Bugun 19 avgust, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 19 40
2 Neftchi 19 39
3 Dinamo 19 37
4 Bunyodkor 19 34
5 OKMK 19 34
6 Paxtakor 19 33
7 Navbahor 19 31
8 Qizilqum 19 25
9 Surxon 19 23
10 Andijon 19 21
11 So‘g‘diyona 19 20
12 Xorazm 19 19
13 Qo‘qon-1912 19 18
14 Mash’al 19 18
15 Buxoro 19 14
16 Sho‘rtan 19 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Paxtakor 2-0 So‘g‘diyona
19-тур Navbahor 0-1 Neftchi
19-тур Dinamo 1-0 OKMK
19-тур Nasaf 2-0 Sho‘rtan
19-тур Qo‘qon-1912 2-0 Surxon
19-тур Mash’al 1-0 Andijon
19-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
19-тур Xorazm 0-1 Qizilqum

Navbatdagi o'yinlar.

20/08/25 Sho‘rtan - Navbahor
20/08/25 So‘g‘diyona - Dinamo
21/08/25 Neftchi - Mash’al
21/08/25 Buxoro - Qo‘qon-1912
22/08/25 Andijon - Paxtakor
22/08/25 Qizilqum - Bunyodkor
23/08/25 Surxon - Nasaf
23/08/25 OKMK - Xorazm

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1828 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 682 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 19.08.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Трабзонспор".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Баия".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Крузейро".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Трабзонспор".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Крузейро".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Трабзонспор".
      20:30 Новости футбола.
      20:35 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Фатих Карагюмрюк".
      22:35 Новости футбола.
      22:40 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Крузейро".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Трабзонспор".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Баия".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 19.08.2025

      05:20 Дзюдо. "Большой шлем" Улан-Батора в Монголии. День 1.
      06:55 Д/ф "17 часов до вершины".
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве. 1/2 финала.
      10:05 "Формула-1. Гаснут огни".
      10:35 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэты. Произвольная программа. Финал.
      11:45 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Смешанные дуэты. Произвольная программа. Финал.
      12:55 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      13:30 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 1.
      14:05 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 1.
      14:35 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 3.
      15:10 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2.
      15:40 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 2.
      16:15 "Культовые".
      16:45 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 12 в Хожуве, Польша.
      19:00 Дзюдо. "Большой шлем" Улан-Батора в Монголии. День 2.
      20:55 "Тайны звёзд спорта".
      21:25 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве. 1/2 финала.
      23:30 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Акробатические группы. Финал.
      00:45 Д/с "Век нашего спорта". Николай Дроздецкий.
      01:20 "Культовые".
      01:50 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 2.
      02:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 1.
      03:00 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 1.
      03:30 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 3.
      04:05 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2.
      04:35 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 2.
  • MATCH-TV
    • Sana: 19.08.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "География спорта". Норильск.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Культовые".
      11:55 LIVE Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Прямая трансляция.
      15:00 Специальный репортаж.
      15:20 Новости.
      15:25 Есть тема! Прямой эфир.
      16:50 "Что за спорт?". "Экстрим".
      17:20 "Лучшие из лучших".
      17:55 Новости.
      18:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:55 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Калуга" - "Амкал" (Москва). Прямая трансляция.
      21:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:10 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Спартак" (Тамбов) - "Металлург" (Липецк). Прямая трансляция.
      23:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Реал Мадрид" - "Осасуна". Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 "Культовые".
      03:30 "География спорта". Норильск.
      04:00 Пляжный волейбол. Чемпионат России. Этап в Новом Уренгое. Матч за 3-е место.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 19.08.2025

      06:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      07:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      09:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      10:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 12 в Мадриде, Испания. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      11:30 Зал славы. Олимпиада 2024 в Париже.
      12:30 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 2.
      13:15 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 3.
      14:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      16:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 13. Луго - Пуэрто-де-Анкарес.
      18:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 15. Инфьесто - гора Куиту-Негру.
      20:00 LIVE Теннис. US Open Mixed Doubles Championship. Раунд 1. Прямая трансляция.
      00:00 LIVE Теннис. US Open Mixed Doubles Championship. Раунд 2. Прямая трансляция.
      02:00 Парусный спорт. The Ocean Race Europe. "На борту", 3 эп.
      02:30 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 15. Инфьесто - гора Куиту-Негру.
      03:00 Американский футбол. "Полоса испытаний. Тренировочная база Баффало Биллс", 1 эп.
      04:15 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 13. Луго - Пуэрто-де-Анкарес.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qattiqqo‘l ayol – Bundesqirolicha

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Germaniya Bundesligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Birinchi va ikkinchi Bundesligani o‘z ichiga olgan Germaniya futbol ligasi (DFL) yangi yilni yangi prezident bilan qarshi oldi. Endilikda Yevropadagi eng kuchli birinchiliklardan birini ayol funksioner bosh­qarmoqda. Alohida fakt shuki, Donata Xopfen DFL tarixidagi birinchi ayol rahbardir. Kristian Zayfert o‘rnini egallagan 45 yoshli xonimni o‘tmishdoshining samarali  faoliyati sira xavotirga solayotgani yo‘q. Zayfert davrida Bundesliga chindan ham, shiddatli taraqqiyotga erishdi. Mediamenejer va innovator xonim esa endi Germaniya chempionatini jahon futbolidagi eng raqamlashtirilgan liga darajasiga olib chiqish xususida baralla va’da bermoqda.

«O‘z an’ana va qadriyatlarimizni avaylagan holda, dunyo futbolida eng raqamlashtirilgan ilg‘or chempionat maqomini olishni istaymiz», - dedi Xopfen Germaniya jamoatchiligiga yo‘llagan videomurojaatida. Xonim shuning barobarida qo‘l ostidagi xodimlarga alohida uqtirdi: «Iloji bo‘lmayapti» qabilidagi bahonaga endi o‘rin yo‘q. Bu so‘zni mutlaqo unuting!»

***

Donata Xopfen 15 yil davomida Germaniya­dagi yetakchi nashrlardan biri Bild tahririyatida innovasiya bo‘limini boshqardi. Kasbdoshlari jur’at etmagan pallada aynan u Bundesliga o‘yinlarini namoyish etish huquqini sotib oldi. Donata mamlakatda eng ko‘p nusxada chiqadigan nashrga o‘tgan asrning 90-yillari oxirida Roytlingen va Madriddagi tahsildan keyin amaliyot uchun bosh suqqandi. Sinov muddati tugagach, tirishqoq qiz Accenture konsalting agentligidan ish topdi. Donata aynan shu yerda zamonaviy loyihalarni ro‘yobga chiqarish borasida ilk ko‘nikmalarni hosil qildi. 2003 yili yosh mutaxassis Bild nashriga qaytib, yana innovasion dasturlar bilan shug‘ullana boshladi. Tez orada gazetaning biznes taraqqiyoti bo‘limi uning tasarrufiga topshirildi. Xopfen xonim keyinchalik Bild Digital direktori sifatida nashr tarkibidagi barcha onlayn xizmat turlarini boshqarishga o‘tdi.

Bild 2013 yili aynan Xopfen tashabbusi bilan birinchilardan bo‘lib onlayn-obuna amaliyotini joriy qilib, BildPlus ilovasini chop eta boshladi. To‘g‘ri, ushbu qaltis qaror avvaliga aytarli samara bergani yo‘q. «Gazetxonlar ko‘pincha Bild muqovasining jarangdor sarlavhasini ko‘rishlari bilan uni kioskdan 2 sentga olib ketaveradilar. Onlayn-obunaning yo‘lga qo‘yilishi bilan davriy nashrning bu ustunligi yo‘qoladi», - degandi o‘shanda mediaekspert Oliver Numrix. Xopfen esa bunga ishonch bilan izoh berdi: «Tavakkalchilikka mamnuniyat bilan qo‘l uraman. Lekin undan avval barcha oqibatlarini hisoblab chiqaman. Zero, har ishda eng yomon natija nima bo‘lishini bilish juda muhim».Donata xato qilmagandi: hozirda Bild sayyoramiz nashrlari orasida yetakchi 10talikdan joy olgan, uning onlayn-obunachilari soni allaqachon 500 mingdan oshgan. Faqat AQSH, Britaniya va Yaponiya nashrlari oldinda, xolos.

Aynan 2013 yili gazetaning elektron variantini chiqarish ham yo‘lga qo‘yildi. Elektron Bild avvaliga 24 ming o‘quvchiga yetkazib berilgan bo‘lsa, hozir obunachilar 5,5 baravarga ko‘paydi - 112 ming. Xullas, Donata Xopfen loyihalari ayni kunda Bild jamoasiga rosa qo‘l kelmoqda. Zero, bosma nashr nusxasi keskin kamayib borishi ortidan katta zarar yuzaga keldiki, buni innovasion g‘oyalar daromadi qoplamoqda. Raqamlarda keltirsak, 2003 yili gazeta 4 mln. nusxada chiqqan bo‘lsa, 2013 yilda bu ko‘rsatkich 2,5 million, 2021 yil oxirida esa 1,4 millionga tushib qoldi. Aslida pasayish butun Yevropa gazetalariga xos. Shunga qaramay, Bild hamon yetakchilar qatorida. Darvoqe, Horizont jurnali 2014 yili Donata Xopfenni «Media sohasida yil ayoli» sifatida e’tirof etdi. Bunda uning Bild guruhida joriy qilgan yangiliklari inobatga olingan, albatta. Qo‘shimchasiga, korchalon ayolni nashriyot boshqaruvi raisi lavozimiga taklif etishdi. Ya’ni Xopfen gazetaning bosma va onlayn variantlariga rahbarlik vazifasini o‘z zimmasiga oldi. Shu asnoda media­menejer birinchi navbatda, ikkala variant­ga bitta tahririyat javob berishini ta’minladi.

***

Donata Xopfen Bundesliga bilan ilk marta Bild nashrining onlayn xizmatini yo‘lga qo‘yish jarayonida aloqa o‘rnatdi. Aniqroq aytsak, xonim obuna qadrini oshirish maqsadida Germaniya chempionati uchrashuvlarini tezkor yoritish huquqini sotib oldi. Shu tariqa asosan bosma varianti bilan tanilgan Bild zamonaviy multimedia axborot vositasi maqomiga ko‘tarildi. «TV-huquqlar hisobiga shiddatli parvozni amalga oshirdik. Futbol va video - nashrimizning muhim yo‘nalishi. Qolaversa, bu BildPlus obunachilari uchun qo‘shimcha sovg‘adir», - deya ta’kidlagandi Xopfen. Rahbar ayol nashriyotdan ketish arafasida, ya’ni 2017 yili Fussball Bild bosma jurnalini chop etishga ham ulgurdi. Biroq usta mediamenejersiz qolgan jurnalni 2 yildan keyin qoniqarsiz moliyaviy ko‘rsatkichlar tufayli yopishga to‘g‘ri keldi.

***

Xopfenni o‘ta qattiqqo‘l ayol sifatida ta’riflashadi. Uning o‘zi barcha ayol rahbarlar xususida shunday fikr shakllangani, bundan xafa emasligi va yorqin faoliyati barobarida namunali ona bo‘lishga intilishini aytadi. Xopfen 2017 yili Bild guruhidan voz kechib, Verimi kompaniyasiga o‘tib ketdi. U Amerikaning gigant guruhlariga javob sifatida tashkil etilgan kompaniyada davlat va tijorat saytlariga kirish imkonini beradigan yagona tizim yaratish ishlarida ishtirok etdi. Lekin atigi 1 oydan so‘ng yangi ish joyidan ham ketishiga to‘g‘ri keldi. Aytishlaricha, u yerda Donataga muhim qarorlarni mustaqil ravishda qabul qilish imkoniyatini berishmagan. Xopfen xonim Avstraliya va AQSHda faoliyat yuritadigan mediamagnat Rupert Merdokni o‘zi uchun namunali biznesmen sifatida ko‘radi. Ishda qattiqqo‘l bo‘lsada, oilada 2016 yili dunyoga kelgan egizaklarning mehribon onasidir. Donata Bundesliga boshqaruvini qo‘lga olgach, turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan Berlindan Frankfurtga ko‘chib o‘tdi. «Homiladorlik davrida chiqargan xulosam shuki, rahbarlik lavozimida ishlaydigan ayollarning farzand ko‘rishlari hanuzgacha normal holat sifatida qabul qilinmayapti. Buning asosiy sababi - bolalik ayollarning kamligi. Ayni shu faktga amin bo‘lgach, namunali ona sifatida gavdalanishga ahd qildim. Muhimi, ayolning onalik baxtidan ma’lum vaqt o‘tgach, yana o‘z ishiga qaytishi. Bu tabiiy jarayon ekanligini jamoatchilikka tushuntirib borishimiz kerak», - deydi Donata.

***

Xopfen hozirda barcha yumushlarni a’lo darajada uddalamoqda. Bundesliga tasarrufini o‘z zimmasiga olganidan keyin shaxsiy hayot namunasi yanada ta’sirchan bo‘lishiga shubha yo‘q. Unga matbaa borasida yetarli tajribaga ega «Borussiya» D. klubi bosh direktori yordam qo‘lini cho‘zishga shay. Umuman, yangi prezidentning media olamidan yaxshi xabardorligi Bundesliga vakillarini qoniqtirmoqda. Ularning xulosalariga ko‘ra, Xopfen ko‘p jihatlarda o‘z o‘tmishdoshi yo‘nalishidan boradi. Shuning barobarida yangiliklarni ham joriy etadi. Aytgancha, 2005 yili rahbarlik lavozimiga tayinlangan Zayfert ham mediakompaniyadan chiqqan va futbol bobida faqat maktab darajasidagi o‘yinlar tajribasiga ega edi, xolos. Shunga qaramay, u uzoq vaqt Bundesligani muvaffaqiyatli boshqardi. Hozirda Germaniya elit ligasining TV-huquqlar yo‘nalishidagi daromadi 5 baravar ortib, 1,5 mlrd. yevroga yetgan. Bundan tashqari, Bundesliga koronavirus davrida boshqa ligalarga nisbatan ancha kam talofat ko‘rdi. Alohida aytish joiz, Zayfert ham Donata Xopfen nomzodini eng optimal tanlov sifatida ma’qulladi. Yangi prezident Bundesliga nazorat kengashi  rai­si Xans-Yoaxim Vatske bilan hamkorlikda ishlaydi. Dortmund «Borussiya»si bosh direktorini DFLga Donatadan sal avvalroq, yangi yil arafasida taklif etishgandi. «Xopfen bilan uchrashib, sermazmun suhbatdan katta qoniqish hosil qildim. Unga to‘liq ishonaman va qo‘ldan kelganicha yordamimni ayamayman. Operativ jarayonlarga aralashmayman, lekin liga strategiyasini belgilashda qatnashaman, albatta», - deydi Vatske.


Donata Xopfen oldida  turgan dolzarb vazifalar

- Davom etayotgan pandemiya balosi tribunalarda muxlislar kamayishi yoki chempionat to‘xtatilishiga olib kelishi mumkin. Bu masalada siyosiy doiralar ko‘magini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

- «50}1» qoidasiga oid bahs-munozaralar. Germaniya monopoliyaga qarshi kurash muassasasi ayni payt «Volfsburg», «Bayer» va «Xoffenxaym» klublarining asosiy sarmoyadorlariga berilgan imtiyozlar sababini o‘rganmoqda. Xopfenning vazifasi - tomonlarni qoniqtiradigan yechimni topish va surishtiruv sudga bormasligini ta’minlash.

- UYEFAning moliyaviy «Feyr-pley» qoidalarini isloh qilish rejasi badavlat sohiblarga oqibatidan xavotirlanmagan holda klublarga sarmoya kiritish imkonini beradi. Bu holatda Germaniyada «50}1» qoidasi tufayli klublarning yevrokuboklardagi raqobatbardoshligi pasayishi mumkin. Bunday islohotga yo‘l qo‘ymaslik - futbol tizimi mutasaddilarining bosh vazifalaridir.

- Bundesliga va Germaniya futbol ittifoqi yaqin yillar ichida umumiy daromadni o‘zaro va klublar o‘rtasida taqsimlash formulasini qayta ko‘rib chiqishi kerak. Xususan, hozir havaskorlar futboli uchun yiliga 6 mln. yevro ajratilmoqda, ammo bu yetarli emas. Xullas, ikki tashkilot o‘rtasidagi munosabat «eng quyi nuqta»da turibdi. Demak, barchaga maqbul yechim topish uchun uddaburo muzokarachi kerak.

- TV-huquqlarni xorijga sotish masalasi. Germaniya futboli dunyoning turli burchaklarida xaridorgir. Biroq Yaqin Sharq va Xitoy borasida aniq muammolar bor. Bundan tashqari, pandemiya davrida 250 milliondan 180 «limon»ga tushgan daromad miqdorini qayta oshirish muhim.

- Albatta, innovasiyalar. DFL Zayfert davridayoq turli innovasion loyihalar (vertikal translyasiyalardan tortib, keng statistika xizmati)ga sarmoya kirita boshladi. Butun faoliyati davomida raqamli texnologiyalarni amalda qo‘llash asnosida biznes loyihalarini yaxshilash bilan shug‘ullagan Xopfendan esa kamida Bild nashri va konsalting agentliklaridagi kabi innovasion yo‘lni davom ettirishini kutishadi. TeraVolt konsalting firmasi vakili Tobias Kyunkelning fikricha, Bundesliga marketing yo‘nalishida hali yuqori nuqtaga ko‘tarilgan emas: «Bundesligaga doir mediahuquqlar bahosi oshishda davom etadi. Negaki, hozir ham videokontent uzatish masalasida texnik cheklovlar ko‘p. Oddiy aytganda, teletranslyasiyalar hamma joyga optimal sifatda yetib borganicha yo‘q. Barchasi yangi texnologiyalar, 5G va tolali kabel tarmoqlarining kengayishi hisobiga o‘zgarishi mumkin».

Donata Xopfen va Bundesliga o‘rtasidagi shartnoma 2024 yilning oxirigacha mo‘ljallangan. Demak, mediamenejer xonim futbol tepasida 3 yil faoliyat olib boradi. «Barchasiga dadillik bilan nigoh tashlash va yangi g‘oyalarni bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etish - menga zavq va g‘ayrat beradigan omil», -  degandi Donata avvalgi ish joyida. Aftidan, nemislar Bundesligaga eng munosib nomzodni tanlashgandek.

 MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:19, 05.03.2022. O'qildi: 1433 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
10 Андижон Rustam Turdimurodov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.