Ispaniya La Ligasining 27-turida «Barselona» «Elche» maydoniga safar uyushtirdi.
Birinchi bo‘limda katta ustunlikka ega bo‘lgan va bir qator golli vaziyatlarni sodir etgan "Barselona" buni hisobda aks ettira olmadi. Futbolning yozilmagan qonuni ishga tushib, "Barselona" 44-daqiqada yuzaga keltirgan vaziyatlarni golga aylantira olmagani uchun tovon to‘ladi - gol muallifi Fidel. Jamoalar shu tariqa tanaffusga yo‘l olishdi.
Ikkinchi bo‘limda ham "Barselona" hujum qilishni to‘xtatmadi. Ana shunday hujumlarning biri 60-daqiqada o‘z samarasini berdi - Ferran Torres muvozanatni tikladi.
84-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Memfis Depay belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, jamoasi uchun muhim uch ochkoni olib keldi.
"Elche" – "Barselona" 1:2
6 mart, 20.15, «Martines Valero»
Gollar: 1:0 – 44 Fidel, 1:1 – 60 Ferran Torres, 1:2 – 84, penalti Depay.
"Elche" – Badiya, Barragan, Roko, Diyego Gonsales, Moxika, Fidel (Xosan, 78), Maskarel (Kike Peres, 85), Guti (Markone, 79), Morente (Ponse, 65), Milya, Boye (Karrilyo, 65).
"Barselona" – ter Stegen, Dani Alves (Dest, 85), Pike, Arauxo, Alba, Buskets, de Yong (Niko Gonsales, 68), Pedri, Gavi (Ferran Torres, 46), Obameyang (Depay, 75), Dembele (Traore, 75).
Ogohlantirishlar: Arauxo (49), Barragan (56), Dembele (58), Ponse (67), Dani Alves (71), Niko Gonsales (72), Pike (82).
Chetlatish: Pastore (88).