Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 17.08.2025 00:30
      • Alaves
      • 2:1
      • Levante
      • 17.08.2025 00:30
      • Valensiya
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 17.08.2025 20:00
      • Selta
      • 0:2
      • Xetafe
      • 17.08.2025 22:30
      • Atletik Bilbao
      • 3:2
      • Sevilya
      • 18.08.2025 00:30
      • Espanyol
      • 2:1
      • Atletiko
      • 19.08.2025 00:00
      • Elche
      • -:-
      • Betis
      • 20.08.2025 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Osasuna
  • APL
      • 17.08.2025 18:00
      • Chelsi
      • 0:0
      • Kristal Pelas
      • 17.08.2025 18:00
      • Nottingem Forest
      • 3:1
      • Brentford
      • 17.08.2025 20:30
      • Man. Yunayted
      • 0:1
      • Arsenal
      • 19.08.2025 00:00
      • Lids
      • -:-
      • Everton
  • Superliga
      • 17.08.2025 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • 2:0
      • Surxon
      • 17.08.2025 19:00
      • Mash’al
      • 1:0
      • Andijon
      • 17.08.2025 20:15
      • Bunyodkor
      • 2:1
      • Buxoro
      • 18.08.2025 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qizilqum
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 19 40
2 Neftchi 19 39
3 Dinamo 19 37
4 Bunyodkor 19 34
5 OKMK 19 34
6 Paxtakor 19 33
7 Navbahor 19 31
8 Surxon 19 23
9 Qizilqum 18 22
10 Andijon 19 21
11 So‘g‘diyona 19 20
12 Xorazm 18 19
13 Qo‘qon-1912 19 18
14 Mash’al 19 18
15 Buxoro 19 14
16 Sho‘rtan 19 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Paxtakor 2-0 So‘g‘diyona
19-тур Navbahor 0-1 Neftchi
19-тур Dinamo 1-0 OKMK
19-тур Nasaf 2-0 Sho‘rtan
19-тур Qo‘qon-1912 2-0 Surxon
19-тур Mash’al 1-0 Andijon
19-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro

Navbatdagi o'yinlar.

18/08/25 Xorazm - Qizilqum

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1653 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 624 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 18.08.2025

      06:35 Новости футбола.
      06:40 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Эюпспор".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Палмейрас".
      14:00 Новости футбола.
      14:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Фатих Карагюмрюк".
      16:05 Новости футбола.
      16:10 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Эюпспор".
      18:10 Новости футбола.
      18:15 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      20:15 Новости футбола.
      20:20 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Палмейрас".
      22:20 Новости футбола.
      22:25 Д/ф "Лионель Месси".
      23:25 LIVE Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Трабзонспор". Прямая трансляция.
      01:25 "Третий тайм". Артём Молодцов.
      01:50 Новости футбола.
      01:55 Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Фенербахче".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Крузейро". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 18.08.2025

      05:10 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2.
      05:40 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 2.
      06:15 Д/ф "Жизнь - подарок!".
      07:00 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве.
      09:35 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 5 на автодроме "Красное кольцо".
      10:30 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Акробатические группы.
      13:15 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      13:55 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      16:15 "Культовые".
      16:45 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Мемориал Иштвана Дьюлая в Будапеште, Венгрия.
      19:00 Дзюдо. "Большой шлем" Улан-Батора в Монголии. День 1.
      20:45 "Тайны звёзд спорта".
      21:15 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве. 1/2 финала.
      23:20 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэты. Произвольная программа. Финал.
      00:25 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Смешанные дуэты. Произвольная программа. Финал.
      01:30 "Культовые".
      02:00 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      02:40 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      04:50 "География спорта". Норильск.
  • MATCH-TV
    • Sana: 18.08.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Виктория Комова.
      11:25 "Культовые".
      11:55 LIVE Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Прямая трансляция.
      15:00 Специальный репортаж.
      15:20 Новости.
      15:25 Есть тема! Прямой эфир.
      16:50 "География спорта". Норильск.
      17:20 "Лучшие из лучших".
      17:55 Новости.
      18:00 Смешанные единоборства. UFC 319 в Чикаго, США. Дрикус Дю Плесси против Хамзата Чимаева.
      19:10 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      20:10 LIVE Громко. Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футбол. Лига Пари. "Торпедо" (Москва) - "Урал" (Екатеринбург). Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Эльче" - "Реал Бетис". Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 "Культовые".
      03:30 Матч! Парад.
      04:00 Футзал. Суперкубок России. "Ухта" - КПРФ (Москва).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 18.08.2025

      05:15 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 3.
      06:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      07:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      09:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      10:00 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 2.
      10:45 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 3.
      11:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MXGP. Гонка 1.
      12:00 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MX2. Гонка 2.
      12:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MXGP. Гонка 2.
      13:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      14:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      16:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 6. Херес-де-ла-Фронтера - Юнкера.
      18:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      20:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      22:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 7. Pitz Alpine Glacier Trail в Пицтале, Австрия. Обзор.
      22:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 8. Sierre Zinal Trail в Вале, Швейцария. Обзор.
      23:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      01:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      03:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 6. Херес-де-ла-Фронтера - Юнкера.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bir o‘yin — bir olam ibrat

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Milliy chempionatlar / Braziliya chempionati
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yaqinda Braziliyada o‘ta kam-yob voqea yuz berdi: darvozabon faoliyatidagi dastlabki golini urdi, jurnalist ayol ko‘zlarini yoshlatdi, sovrinni muxlisga sovg‘a qildi.

Bejizga dunyoning tengsiz jamoasi unvoniga sazovor bo‘lmagan «qirol» Pele vatanida turli-tuman musobaqalar - shtatlar (viloyatlar) chempionatlari, kubok bellashuvlari muntazam ravishda bo‘lib turadi. Shunday turnirlarning biri bo‘lmish Nordeste kubogida mamlakatning shimoli-sharq hududida joylashgan klublar ishtirok etadilar. Unda «Seara», «Fortaleza», «Bayya» va «Sport Resifi» kabi oliy divizion vakillari va yarim professional jamoalar qatnashadi. G‘olib jamoa Nordeste kubogini qo‘lga kiritadi.

1976 yilda tashkil etilgan turnirda vaqti-vaqti bilan format va ishtirokchilar tarkibi o‘zgarib turadi. So‘nggi o‘zgarishlar 9 yil avval yuz bergandi. Nordeste kubogining e’tiborga molik jihati shundaki, g‘olib nufuzli sovrindan tashqari, Janubiy Amerika kubogi (EL kabi, qit’aning 2-darajali klub turniri) yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritadi.

2013 yilda turnirda g‘olib chiqqan, 2016 yilda finalgacha yetib borgan «Kampinense» o‘zining 107 yillik faoliyati davomida atigi 5ta mavsumni oliy divizionda o‘tkazgan, asosan «S» va «D» seriyalarida to‘p suradi. Ana shu kamtarin jamoaning 34 yoshli darvozaboni Mauru Iguatu esa «V» seriyadagi sanoqli ishtiroki bilan maqtanishi mumkin, asosiy vaqtini turli shtatlar birinchiliklari va havaskor jamoalarda o‘tkazgan. Qarangki, bundan atigi yarim yil avval «Kampinense» safiga kelgan faxriy posbon o‘ta qisqa vaqt ichida murabbiy ishonchini qozonib, asosiy tarkib o‘yinchisiga aylandi va jamoaning «S» seriyaga ko‘tarilishiga munosib hissa qo‘shdi. O‘tgan haftaning dam olish kunlarida esa o‘yindagi ishonchli harakatlari va insoniylik fazilati evaziga Braziliya qahramoniga aylandi.

«Kampinense» va «Souza» o‘rtasidagi bellashuv kutilganidan ham qiziqarli va hayajonli tarzda o‘tdi. Boisi, u ikki autsayderning o‘zaro kuch sinashishi edi. Ortda qolgan 5-tur natijalaridan keyin maydon egalari atigi 2 ochkoga, boshqa guruhda to‘p surayotgan mehmonlar esa 7 ochkoga ega edilar. Tabiiyki, mehmonlar maydonga favorit maqomida tushdilar. Qo‘shimchasiga, mezbonlar uchrashuvni bosh murabbiysiz o‘tkazishga majbur bo‘lishdi - u koronavirus xastaligiga chalingani sababli, shogirdlarini boshqara olmasdi. Qisqasi, hatto mahalliy muxlislar ham uchrashuv «Souza» foydasiga hal bo‘ladi, degan fikrda edilar.

Biroq «Kampinense» bahsni yuksak shiddat bilan boshlab, dastlabki daqiqadayoq hisobni ochdi. Atigi 16 soniya ichida yo‘llangan Alanning kuchli zarbasi turnir tarixidagi eng tezkor golga aylandi. Ungacha 28-soniyada darvozani ishg‘ol etgan Rafael Longin rekord sohibi hisoblanardi.

Stadionga tashrif buyurgan kamsonli muxlislar quvonchini tushunish qiyin emas, yashin tezligidagi goldan keyin ularda suyukli jamoalarining zafar quchishiga umid uyg‘ondi. Maydon egalari ana shu umidni puchga chiqarmaslik uchun hujumni davom ettirdilar, bir nechta xavfli vaziyatlarni yaratdilar. Lekin o‘ta yaqin masofalardan ham aniq zarba yo‘llay olmadilar. To‘g‘ri, mehmonlar ham tomoshabin bo‘lib o‘tirganlari yo‘q, lekin bir qator xavfli vaziyatlardan ular ham foydalana olmadilar.

Tanaffusdan keyin maydondagi vaziyat o‘zgarmadi, bahs qarama-qarshi hujumlar ostida o‘tdi. Muvozanatni tiklash umidida oldinga tashlangan mehmonlar himoya-ni unutib, raqib hujumchisini e’tiborsiz qoldirishgandi. Biroq bu gal ham forvard qulay vaziyatni golga aylantira olmadi. Nihoyat, uchrashuv yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida, «Souza» penalti evaziga muvozanatni tikladi. Endi bor imkoniyatlarni hujumga sarflash navbati maydon egalariga keldi. Lekin bir nech­ta qulay vaziyatlar yana behuda ketdi.

Birozdan keyin mezbonlar darvozaboni kuchli zarb bilan to‘pni raqib jarima maydonchasi ichidagi jamoadoshiga yetkazib berdi. Dastlabki zarbani darvozabon qaytardi, takroriy zarbaga esa, darvoza to‘sini to‘siq bo‘ldi. «Kampinense» murabbiyi nima qilishini, o‘yinchilarga qanday ko‘rsatmalar berishni bilmay, boshi qotdi. O‘yin esa tobora nihoyasiga yaqinlashib borardi. Ana shu hayajonli pallada, ya’ni, qo‘shimcha vaqt tugashi arafasida «Kampinense» penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi. Biroq navbatdagi «bosh og‘rig‘i»: penaltini kim amalga oshiradi? Hamma gap shundaki, avvalgi bir qator uchrashuvlarda jamoa penaltidan samara chiqara olmagan, bu bahsda esa «nuqta»dan yaqinroq masofadan yo‘llangan zarbalar ham noaniq bo‘lgandi. Boz ustiga, barcha futbolchilar charchab qolishgan... Mezbonlar murabbiyi o‘yinchilarni yoniga chorlaganida, hech kimdan sado chiqmadi. Nihoyat, Mauru Iguatu sukunatga barham berib, zarbani amalga oshirishini aytdi. Taajjubki, uzoq yillik faoliyatida biror marta bo‘lsada, «nuqta»dan to‘p tepmagan darvozabon bir qarashda oddiy ko‘rinadigan, lekin ayni pallada o‘ta qaltis vazifani o‘z zimmasiga oldi va qoyilmaqom tarzda darvozani ishg‘ol etdi!

2:1. «Kampinense»ning mavsumdagi dastlabki g‘alabasi. Shubha yo‘qki, Iguatu - bosh qahramon! Final hushtagi yangraganidan keyin, u o‘zini muxlis quchog‘iga otdi va birgalikda suratga tushdi. Tashkilotchilar esa Mauruni uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etib, uni maxsus sov-rin bilan mukofotlashdi.

Ha, o‘yin nihoyasiga yetdi, ammo hikoyamiz davom etadi. O‘yindan keyin Iguatu uchrashuv va faoliyatidagi ilk goli taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, suhbatdoshi bo‘lgan Ana Flaviyani chorladi. Bunday faxrli sovringa munosib ko‘rishgani har qanday futbolchi uchun yoqimli ekanligi, lekin uni Ananing otasi - Edezioga sovg‘a qilishini jurnalistga tushuntirdi. Edezio o‘tgan yili kornavirusga chalingan va katta qiyinchilik bilan xastalikdan forig‘ bo‘lgandi. Edezio - «Kampinense»ning ashaddiy muxlisi edi va darvozabon shu tariqa uning ko‘nglini ko‘tarishga qaror qilgandi.

Mauruning oliyjanob qaroridan jurnalist qizning ko‘zlari yoshlandi, sovg‘a uning o‘zi uchun ham, otasi uchun ham juda muhim ekanligini ta’kidladi. Keyinchalik Ana Flaviya Mauru uning otasini qayerdan tanishi va nima uchun o‘z mukofotini unga sovg‘a qilganligini tushuntirib berdi. O‘tgan yil yozida Edezio Kovid-19 tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan ekan. Uzoq vaqt davomida uning hayoti jiddiy xavf ostida turgani bois, shifokorlar sog‘ayib ketishiga kafolat berishmagan, palatadagi boshqa bemorlarning ko‘pchiligi olamdan o‘tishgan ekan. Lekin Edezio hayot-mamot jangida g‘olib chiqqan, bu borada «Kampinense» futbolchilarining Ana orqali yuborgan murojaatlari unga ruhiy kuch bag‘ishlagan. Maktubda ular Edezioga bu mavsum «S» seriyaga chiqishni va’da qilishgandi. Bunga ko‘pchilik muxlislar ishonmagan bo‘lishsada, jamoa o‘z va’dasini bajargan. Edezio esa shifoxonadan sog‘ayib uyiga qaytgach, o‘sha kuniyoq stadionga yo‘l olgan va yuqori ligaga talpinayotgan suyukli jamoasining o‘yinlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga oshiqqan. Aynan shu sababli Mauru o‘z sovrinini Anaga berib, uni otasiga topshirishini iltimos qilgan. Edezio shu tariqa koronavirusga qarshi kurash ramziga aylandi. Shifokorlarga u doimo hech bo‘lmaganda bir marta stadionga borish orzusini ko‘p gapirgan ekan.

Braziliyalik muxlislar esa o‘yinchi o‘ziga berilgan sovrinni o‘sha onda muxlisga sovg‘a qilganiga futbol tarixida ilk bora guvoh bo‘lishganini ta’kidladilar. Bu ibratli voqea hech kimni - muxlislar, futbolchilar, murabbiylar, jurnalistlar va turnir tashkilotchilarini ham befarq qoldirmadi. Braziliyada futbolning muhim ahamiyatga ega ekanligi yana bir bor tasdiqlandi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 16:00, 19.03.2022. O'qildi: 1922 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
10 Андижон Rustam Turdimurodov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.