyatlari bilan otasini xursand qilmoqchi. "U ba’zan menga: "Dada, yana bir oz kuting, men siz bilan birga o‘ynashni xohlayman". Bu yil Ronalduning o‘g‘li 12 yoshga to‘ldi, Krishtianuning o‘zi esa 37 yoshda. Agar buning imkoni bo‘lsa, Ronaldu yana  kamida besh yil o‘ynashiga to‘g‘ri keladi. Yaqinda bergan intervyusida Ronaldu o‘zini genetik jihatdan 30 yoshdagidek his qilishini va 40-42 yoshgacha o‘ynashini aytdi.

Ammo, bu qaysi jamoada sodir bo‘ladi? Krishtianu Ronalduning onasi bu haqda shunday deydi: “Men o‘g‘lim faoliyatini hammasi boshlangan joyda – “Sporting”da yakunlashini ko‘rmoqchiman”.

Agar kichik Ronaldu shu tempda davom etsa, shuningdek mashhur odamning o‘g‘li bosimiga dosh bersa, yaqin kelajakda otasining orzusini amalga oshirishini ko‘rishimiz mumkin.

Manba: Championat.com
Kiritildi: 23:38, 12.02.2022. O'qildi: 10765 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.