Bugun 10 fevral, 2026 yil, seshanba.

  • Elit OCHL
      • 09.02.2026 18:45
      • Nasaf
      • 1:1
      • Ash-Shorta
      • 09.02.2026 18:45
      • Al-Vahda
      • 0:0
      • Al-Ahli (SA)
      • 09.02.2026 21:00
      • Duhayl
      • 1:1
      • Sharja
      • 09.02.2026 21:00
      • Shabab al-Ahli
      • 0:0
      • Al-Hilol
      • 10.02.2026 21:00
      • Traktor
      • -:-
      • As-Sadd
      • 10.02.2026 23:15
      • Al-Ittihod
      • -:-
      • Al-G‘arafa
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 23 58
2 Real Madrid 23 57
3 Atletiko 23 45
4 Vilyarreal 22 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 23 34
7 Selta 23 33
8 Real Sosyedad 23 31
9 Osasuna 23 29
10 Atletik Bilbao 23 28
11 Xetafe 23 26
12 Jirona 23 26
13 Sevilya 23 25
14 Alaves 23 25
15 Elche 23 24
16 Malyorka 23 24
17 Valensiya 23 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 22 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

23-тур Selta 0-0 Osasuna
23-тур Barselona 0-0 Malyorka
23-тур Sevilya 0-0 Jirona
23-тур Real Sosyedad 0-0 Elche
23-тур Alaves 0-0 Xetafe
23-тур Atletik Bilbao 0-0 Levante
23-тур Atletiko 0-0 Betis
23-тур Valensiya 0-0 Real Madrid
23-тур Vilyarreal 0-0 Espanyol

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Senegal terma jamoasi ustozi: «Mahalliy murabbiylarga e’tibor zarur»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Aliu Sisse futbolchilik faoliyatida har doim oddiy mashg‘ulotlarda ham borini bergan. Asosiysi, u nima uchun butun vujudi bilan ishlayotganini yaxshi bilardi. Afrika futbolidagi yorqin shaxslardan birining so‘zlariga qaraganda, sidqidildan shug‘ullanish uni ham futbolchilik, ham murabbiylik yo‘nalishida katta natijalarga yetaklagan. 2015 yili Senegal milliy jamoasi boshqaruvini qo‘lga olgan Aliu Sisse hamon «sherlar»ni shug‘ullantirmoqda. Alohida ta’kidlash kerak, Afrika mamlakati milliy jamoasida uzoq vaqt ishlash bo‘yicha rekord aynan shu mutaxassisga tegishli. Muhimi, Sisse rahbarligidagi Senegal termasi futbol xaritasida qayta paydo bo‘ldi. «Sherlar» 2018 yili jamoa tarixida 2-marta mundialda ishtirok etishdi, ke­yin Afrika chempionatida finalga chiqishdi. Joriy yil fevralda esa Sisse jamoasi Senegalga tarixdagi dastlabki qit’a chempionligini tortiq etdi. Shunday quvonchli voqelikdan bir necha hafta o‘tgach, Afrika chempioni Qatar-2022 mundiali yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi - «sherlar» hal qiluvchi o‘yinda Misr termasini yana bir bora penaltilar seriyasi bo‘yicha dog‘da qoldirishdi. Aliu Sisse esa yaqinda FIFAning murabbiylar sektorini rivojlantirish dasturida ishtirok etdi va tashkilot rasmiy saytiga bergan intervyusida sohaning olg‘a borishida infratuzilma ahamiyati katta ekanligini alohida ta’kidladi.

- Aliu, avvalo, murabbiy rolidagi debyutingizni eslasak. Ilk davrda qaysi mutaxassislardan saboq olgansiz?

- Futbolchilik faoliyatim davom etayotgan vaqtdayoq bu ishga o‘zgacha qiziqish bilan qaraganman. Shunga yarasha, yo‘nalish ta’limotiga ham befarq emasdim. Deylik, biror mashg‘ulotga aniq maqsadsiz bormasdim. Oddiy aytganda, har biridan nimadir olish va o‘rganishni istardim. Qolaversa, murabbiylar bilan tez-tez muloqotga kirishib, o‘zimni qiziqtirayotgan savollarga javob olishga urinardim. Misol uchun, mendan yugurishni so‘rashganida, yaxshi o‘ynash uchun nega shuncha halloslashim kerakligini bilishga qiziqardim. Bunday ishtiyoq-qiziquvchanlik butun futbolchilik faoliyatim davomida pasaygan emas. Umuman olganda, boshqalar ishini kuzatish asnosida o‘rganish yaxshi, lekin o‘z uslubingni yaratishing yanada muhimroq. Xullas, hozir ham futbolchi maqomida texnik va taktik masalalar bo‘yicha o‘rganganlarimni murabbiylikda amalga tatbiq qilish harakatidaman.

- Senegal futbol federasiyasi va FIFA yo‘lga qo‘ygan murabbiylar sektorini rivojlantirish dasturiga qanday baho berasiz? Bundan Afrika futboliga naf chiqadimi?

- Senegalda tug‘ilib-ulg‘aydim va mamlakat futboliga xizmat qilishni xohlayman. Ha, ko‘p yillar davomida Yevropada yashadim, ammo qalban afrikalik, senegallikman. Bugun mamlakatimiz hayotida futbolning o‘rni beqiyos. FIFA dasturiga kelsak, tashkilotning senegallik murabbiylarga e’tibor qaratayotgani, kamolotga yetishlari yo‘lida ularni qo‘llab-quvvatlayotgani bizga g‘urur bag‘ishlaydi. Bu Afrika futboli chindan ham, taraqqiyot sari borayotgani, bunda FIFA ma’lum federasiyalarda umumiy holatni yaxshilash uchun hammasini birlashtirayotganidan dalolatdir.

- Umuman, bunday o‘quv kurslari joylarda murabbiylar faoliyatini qay darajada yaxshilashi mumkin?

- Tan olish kerak, hozirgi holatda afrikalik mutaxassislar tajriba va bilim nuqtai nazaridan Yevropada ishlash yoki qit’a milliy jamoa­larini bemalol boshqarish salohiyatiga ega emaslar. Chunki shu vaqtga qadar soha ta’limotida oqsadik. Mana, oxirgi yillarda murabbiylar malakasini oshirish zarurligini angladik. Natijalar ham ko‘rinmoqda, albatta. Misol uchun, 2019 va 2022 yillardagi qit’a kubogi final bosqichlariga qarasak, oxirgisida xorijliklarga nisbatan mahalliy murabbiylar soni nisbatan ortdi. Demak, malakali texnik mutaxasislarni o‘qitish jarayoni samara bera boshladi. Endi taktika va uslublarni takomillashtirish, texnik yo‘nalishni kuchaytirish masalasida oldinga siljishda davom etish muhim.

- Mana, Senegal milliy jamoasi mahalliy murabbiy bilan katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bu yangi avlod vakillarini nechog‘li ilhomlantiradi?

- Sisse ilhom manbai? Bilmadim, mendan oldin ham ba’zi mahalliy mutaxassislar ma’lum yutuqlarga erishishganini unutmaslik kerak. Ha, oxirgi yillarda ishlar darhaqiqat, oldinga siljidi. Endi taraqqiyotning davom etishi yoki to‘xtab qolishi faqat o‘zimizga bog‘liq. Tushunarliki, mamlakat bosh jamoasiga murabbiylik qilish hech qayerda oson emas. Turli-tuman fikrlar o‘z yo‘liga, fakt shuki, terma jamoada ishlash klubni shug‘ullantirishdan ancha qiyin. Zero, butun mamlakat sizga umid bog‘laydi, natija kutadi. Xullas, mas’uliyat juda baland. Shunchaki, futbolchilarni to‘p ortidan yugurtirish bilan nimagadir erisholmaysiz. Jamoadan yaxlit ansambl tuzish uchun esa tunu kun izlanish, yigitlar salohiyatini oshirib borish kerak. Shu ma’noda jamoani takomillashtirishda mahalliy mutaxasislar roli katta. Hududingizda malakali murabbiylar bormi, unda bosh­qa mamlakatlarga qarashingiz shart emas. Shunchaki, o‘z mutaxassislaringizga ishonsangiz, bas. Shaxsiy qarashim shunday. Chunki fikrimcha, qaysidir milliy jamoani bosh­qaradigan murabbiy avvalo, o‘sha mamlakat tarixi, an’analariyu, mentalitetini bilishi kerak. Ha, futbol bilimi, texnik va taktik malaka ham muhim, lekin asosiysi - mamlakat tarixini bilish. Har holda, o‘tmishni bilmasang, kelajak haqida gapirishing qiyin.

* Aliu Sissega Senegal milliy jamoasini JCH final bosqichida ham sardor, ham murabbiy sifatida maydonga boshlab tushish nasib etgan.

* Aliu Sisse yaqinda Senegal milliy jamoasini Afrika Millatlar kubogi turnirida ilk marta chempionlik shohsupasiga ko‘tardi.

* Aliu Sissening fikricha, Afrika futbolini yuksaltirish uchun avvalo, mahalliy murabbiylar bilimini oshirish va infratuzilmani keskin yaxshilash zarur.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:08, 22.04.2022. O'qildi: 1943 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Вильярреал Alberto Moleyro 9
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 9
9 Сельта Borxa Iglesias 9
10 Бетис Kucho Ernandes 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.