Bugun 2 yanvar, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 01.01.2026 22:30
      • Kristal Pelas
      • 1:1
      • Fulhem
      • 01.01.2026 22:30
      • Liverpul
      • 0:0
      • Lids
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • 0:0
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Manchester Siti
      • 03.01.2026 17:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 03.01.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Byornli
      • 03.01.2026 20:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Vest Xem
      • 03.01.2026 22:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Arsenal
  • «A» Seriya
      • 03.01.2026 00:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Milan
      • 03.01.2026 16:30
      • Komo
      • -:-
      • Udineze
      • 03.01.2026 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Parma
      • 03.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Piza
      • 03.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Lechche
  • La-liga
      • 03.01.2026 01:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Xetafe
      • 03.01.2026 18:00
      • Selta
      • -:-
      • Valensiya
      • 03.01.2026 20:15
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.01.2026 22:30
      • Elche
      • -:-
      • Vilyarreal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 19 41
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 19 33
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 19 29
8 Everton 19 28
9 Brentford 19 27
10 Kristal Pelas 19 27
11 Fulhem 19 27
12 Tottenhem 19 26
13 Nyukasl 19 26
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 19 21
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
19-тур Kristal Pelas 1-1 Fulhem
19-тур Liverpul 0-0 Lids
19-тур Brentford 0-0 Tottenhem
19-тур Sanderlend 0-0 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

03/01/26 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01/26 Brayton - Byornli
03/01/26 Vulverhempton - Vest Xem
03/01/26 Bornmut - Arsenal
04/01/26 Lids - Man. Yunayted
04/01/26 Tottenhem - Sanderlend
04/01/26 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01/26 Fulhem - Liverpul
04/01/26 Everton - Brentford
04/01/26 Manchester Siti - Chelsi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Muxlisni urgan O‘tkir Yusupov, nojo‘ya harakat qilgan Behzod Nazarov, janjalga sabab bo‘lgan Kolosovskiylar jazolandi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Diskvalifikasiyalar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

«BUNYODKOR» — «DINAMO»

Superliga 4-turi doirasidagi «Bunyodkor» — «Dinamo» uchrashuvida «Dinamo» jamoasi futbolchisi Abdujamol Isroilov uchrashuvning 64-daqiqasida raqib o‘yinchisining yuziga boshi bilan zarba bergani va tajovuzkor xatti-harakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Abdujamol Isroilovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Dinamo» jamoasi yordamchi murabbiyi Ivan Yevich uchrashuv yakunlangach hakamlar brigadasi sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Ivan Yevichga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Dinamo» jamoasi futbolchisi Ibrohim Yo‘ldoshev uchrashuv yakuniga yetgach reklama konstruksiyasiga zarba berib, unga shikast yetkazdi.

Shu sababli Ibrohim Yo‘ldoshevga nisbatan moliyaviy jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

***

«PAXTAKOR» — «NAVBAHOR»

Superliga 4-turi doirasidagi «Paxtakor» — «Navbahor» uchrashuvi ga qo‘shib berilgan daqiqalarda «Paxtakor» fan-klubi yetakchisi Javohir Shokirov texnik zonada paydo bo‘ldi va o‘yinning 90+5-daqiqasida autga chiqib ketgan to‘pni «Navbahor» jamoasi futbolchisiga qaytarib berish o‘rniga, to‘pni boshqa tomonga namoyishkorona tepib yubordi. Bu esa stadionga yig‘ilgan muxlislar, raqib jamoa a’zolari va rasmiylarining noroziligiga sabab bo‘ldi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, «Paxtakor» futbol klubiga nisbatan ko‘ngilsiz holatlarning bosh sababchisi sifatida moliyaviy jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Navbahor» jamoasi murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy yuqoridagi vaziyat sabab tinchlana olmadi va maydonda, tribuna osti yo‘lakchasida, kiyinish xonasi atrofida raqib jamoa vakillari hamda O‘zPFL rasmiylari bilan janjallashdi, ularni shaxsiyatga teguvchi so‘zlar bilan bir necha bora sababsiz haqorat qildi. Shuningdek, murabbiyni tinchlantirishga uringan rasmiy shaxslarga zarba berishga urindi. Mazkur holat ikki jamoaning qolgan rasmiylari o‘rtasida janjal kelib chiqishiga, tribuna osti yo‘lakchasida to‘polon ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Qo‘shimchasiga, Kolosovskiy O‘zPFL rasmiysi talabiga rioya qilmay, akkreditasiyani qaytarishdan bosh tortdi.

Shu sababli Grigoriy Kolosovskiyga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Grigoriy Kolosovskiyning nomaqbul harakatlari «Navbahor» jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupovni ham janjalli vaziyatga aralashtirdi va u «Paxtakor» fan-klubi yetakchisi Javohir Shokirov bilan mushtlashuv sodir etib, unga zarba berdi.

Shuni inobatga olgan holda O‘tkir Yusupovga nisbatan moliyaviy jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Paxtakor» jamoasi matbuot kotibi Behzod Nazarov, klub katta menejeri Ilhom Yakvalxo‘jayev o‘yin yakunlangach tribuna osti yo‘lakchasida nojo‘ya xatti-harakatlarni amalga oshirib, «Navbahor» jamoasi rasmiylarini qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qildi.

Shu sababli Behzod Nazarov hamda Ilhom Yakvalxo‘jayevning har biriga nisbatan moliyaviy jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Navbahor» jamoasi o‘yin yakunlangach, kiyinish xonasining ichki va tashqi devorlariga zarar yetkazib, uni ta’mirtalab holga keltirdi. Shuni inobatga olib, «Navbahor lochinlari» futbol klubiga nisbatan moliyaviy jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

***

«SURXON U21» — AGMK U21

U-21 chempionati 4-turi doirasidagi «Surxon U21» — AGMK U21 uchrashuvida AGMK U21 jamoasi futbolchisi Iskandar Businov uchrashuvning 77-daqiqasida to‘p yo‘q joyda yerda yotgan raqib o‘yinchisini tepgani va tajovuzkor xatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Yuqoridagini inobatga olib, Iskandar Businovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

***

«ANDIJON» — «ARAL SAMALI»

Pro liga 4-turi doirasidagi «Andijon» — «Aral samali» uchrashuvida «Aral samali» jamoasi futbolchisi Mirjalol Qosimov uchrashuvning 63-daqiqasida raqib o‘yinchisiga nisbatan o‘yin qoidasini buzgani va tajovuzkor xatti-xarakati uchun maydondan chetlashtirilgan.

Shu sababli Mirjalol Qosimovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

***

«XORAZM» — «SHO‘RTAN»

Pro liga 5-tur doirasidagi «Xorazm» — «Sho‘rtan» uchrashuvida «Xorazm» jamoasi futbolchisi Azizbek Pirmuhammadov uchrashuvning 53-daqiqasida raqib yuziga urgani va tajovuzkor xatti-xarakati uchun maydondan chetlashtirilgan.

Yuqoridagi holat sabab Azizbek Pirmuxammadovga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

***

«ZOMIN» — «TURON»

Pro liga 5-tur doirasidagi «Zomin» — «Turon» uchrashuvida «Zomin» jamoasi rasmiy vakili Ilhom Sobirov tanaffus vaqtida hakamlar xonasiga kirib, o‘z noroziligini qo‘pol tarzda bildirgan va tajovuzkor xatti-harakat amalga oshirgan.

Shu sababli Ilhom Sobirovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

***

«ANDIJON 2» — «YUNIRED»

O‘zbekiston kubogi saralash uchrashuvi doirasidagi «Andijon 2» — «Yunired» uchrashuvida «Yunired» jamoasi futbolchisi Asomiddin Mamatov uchrashuvning 43-daqiqasida raqib o‘yinchisining yuziga urgani va tajovuzkor xatti-xarakati uchun maydondan chetlashtirilgan.

Shu sababli Asomiddin Mamatovga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

***

«DENOV» — «DO‘STLIK OLTIARIQ»

O‘zbekiston kubogi saralash uchrashuvi doirasidagi «Denov» — «Do‘stlik Oltiariq» uchrashuvida «Denov» jamoasi rasmiy vakili Bekzod Azimov uchrashuvning 71-daqiqasida bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan chetlashtirilgan.

«Denov» jamoasi O‘zPFL a’zosi emasligi hamda 2022 yilgi mavsumni Surxondaryo viloyat futbol assosiasiyasi tomonidan o‘tkaziladigan Ikkinchi liga musobaqasida o‘tkazishi inobatga olinib, Bekzod Azimovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va moliyaviy jarima intizom chorasi Surxondaryo viloyat futbol assosiasiyasi tomonidan qo‘llaniladi.

Shuningdek, «Denov» jamoasi futbolchisi Bekzodjon Karimov uchrashuvning 90+1-daqiqasida bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Xuddi shu tartibda Bekzodjon Karimovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va moliyaviy jarima intizom chorasi Surxondaryo viloyat futbol assosiasiyasi tomonidan qo‘llaniladi.

***

«ARAL» — «ANDIJON 2»

O‘zbekiston kubogi saralash uchrashuvi doirasidagi «Aral» — «Andijon 2» uchrashuvida «Aral» jamoasi futbolchisi Abdumalik Norqobilov uchrashuvning 43-daqiqasida raqib o‘yinchisining oyog‘iga yotgan holatida tepgani va tajovuzkor xatti-xarakati uchun maydondan chetlashtirilgan.

Shu sababli Abdumalik Norqobilovga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

***

«QUMQO‘RG‘ON-1977» — «LOCHIN»

O‘zbekiston kubogi saralash uchrashuvi doirasidagi «Qumqo‘rg‘on-1977» — «Lochin» uchrashuvida «Lochin» jamoasi futbolchisi Abdulaziz Jo‘rayev uchrashuvning 67-daqiqasida raqib o‘yinchisi oyog‘ining himoyalanmagan qismiga butsasini tag qismi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Shu sababli Abdulaziz Jo‘rayevga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

***

«KELES» — «ARAL»

O‘zbekiston kubogi saralash uchrashuvi doirasidagi «Keles» — «Aral» uchrashuvida «Keles» jamoasi a’zolari butun uchrashuv davomida futbolchilarga xos bo‘lmagan xatti-harakatlar bilan yodda qolgan. Oqibatda bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov «Keles»ning 4 nafar futbolchisini maydondan chetlashtirgan.

«Keles» jamoasi O‘zPFL a’zosi emasligi hamda 2022 yilgi mavsumni Toshkent viloyat futbol assosiasiyasi tomonidan o‘tkaziladigan Ikkinchi liga musobaqasida o‘tkazishi inobatga olinib, jamoaga nisbatan moliyaviy jarima intizom chorasi Toshkent viloyat futbol assosiasiyasi tomonidan qo‘llaniladi. Shuningdek, «Keles» a’zolari bo‘lgan Islomjon Ortiqov, Azizjon Hojiakbarov, Hikmat Turobov hamda Farrux Yo‘ldoshevlarning barchasiga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) intizom chorasi qo‘llaniladi.

Kiritildi: 15:08, 05.04.2022. O'qildi: 4157 marta. Fikrlar: 34 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
8 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Манчестер Сити Filip Foden 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.