Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • 1:1
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • 3:0
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • 0:3
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:2
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • 2:1
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:1
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 2:0
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • 3:4
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • 2:0
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • 1:2
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • 1:2
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 14.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 14.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Neftchi
  • APL
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • 1:0
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • 0:3
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 32 70
2 Manchester Siti 31 64
3 Man. Yunayted 31 55
4 Aston Villa 32 55
5 Liverpul 32 52
6 Chelsi 32 48
7 Brentford 32 47
8 Everton 32 47
9 Brayton 32 46
10 Sanderlend 32 46
11 Bornmut 32 45
12 Fulhem 32 44
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 32 42
15 Lids 31 33
16 Nottingem Forest 32 33
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 32 30
19 Byornli 32 20
20 Vulverhempton 32 17

O'tgan o'yinlar.

32-тур Vest Xem 4-0 Vulverhempton
32-тур Arsenal 1-2 Bornmut
32-тур Brentford 2-2 Everton
32-тур Byornli 0-2 Brayton
32-тур Liverpul 2-0 Fulhem
32-тур Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
32-тур Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
32-тур Sanderlend 1-0 Tottenhem
32-тур Chelsi 0-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Real" murabbiylari ishonch bildirmagan, "Barselona"da yulduzga aylanayotgan - Pedri

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

 

“Pedrining ajratib ko‘rsatadigan jihati yo‘q u butunlay katta iste’dod egasi maydonda hamma narsani bajarishga qodir futbolchi. Uning shunday o‘yini bo‘lmaganda biz yorqin o‘yin ko‘rsatib Yevroda yarim finalgacha yetib bora olmas edik. Pedrining uslubi shunday shakllanganki, u barcha kontinentlarda foydali” – vunderkind haqida Luis Enrike Yevro 2020dan so‘ng shunday degan edi.

   Bolaligida, Pedriga professionallar orasida to‘liq bitta uchrashuvga chiday olmasligini aytishgan. Keyin u hech qachon maydonda o‘zini ayamaslik va har doim oxirigacha eng yaxshilaridan biri bo‘lishga so‘z bergandi. Hozircha Pedri o‘z va’dasini bajarmoqda - o‘tgan mavsumda u barcha turnirlarda 70ga yaqin o‘yin o‘tkazdi.

  Pedro Gonsales Lopez Kanar orollaridagi Teguyesta shahrida (Tenerife shahri chekkasida) "Barselona" sobiq futbolchisi Pedro Rodriges tug‘ilgan joyning yaqinida tug‘ilgan. Shaharda bolalalar qahramonimizni Pedrito (kichkina Pedro) deya atardi va bu Pedrining otasiga yoqmas edi. Chunki ular ikkinchi Pedroni emas yangi yorqin futbolchi Pedrining ota-onasi bo‘lishni istar edi. Shu sababli, oilasi uni Pedri deb atashdi. Pedri bolalikdan "Barselona" muxlislari bilan futbol tomosha qilgan. 80 yillarda uning bobosi Fernando Tegestada “Blaugranas”ning birinchi fan-klubini tashkil qilgan. 2000 yillarda Fernando ushbu fan klubning prezidenti bo‘lgan. Pedrining akasi ham "Barselona" muxlisi edi - u oilaviy barda oshpaz bo‘lib ishlardi. Pedrining o‘zi ham bo‘sh vaqtlarida bufetchining yordamchisi bo‘lib ishlagan. Lekin Pedriga futbol ko‘proq yoqardi. Ota-onalar o‘g‘lining g‘ayratini payqashdi va uni mahalliy akademiyaga yuborishdi. Shu bilan birga, otasi Pedriga oilaviy qadriyatlarini singdira boshladi. "Bir marta dadam Barsa o‘yinlari yozilgan kasseta bilan kelgan. Biz Kroyffning o‘yinini muhokama qildik. U menga Maykl Laudrup va Andres Inyestaning o‘yinini tomosha qilib zavq olgan damlari haqida gapirib berdi”, - degandi “Las-Palmas”dan Kataloniyaga yo‘l olish chog‘ida Pedri. 

    Shundan so‘ng Pedri Inyestaning o‘yin uslubiga oshiq bo‘ldi. "Men Inyestaning birorta o‘yinini o‘tkazib yubormaganman ", - degandi Pedri. "Andres - mening kumirim. Men uning maydonda va undan tashqaridagi xatti-harakatlariga qoyil qolaman. U meni o‘yini bilan o‘ziga tortdi. Men har doim Inyesta kabi bo‘lishga harakat qilganman".

2018 yilda Pedri “Las-Palmas” skautlari e’tiborini tortdi, ular uni bir qarashda iqtidorini payqashgan. Akademiyaga kirgandan so‘ng, Pedri o‘sishda davom etdi va asosiy jamoaga olishmagancha mashg‘lotlarni kuchaytirib boraverdi. "Men hech qachon bunday iste’dodni ko‘rmaganman. U futbolchi bo‘lib tug‘ilgan” – “Las-Palmas” sardori Aytami Artilyes hayratda shunday degandi. Ko‘p o‘tmay, Pedri uchun chindan ham yulduzlik davri keldi. Uning ilk “sovchi”si "Real" edi - Madridning skautlari yigitchani Tenerifedagi o‘yinda kuzatishdi. Ammo Pedrining o‘zi bu taklifdan mamnun emas edi va o‘ylab ko‘rmasdan rad etdi. U "Barselona" dan taklif kutayotgandi. Biroq, ota-onasi uni Madridga yo‘l olishiga va oilani poytaxtda yorqin kelajak kutayotganiga ishontira olishdi. "Biz bundan voz kechishni xohlamadik", deb tan oldi Fransisko. “Ular bizga bolamizning yorqin istiqboli haqida aytishdi. "Real Madrid" Pedriga pul tikishga tayyor edi. Biz bunday imkoniyatdan voz kecholmadik.Bunday imkoniyat yana kelishiga ishonmasdik. " Pedri “Real” tarkibida oq libosda bir nechta mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Ammo “Galaktikos” Pedridan kutilmaganda voz kechdi. “Ular menga “Real” darajasidagi futbolchi emasligimni va kelajagim u qadar yorqin bo‘lmasligini aytishdi", degandi Pedri. Akademiya murabbiylari Pedri jismonan kuchsiz va uning mydonda maksimal 30 daqiqa o‘ynay olishi mumkinligini va chidamsiz ekanligini sabab qilib ko‘rsatishgan. “Lekin men ulardan minnatdorman - ular meni "Real" libosida maydonga tushishdan qutqardi va menga sevimli jamoam taklifini kutish imkoniyatini berdi. Ko‘kragida “Real” emblemasi bor libos men uchun emas edi”.

2019 yilning kuzida "Barselona" nihoyat futbolchiga e’tibor qaratdi va shartnoma taklif qildi. “Las–Palmas” Kataloniya klubi taklifidan bir hafta oldin  "Real Madrid" direktori Butrageno bilan gaplashgan va juda qulay taklif olgandi. Butrageno Pedrining transferini shaxsan o‘zi xohlayotgandi - lekin keyin klub murabbiyi Pepe Mel vaziyatga aralashdi. U Emilioga Pedrining "Barselona"ga bo‘lgan muhabbati haqida aytgan. Bundan xursand bo‘lgan Pedri, Madridning takroriy taklifiga qarab chiqqani ham yo‘q. U ikkilanmay “Ko‘k-anorranglilar”ni tanladi.

Kataloniyaga kelganidan so‘ng, Pedri ijaraga ketishi kerakligini jamoadan talab qilgan. "Men uchun rivojlanishda davom etish muhim edi. Mening sevimli jamoamga hali menga kerak emas edi va men boshqa joyda tajriba orttirmoqchi edim. Men “Barselona”ga iloji boricha yuqoriroq darajada kelmoqchi edim. Meni Germaniya bilan bo‘lgan variantlar o‘ziga jalb qildi”, - dedi futbolchi Goal nashriga bergan intervyusida. "Bavariya" ham Pedriga qiziqa boshladi, ammo "Barselona"muzokaralarni to‘xtatdi. Klub futbolchiga umid qilardi va Kuman birinchi mashg‘ulotdan so‘ng Pedrining muxlisiga aylangandi. "Barselona"da Pedri tezda o‘zi o‘yinini topdi. Kumanning ishonchi va Messi bilan ajoyib munosabatlari futbolchiga yordam berdi."U menda boshqalarga qaraganda yaxshiroq ta’ssurot qoldirdi", dedi Kuman. - U mehnat qilmoqda va Pedri jamoamdagi eng yaxshilar qatorida. Pedri aqlli yigit. U bizga maydonga to‘g‘ri moslashish qobiliyati orqali ko‘p narsani berishi mumkin. " Pedrini doimo Inyesta bilan solishtirishadi. Andres unga qoyil qoladi, lekin hech kimni hech kim bilan solishtirmaslikni ko‘p bor ta’kidlagan.  Yaqinda Inyestaning o‘zi Pedrini o‘ziga xos futbolchi deb atadi. Bu so‘zlar yosh o‘yinchi uchun avansga o‘xshaydi, lekin Andres tushuntirdi: "Men uning imkoniyatlarini bilaman, lekin birinchi navbatda, barcha ommaviy axborot vositalari Pedrinitinch qo‘yishi kerak. U ajoyib futbolchi bo‘lishi mumkin. Pedri endigina futboldan zavqlanmoqda. 18 yoshida bunday yetuk darajada futbol o‘ynash juda qiyin. Men uning maydonda porlashiga qoyil qolaman. Hammasi uning karyerasida endigina boshlanadi”.

Mirjalol Pardaboyev maqolasi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:19, 04.04.2022. O'qildi: 7047 marta. Fikrlar: 73 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
7 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
8 Фулхэм Xarri Uilson 10
9 Борнмут Eli Junior Krupi 10
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик