Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

To‘labek Akramov: «Loko» byudjeti Superligada 10-o‘rindan ham pastroqda...»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Lokomotiv
Rukn: Intervyular
A A A

"Lokomotiv" 7 mart kuni yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimi o‘tkazdi. Tadbir odatga ko‘ra ikki qismdan iborat bo‘ldi. Dastlab "Lokomotiv" PFK bosh direktor o‘rinbosari To‘labek Akramov va jamoa bosh murabbiyi Denis Korostichenko yangi mavsumga tayyorgarlik, maqsad va vazifalar haqida o‘z fikrlarini bayon etdi.

To‘labek Akramov: - Avvalambor barchangizni boshlangan yangi futbol mavsumi bilan tabriklayman. Jamoamizning mavsumga tayyorgarligi haqida gapiradigan bo‘lsam, qishki yig‘inni 10 yanvardan boshladik. 19 yanvardan 24 fevralga qadar Toshkentda 11ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, bunda 6ta g‘alaba, 4 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etdik.

- Ko‘pchilik yaxshi biladi, "Lokomotiv" odatda qishki yig‘inni xorijda o‘tkazardi, ammo ba’zi sabablarga ko‘ra, bu yil chetga chiqmadik. Chetga bormaganimizning asosiy sababi bu - xorij yig‘iniga ketadigan mablag‘ni futbol maktabimiz rivoji uchun sarflashni lozim topdik. "Lokomotiv" futbol maktabida 700 nafarga yaqin turli yoshdagi bolalar shug‘ullanib kelmoqda, ularga yaxshi sharoit yaratib berish hamda yaxshi maydonlar qurish niyatida bu yil xorij yig‘inidan voz kechdik.

- Tarbiyalanuvchilarimiz bir necha yildan buyon ijara asosida boshqa maydonlarda shug‘ullanib kelyapti. O‘ylaymizki, tez orada o‘zimizning maydonga ega bo‘lamiz. Jamoamizni o‘tgan mavsumdan keyin bir nechta futbolchilar tark etdi va ular o‘rniga nisbatan yosh o‘yinchilarni taklif etdik. "Lokomotiv" bu yilgi mavsumga tayyor va nasib qilsa chiroyli o‘yin ko‘rsatib, muxlislarimizni xursand qilamiz.

Denis Korostichenko: - "Lokomotiv" futbol klubi rahbariyati menga ishonch bildirib, bosh murabbiy sifatida tayinlaganidan xursandman va bu o‘z navbatida katta mas’uliyat yuklashini aytib o‘tmoqchiman. Ikki oy davomida yangi mavsumga tayyorgarlik olib bordik. Bugungi kunga kelib hammasi joyida deb ayta olaman. "Lokomotiv"dek jamoa bosh murabbiyi bo‘lish men uchun sharaf, buning uchun klub rahbariyatiga, xususan To‘labek Abrarovichga alohida minnatdorchilik bildiraman. Va o‘z navbatida bor kuchim bilan mehnat qilib rahbariyat, muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilaman.

- Biz har bir mashg‘ulotda jamoani yanada yaxshilash ustida ish olib boryapmiz va umid qilamanki, o‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz. Oldimizga qo‘yilgan vazifa jamoani yuqori o‘rinlarda olib yurish.

- To‘labek Abrarovich, bu mavsum klub oldiga aniq maqsad qo‘yildimi?
- Masalan, men jamoamiz oldiga kuchli beshlik yoki kuchli o‘nlikka kirish vazifasi qo‘yilgan deb ham aytishim mumkin. Lekin bu oraqali futbolchilarda qanday ishtiyoq paydo bo‘ladi? "Lokomotiv" qanday holatda bo‘lmasin, faqat medallar uchun kurashadi, ammo qaysi o‘rinni egallashimiz o‘yinlarga bog‘liq. Futbolchilar bilan uchrashib gaplashdik, klub rahbariyati qo‘ygan vazifadan jamoadagi barcha xabardor. Chempion bo‘lib ko‘rgan jamoa biladi: doim yuqori o‘rinlarni egallash vazifasi qo‘yiladi.

- Klubning bu yilgi byudjeti borasida qanday fikrdasiz?
- Shu o‘rinda bizdan o‘z yordamini ayamay kelayotgan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. To‘g‘ri, bu yilgi smetamiz u qadar katta emas. Superligada 14ta jamoa borligini inobatga olsak, balki byudjet tomonlama yuqori o‘ntalikda bo‘lmasligimiz ham mumkin.

- Yaqinda Server Jeparovning "Lokomotiv" PFK tizimida ish boshlagani haqida xabar chiqdi. Shu haqda ma’lumot bersangiz?
- Server Jeparov o‘z vaqtida qanday kuchli o‘yinchi bo‘lganini hamma yaxshi biladi. U bejizga ikki karra "Osiyoning eng yaxshi futbolchisi" bo‘lmagan. Ma’lumki, Jeparov bungacha O‘FA murabbiylar malakasini oshirish bo‘limida rahbar sifatida ishlab kelayotgandi, shuningdek O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi edi. Jeparov O‘FAdan va terma jamoadan ketgach, menda uni klub tizimiga taklif etish fikri tug‘ildi. Jeparovni chaqirishdan maqsad, futbol maktabimiz murabbiylari bilan birgalikda ishlash, ular bilan hamfikr bo‘lish hamda kerakli maslahatlarini berish. Shu bois ham Server Jeparovni metodist sifatida ishga qabul qildik.

- Birinchi tur bahsida ko‘rdik, "Lokomotiv" libosi oldida homiy yozuvi yo‘q edi. Bu borada nima deya olasiz?
- Hozirgi paytga kelib "Drivers Village" bilan kelishuvga erishib bo‘ldik. Yana bir hamkorimiz "Uztelecom" kompaniyasi bilan ishimiz 99 foizga hal bo‘lgan. Acosiy titul homiyimiz "Orient Finans Bank" haqida gapiradigan bo‘lsam, o‘zaro hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom etyapti.

- Denis Vladimirovich, futbolga bo‘lgan qarashlaringiz haqida gapirib bersangiz?
- Mening qarashlarim klub rahbariyati qarashi bilan mos tushayotganidan mamnunman. Men ham jamoam hujumkor o‘yin ko‘rsatishini va shu orqali g‘alaba qozonishini xohlayman. Biz hujumkor o‘yin orqali o‘rinbosarlarimiz, U-19 jamoamiz va futbol maktabimiz guruhlari o‘yin uslubini ham shunga mos holatga keltirmoqchimiz.

- Jamoa muxlislari haqida qanday fikrdasiz?
- Futbolni muxlislarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Olmaliqda bo‘lib o‘tgan 1-tur o‘yinida muxlislarimiz stadionda astoydil qo‘llab turishdi va bu bizga qo‘shimcha ishtiyoq berdi. Men o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ham ishqibozlarimizga alohida minnatdorchilik so‘zlarini aytdim. Chunki hech kimning bo‘sh tribuna qarshisida futbol o‘ynagisi kelmaydi. O‘ylaymanki, uy uchrashuvlarida muxlislarimiz soni yanada ko‘p bo‘ladi va biz ham o‘z navbatida g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 11:30, 09.03.2022. O'qildi: 1894 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик