Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APLga yo‘l: Paulo Dibalaga mos jamoa topiladimi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Shartnomalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ushbu yozda «Yuventus» bir qancha futbolchilaridan ayriladi. Ularga Paulo Dibala ham qo‘shildi. Dibala yozda ortiq Turinda qolmasligi ma’lum bo‘lgach, ko‘plab APL klublari argentinalik imzosi uchun kurashish niyatida ekanini bildirdi. Hujumchida endi yangi mavsumni yangi jamoada boshlash imkoni paydo bo‘ladi. Ammo barcha klublarga ham Dibalaning uslubi mos kelavermaydi yoki aksincha. 28 yoshli futbolchida Angliyaning o‘zida bir nechta tanlov imkoniyati mavjud. Quyida shu haqida bayon etiladi.

«MYU»

«Manchester Yunayted» yozgi transferlar oynasida albatta hujumchi uchun ham qidiruv o‘tkazadi. Chunki ayni damda Edinson Kavanining bitimi tugamoqda, Ronalduning holti esa hammaga ma’lum. «MYU»ga havoda yaxshi harakat qila oladigan va o‘z hududida dominant bo‘lgan futbolchi zarur. Dibalaning bo‘yi havo uchun unchalik ham ideal emas. Qolaversa, u aksar hollarda o‘ninchi raqam ishini bajaradi. U kreativ, lekin hujumga chuqur sho‘ng‘iy olmaydi. Agarda u «MYU»ga kelsa, Brunu Fernandesh o‘z joyidan ayrilishi mumkin. Shu sababdan ham «MYU» u uchun orzudagi joy emas.

«Tottenxem»

Harri Keyn bu jamoaning yuragi. U hujumda asosiy rolga ega. Ammo hujumchi yozda boshqa jamoaga ketishi ham mumkin. Antonio Konte qo‘l-ostida Keyn sof hujumchi emas, balki nisbatan hujumkorlikni ta’minlovchi vosita, vingerlarga maydon hozirlovchi, «yolg‘on to‘qqizinchi raqam» vazifasini bajarmoqda. Dibala ham aynan shunday amaliyotlarda qo‘l keladi. Chunki u imkoniyat yaratish borasida o‘ta faol futbolchidir. Shu nuqtayi nazardan Dibala uchun «Tottenxem» yomon tanlov bo‘lmaydi. Ammo avval Keynni «yo‘qotish» kerak.

«Manchester Siti»

Bu klub mavsumning katta qismini nominal hujumchisiz o‘tkazmoqda. Tez-tez Fil Foden, Rahim Sterling yoki boshqa bir futbolchi «9 raqam» rolini o‘ynab turadi. Dibala ham yuqorida ta’kidlanganidek, bu rolga juda ham mos tushadi. Gvardiolaga esa aynan shunday ishlarga maxsus vazifalantirilgan o‘yinchi zarur bo‘lib turibdi. Shu sabab «Manchester Siti» varianti ehtimoliy manzil sifatida, futbolchi bu jamoaga ko‘proq moyillikka ega.

«Arsenal»

«Arsenal»ning APLdagi omadli yurishi asosiy mezonlaridan biri bu Aleksandr Lyakazettdir. Ko‘plab muxlislar uning gol urmayotgani sabab, jamoadagi ta’sirini sezmayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo u orqali hujumlar tashkil qilinadi va qanot futbolchilariga imkoniyatlar taqdim etiladi. Martin Edegor hujumchilar ortidagi asosiy kreativ o‘yinchi. Shu sabab Norvegiya terma jamoasi a’zosi va Dibala o‘rtasida bog‘liqlik yaratish juda murakkab ishga aylanadi. Negaki, ularning vazifalari yaqin. «Arsenal»ga yozda yangi va toza hujumda ishlaydigan futbolchi kerak. Dibala kabi ijodkor vakil klubning ichida yetarli.

«Chelsi»

«Chelsi» o‘tgan yozda yangi hujumchi qidirdi va Lukakuni olib keldi. Ayni damda Tuxel Kay Xaversni markaziy hujumda harakatlantirmoqda. Ammo uning vazifasi Dibalanikidan farqlidir. Nemis futbolchisi aslida hujumkor yarim himoyachi, ammo bog‘lamlarda yaxshi o‘ynaydi, raqib jarima maydonida ham o‘ta xavfli. Dibala esa ushbu vazifaga unchalik ham mos emas. Shunga qaramay, Tuxel undan jamoasiga ijodiylik baxsh etishda foydalanishi mumkin. Ya’ni, Dibalani Londonga kelish ehtimoli ham yo‘q emas.

Xulosa o‘rnida, tarkib va uslub e’tibori bilan ikki jamoani Dibala xaridi uchun eng ko‘p imkoniyatli deb topgan bo‘lardik. Bular: «Manchester Siti» hamda «Tottenxem». Paulo Dibalaga da’vogarlar ko‘pligini hisobga olgan holda, «Tottenxem» varianti ehtimoldan yiroqroq deyish mumkin. Chunki Dibala YECHLda ishtirok etishni istaydi. «Shporlar»da esa unga chiqish masalasi ancha murakkab bo‘lib turibdi.

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: caughtoffside.com
Kiritildi: 21:44, 22.03.2022. O'qildi: 2195 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик