Professional futbol ligasi (PFL) Superliganing mart oyidagi eng yaxshilari nomini e’lon qildi.
«Qizilqum» ustozi Nikola Lazarevich mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Mutaxassis qo‘l ostida jamoa 3 o‘yinda 2 ta g‘alaba va bitta durang natija qayd etdi. To‘plar nisbati — 5:1.
Ushbu sovrin uchun shuningdek, quyidagi murabbiylar kurash olib borgandi:
— Slavche Voyneski («Paxtakor») – 3 ta o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang;
— Samvel Babayan («Navbahor») – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang;
— Ulug‘bek Baqoyev («So‘g‘diyona») – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang.
«Paxtakor» hujumchisi Dragan Cheran esa oyning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga loyiq ko‘rildi. Serbiyalik hujumchi mart oyida 3 o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Mazkur sovrin uchun quyidagi futbolchilar ham kurash olib borgandi:
— Milan Mitrovich («So‘g‘diyona») – 3 o‘yin, 2 quruq o‘yin, 7 seyv, 1 gol o‘tkazib yuborgan;
— Sherali Jo‘rayev («Qizilqum») – 3 o‘yin, 1 gol, 2 assist, 22 marotaba to‘p harakat joyini to‘g‘ri tanlab, unga egalik qilgan;
— Elguja Grigalashvili («Navbahor») – 3 o‘yin, 2 gol;
— Shahboz Jo‘rabekov («So‘g‘diyona») – 3 o‘yin, 1 gol, 37 yakkakurashlarda g‘olib;
— Erkin Boydullayev («Qizilqum») – 3 o‘yin, 1 gol, 20 yakkakurashlarda g‘olib, 17 marotaba to‘pga ega chiqib, raqib hujumini buzgan;
— Javohir Sidiqov («Qo‘qon-1912») – 3 o‘yin, 1 gol, 96 aniq uzatmalar, 13 yakkakurashlarda g‘olib.
«Qo‘qon-1912» futbolchisi Javohir Sidiqovning «Olimpik» darvozasiga urgan goli oyning eng chiroyli goli nomiga loyiq ko‘rildi.