Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Nahotki?! Bitta qo‘lsoat uchun 200 ming funt? APL murabbiylarining didi haqida bilib oling!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Hobbilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Siz futbol dunyosida faqat o‘yinchilar "krutoy" yuradi deb o‘ylaysizmi? Agar shunday bo‘lsa, qattiq yangishasiz. Bu muhitda hatto murabbiylar ham o‘z shogirdlari kabi, odamlarni hayratga soladigan qimmatbaho buyumlardan foydalanadi. APL menejerlari maydon chetida jamoasini boshqarar ekan, o‘z qo‘llaridagi qimmatbaho soatlarni joyi kelganda "kӯz-kӯz" qilib qӯyishadi. Quyida, sizning e’tiboringizga o‘yin davomida Tomas Tuxel, Pep Gvardiola hamda Yurgen Klopp kabi menejerlar tomonidan muntazam foydalaniladigan qo‘lsoatlar narxini taqdim etamiz.

Pep Gvardiola – "Manchester Siti"

Foydalanadigan soati: "Rolex Cellini"
Narxi: 12,500 funt-sterling

"Manchester Siti" ustozining klassi yuqori darajada. U shuningdek, klassik uslubda kiyinadi. Pep so‘nggi bahslarda bilagiga "Rolex Cellini" taqqan holda ko‘rinish bergan. Yaqin o‘tmishda Gvardiola "Richard Mille" brendining "010 AMC Automatic" hamda "022 Tourbillion Aerodyne" markasidan foydalangani qayd etilgan.

Yurgen Klopp – "Liverpul"

Foydalanadigan soati: "IWC Perpetual Calendar Digitate Date-Month Edition '50 Years Aquatimer'
Narxi: 8,850 funt-sterling

"Liverpul" bosh murabbiyi taqadigan qo‘lsoati bir nechta vazifalar uchun ixtisoslangan. U sizga nafaqat vaqtni, oyni va sanani, balki yilni (mavsumni) siz uchun qanchalik muhim ekanini ham eslatib turadi.
Ushbu seriyadagi timekeeper'lar dunyo bo‘ylab ellik nusxada ishlangan, xolos. Ha, futbol boshqaruvida bu narsa muhim bo‘lmasligi mumkindir. Ammo sizda ko‘pfunksiyali soatning bo‘lishi, katta afzallik beradi.

Tomas Tuxel – "Chelsi".

Foydalanadigan soati: "Hublot Classic Fusion"
Narxi: 4,700 funt-sterling

"Aristokratlar"ning nemis taktik mutaxassisi qo‘lsoatlar borasida jamoaning sobiq ustozi Joze Mourinyo bilan bir xil didga ega. Mourinyo hozirgacha "Hublot" kompaniyasining rasmiy elchisi hisoblanadi. Shuningdek, shveysar kompaniyasi "Chelsi"ning hamkorlaridan biri sanaladi.
Qolaversa, Shveysariya soatsozi (HUBLOT)yil so‘ngida o‘tkazilishi kutilayotgan Jahon chempionatiga ham hamkorlik qilishi belgilangan.

Frenk Lempard – "Everton"

Foydalanadigan soati: "Patek Philippe Aquanaut Travel Time Ref 5164A"
Narxi: 31,430 funt-sterling

Super Frenk qo‘lidagi qimmat "matoh"ni "Everton"ga rasman tayinlanganida ommaga namoyish etgandi. "Patek Philippe" Lempardning sevimli brendlaridan biridir. Kompaniya o‘z mahsulotini mashhur futbolchi uchun maxsus bezaklar bilan ziynatlagan. U shuningdek, yuqoridagi murabbiylar kabi "Hublot" hamda "Richard Mille"dan ham foydalanib turadi.

Antonio Konte – "Tottenxem"

Foydalanadigan soati: "Rolex Daytona"
Narxi: 11,600 funt-sterling

Italyan murabbiyi klassikani xush ko‘radi. Uni Londondagi "Nissan Duke" mashinasini bilan yodga oling. U ham o‘ta mumtoz ko‘rinishda bo‘lib, narxi 19,200 funtga teng edi. Xuddi shundayin, Kontening bilagidagi soat ham mashinasiga ancha yaqin narxda.

Devid Moyes – "Vest Xem"

Foydalanadigan soati: "Patek Philippe Annual Calendar"
Narxi: 42,810 funt-sterling

Shotlandiyalik o‘yinda o‘z soatiga tez-tez qarab qo‘yadi. Uning aksessuari esa o‘ta qimmat nusxalardan biridir. Moyes "MYU"ni boshqargan paytlarida "Audemars Piguet Royal Oak"dan foydalangan. Uning hozirgi qo‘lsoati ham mutaxassisga juda ham asqotadi.

Stiven Jerrard – "Aston Villa"

Foydalanadigan soati: "Patek Philippe Ref 5712/1A-001"
Narxi: 37,530 funt-sterling

"Liverpul" afsonasi "Reynjers"ni boshqargan paytlarida "Apple Watch"dan foydalanar edi. "Aston Villa"da u jahon brendining eng qimmat mahsulotidan sotib olgan. Jerrard qo‘lsoatining cheti oltin kukuni bilan ziynatlangan. Bilasizmi, ushbu brendning "matoh"lari qo‘ldan-qo‘lga o‘tishi bilan narxi qimmatlay boradi va 200 ming funtgacha(!) yetar ekan.

Brenden Rojers – "Lester Siti"

Foydalanadigan soati: "Rolex Daytona"
Narxi: 11,600 funt-sterling

Antonio Konte kabi "Lester" ustozi ham "Rolex"ning po‘lat qoplamali qo‘lsoatlari ishqibozidir. Avvalari, kuzatuvchilar Rojers qo‘lida uzoq vaqt davomida "IWC Yacht Club Chronograph" markali timekeeper'ni ko‘rardi. Ayni damda esa Brenden Rojers qimmatroq va katta qiymatga ega "Daytona" savdo belgisini afzal ko‘rmoqda.
Ushbu qo‘lsoatning maksimal narxi 50 ming funtgacha boradi.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 14:14, 10.03.2022. O'qildi: 3502 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик