Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • 2:3
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • 2:1
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Fransiya prezidenti Mbappedan iltimos qildi, «Real» esa xavotirga tushgan. «PSJ»da Kilianni olib qolishning bitta yo‘li bor

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Shartnomalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«PSJ» Mbappeni «Real» bilan shartnoma imzolamaslikk ko‘ndirish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilmoqda. Klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi ushbu muammoni hal qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng, Kilianga Fransiyaning asosiy shaxslari murojaat qilishdi - mamlakatning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron va sobiq prezident Nikolya Sarkozi futbolchini parijliklar bilan shartnoma uzaytirishini iltimos qilishdi. Bu Kilianga yaqinlashib kelayotgan transfer oynasi oldidan, klub bilan yangi shartnoma imzolash haqida yana bir bor o‘ylab ko‘rishini bildiradi.

Avvalo, Kilian nima uchun Parij klubi safidan ketishni xohlayotganini yoki ketmoqchi ekanligini aniqlash kerak. Mbappening fikricha, «PSJ» uning atrofida jamoa o‘yinini qurishi kerak. Klub yozda Leo Messi va Serxio Ramos kabi tajribali futbolchilar bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng,  futbolchining vakillari klub siyosatiga shubha bilan qarashmoqda. Bundan tashqari, Kilian va yana bir qancha fransuz futbolchilari 2021/22 yilgi mavsumning birinchi qismida Lotin amerikalik futbolchilar jamoada bir qancha imtiyozlarga ega bo‘lganidan norozi bo‘ldi. (mashg‘ulotlarga kechikish va shu kabi holatlarda Parij klubi rahbariyati futbolchilarni kechirgan).

Bir necha hafta oldin Kilianning yozda Madrid klubiga ko‘chib o‘tishi hal qilingan masaladek tuyulgan edi. Biroq, «PSJ» va «Real» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi uchrashuvidan keyingi Mbappening fikrlari ko‘pchilikda shubha uyg‘otdi.

«Birinchi o‘yinda g‘alaba qozonish — zavqli», - deb yozdi hujumchi Twitter sahifasida. «Bu Parij!»

«Real Madrid» Fransiya poytaxtiga bir maqsad bilan keldi – mag‘lub bo‘lmaslik. Karlo Anchelotti parijliklarning hujumkor futbolchilariga bo‘sh joy berish, o‘z joniga qasd qilish bilan barobar ekanini tushunib, chuqur himoyaviy o‘yinni tanladi. Faqatgina darvozabon Tibo Kurtuaning fantastik o‘yini «qaymoqranglilar»ga umid uchqunini berardi.

«PSJ»ning to‘liq ustunligiga qaramay, «Real Madrid» deyarli golsiz durang natijaga erishgan edi. Ammo, o‘yin tugashiga bir necha daqiqa qolganda Kilian Mbappe Eder Militao va Lukas Vaskesni dog‘da qoldirib, g‘alaba golini kiritdi. Mbappening ushbu epizoddagi harakatlari «PSJ» va «Real» futbolchi uchun nega kurashayotganining yaqqol isbotini ko‘rsatib berdi. Har ikki jamoa ham fransuzni o‘z safiga qo‘shib olish uchun dahshatli summa taklif qildi. «Real Madrid» yiliga 50 million yevro maosh to‘lashga tayyor. «PSJ» ham bu borada ortda qolmadi va soliqlarni hisobga olmaganda 45 million yevro maosh taklif qilishdi. Qaysi jamoada o‘ynagan taqdirda ham kelasi mavsumda Kilian dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi aniq.

«PSJ» o‘zining asosiy yulduzini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun ikkinchi o‘yinda «Real»dan ustunligini isbotlashi kerak. Shuningdek, parijliklarga Maurisio Pochettinoning o‘rniga YECHLda g‘alaba qozonishda, hamda yulduz futbolchilar bilan ishlashda tajribasi bo‘lgan Zinedin Zidan  bilan shartnoma imzolash kerak. Sababi, taniqli murabbiy futbolchini jamoada olib qolishga yordam berishi mumkin. Zizu vunderkind bilan iliq munosabatda, demak yosh futbolchi mutaxassisning maslahatini qabul qiladi.

Kilian «Real» ustidan g‘alaba qozonganidan keyin aytgan so‘zlari Madrid klubi rahbarlarini o‘ylantirib qo‘ygan bo‘lsa kerak, chunki futbolchi o‘yindan keyin bergan intevyusida Parijda baxtli ekanligi  va dunyoning eng kuchli jamoasi safida o‘ynayotganini ta’kidladi.

«Men baxtliman. Biz juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik va hamma narsadan qoniqish hosil qildik. Ikkinchi o‘yin oldidan ustunlik biz tomonda.

Neymar menga ajoyib uzatma berdi, men esa jarima maydonchasiga tezlik bilan raqib himoyasini yorib kirishga muvaffaq bo‘ldim. Himoyachilar ortda qolishdi va men darvozabonning oyoqlari orasiga zarba berib, gol urmoqchi edim, maqsadimga erishdim.

Men bor etiborimni futbolga qaratmoqchiman. Odamlar men haqimda ko‘p yolg‘on xabarlar tarqatishdi. To‘g‘risi, men bor e’tiborimni jamoamga yordam berishga qaratganman.

Men «PSJ»da ekanligimdan baxtliman. Men dunyoning eng yaxshi klublaridan birida o‘ynayotganimni anglash uchun fevral oqshomidagi «Real»ga qarshi o‘yinni kutishim shart emas edi», — deydi Mbappe o‘yindan keyin intervyusida.

 

Mbappe yaqin kunlarda qaror qabul qilish kerak. Chunki, «Real» ortiq kutishni istamayapti.

 

 

Kiritildi: 20:29, 20.02.2022. O'qildi: 10374 marta. Fikrlar: 13 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик