Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 28 70
2 Real Madrid 28 66
3 Atletiko 28 57
4 Vilyarreal 28 55
5 Betis 28 44
6 Selta 28 41
7 Real Sosyedad 28 38
8 Espanyol 28 37
9 Xetafe 28 35
10 Atletik Bilbao 28 35
11 Osasuna 28 34
12 Jirona 28 34
13 Rayo Valyekano 28 32
14 Valensiya 28 32
15 Sevilya 28 31
16 Malyorka 28 28
17 Alaves 28 28
18 Elche 28 26
19 Levante 28 23
20 Real Ovyedo 28 21

O'tgan o'yinlar.

28-тур Alaves 1-1 Vilyarreal
28-тур Jirona 3-0 Atletik Bilbao
28-тур Atletiko 1-0 Xetafe
28-тур Real Ovyedo 1-0 Valensiya
28-тур Real Madrid 4-1 Elche
28-тур Malyorka 2-1 Espanyol
28-тур Barselona 5-2 Sevilya
28-тур Betis 1-1 Selta
28-тур Real Sosyedad 3-1 Osasuna
28-тур Rayo Valyekano 1-1 Levante

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03/26 Elche - Malyorka
21/03/26 Espanyol - Xetafe
21/03/26 Levante - Real Ovyedo
21/03/26 Osasuna - Jirona
22/03/26 Sevilya - Valensiya
22/03/26 Barselona - Rayo Valyekano
22/03/26 Selta - Alaves
22/03/26 Atletik Bilbao - Betis
23/03/26 Real Madrid - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Hafta dayjesti. «Paxtakor» uchun hammasi tugadi, «Nasaf» bugun guruh masalasini hal qila oladimi?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Haftaning asosiy xabarlari bo‘limida «Paxtakor» va «Nasaf»ning OCHLdagi ishtiroki, «Manchester Yunayted»da murabbiy almashganidan keyin Krishtianu Ronalduni qanday taqdir kutayotgani, Lionel Messi kelasi mavsum qayerda o‘ynashi va Erling Xoland faoliyatini qaysi klubda davom ettirishga qaror qilganini bilib olasiz. Bu va yana ko‘plab xabarlar - «Stadion.uz» nashrining maxsus hafta dayjesti bo‘limida.

«Paxtakor» uchun hammasi tugadi

Bir necha xafta oldin boshlangan Osiyo Chempionlar ligasida ham so‘nggi tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Kecha Toshkentning «Paxtakor» jamoasi joy olgan «D» guruhida 5-tur uchrashuvlari yakunlandi. Garchi, 4-turdan keyin o‘zbek futboli muxlislari «sherlar»ning guruhdan chiqishidan umidlarini uzgan bo‘lsa-da, matematik hisoblarga ko‘ra Toshkent klubida hali imkon bor edi. Ammo «Paxtakor» kecha Eronning «Sepaxon» klubiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va pley-off haqidaga orzularimizni ham yo‘qqa chiqardi.

5 o‘yindan keyin 3 ochko to‘plagan vakillarimiz guruhning so‘nggi pog‘onasidan joy oldi. So‘nggi tur doirasidagi «Al-Taa’vun»ga qarshi uchrashuv vakillarimiz uchun shunchaki rasmiyatchilik sifatida o‘tkaziladi.

«Nasaf» bugun guruh masalasini hal qila oladimi?

 «Paxtakor»dan farqli o‘laroq Qarshining «Nasaf» klubida guruhdan chiqish imkoniyati bor. «Ajdarlar» bugun 5 tur doirasidagi uchrashuvda Qatarning nomdor «As-Sadd» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Barchasi 4 uchrashuvdan keyin 1 g‘alaba, 2 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlarining o‘z qo‘lida. Agar bugun «Nasaf» qatarliklarni mag‘lub eta olsa, qaysidir ma’noda guruhdan chiqish imkoniyati oshib ketadi. Chunki hozirda Berdiyev shogirdlari 5 ochko to‘plashgan va guruhda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Bugungi raqibimiz «As-Sadd» esa 4 ochko bilan 3-o‘rinda. Demak, vaziyat qanday ekanligi tushundingiz.

Qatarliklar tarkib jihatdan Qarshi klubidan ustunroq bo‘lsa-da, o‘yin jihatdan «Nasaf» raqibidan umuman kam emas. Shuningdek, Xavi Grasiya shogirdlari ham oldingilardek o‘yin namoyish etmayapti. Demak, guruhdan chiqish yoki Qarshiga pley-offsiz qaytib kelishning barchasi vakillarimizning o‘zini qo‘lida.

Nima ham derdik, olg‘a, «ajdarlar»! Butun o‘zbek futboli muxlislari sizlardan umid qilmoqda.

«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Ronaldudan voz kechadimi?

«Manchester Yunayted» yangi bosh murabbiyni tanladi. Erik ten Xag kelasi mavsumdan boshlab «qizil iblislar» murabbiyiga aylanishi rasman e’lon qilindi. «Ayaks» bilan samarali ishlagan gollandiyalik mutaxassis mankunianliklarni Angliyada va jahonda birinchi o‘ringa qaytarishga harakat qiladi. Yangi mavsum uchun rejalar tuzish jarayonida ten Xag Krishtianu Ronaldu taqdirini hal qilishi kerak. Murabbiy portugaliyalik yulduzdan voz kechishi mumkinligi haqida mish-mishlar bor, chunki KriRo pressingga moslashgan Erik ten Xag o‘yin uslubiga mos kelmaydi.

Messi kelajagi borasida bir qarorga keldi

OAVda Lionel Messining kelajagi haqidagi mish-mishlar kundan-kunga ko‘payib bormoqda. So‘nggi paytlarda argentinalik yulduzga nisbatan bo‘layotgan tanqid va jiddiy bosim tufayli «PSJ»ni tark etish istagi borligi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Jurnalistlar yana Messining okeanortiga – Devid Bekxemning «Inter Mayami» jamoasiga ko‘chib o‘tishi haqida xabar berishmoqda. Biroq, keyinchalik Fransiya nashrlari Lionel yozda hech qayerga ketmasligini yozishgan. Argentinalik hujumchi keyingi mavsumni «PSJ»da o‘tkazishga qaror qilgani haqida xabar berishdi. Ta’kidlanishicha, Leo katta ehtimol bilan 2023 yilning yozida, Parij klubi bilan shartnomasi yakuniga yetgach ketishi mumkin.

Mbappe «Real»dan yana 100 million yevro so‘ramoqda

Aprel oyi ham oxiriga yaqinlashmoqda va hamon Kilian Mbappening kelajagi haqidagi savolga aniqlik kiritilmagan. Hafta davomida matbuotda fransiyalik hujumchi «Real»dan tomonlar avvalroq muhokama qilgan summadan 100 million yevro ko‘proq so‘ragani haqida ma’lumot tarqaldi. Madrid klubi rahbariyati bu summani berimasligini aytib, hujumchining agentlariga rad javobini berishdi. Bu holatdan keyin «PSJ»da Mbappe bilan shartnoma uzaytirishga umid paydo bo‘lmoqda.

Le Parisien nashri xabariga ko‘ra, ayni paytda Kilian Mbappening onasi o‘g‘lining shartnomasini uzaytirish bo‘yicha «PSJ» rahbarlari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Fayiza Lamari ayni damda Qatarda bo‘lib, u yerda Parij klubi prezidenti Nosir al-Xelayfiy va Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Tani bilan uchrashgan.

Tomonlar endi kelishuvning moliyaviy shartlarini muhokama qilishmayapti: parijliklarning yakuniy taklifi 50 million yevro maosh va ikki yillik shartnoma imzolaganidan keyin 100 million yevrolik bonusi bermoqchi ekanligini aytishgan.

Xoland Angliya Premyer ligasiga o‘tadi

Erling Xoland - transfer olamining asosiy qahramonlaridan biri. So‘nggi paytlarda norvegiyalik hujumchini «Manchester Siti» bilan bog‘liq ko‘plab mish-mishlar tarqalmoqda. Xabarlarga ko‘ra, garchi avvalroq Xolandni Ispaniya grandlaridan biriga o‘tishiga ishora qilingan bo‘lsa-da, Erling Angliyaga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Xolandning «Etihad» stadioniga kelishi Xosep Gvardiolaning kelajagi borasidagi qaroriga ta’sir qilishi mumkin. Agar, norvegiyalik futbolsi «shaharliklar» safiga o‘tsa, ispaniyalik mutaxassis  «Manchester Siti» bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.

«Manchester Yunayted» Pochettinoni «sindirdi»

Yangi mavsumdan boshlab «Manchester Yunayted»ni Erik ten Xag boshqaradi. Shu bilan birga, so‘nggi oylarda Maurisio Pochettino ham «qizil iblislar»ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Matbuotdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mankunianliklar argentinalik murabbiyni «sindirishgan». Ta’kidlanishicha, Pochettino ingliz klubidan taklif kelishiga ishonchi komil edi. Hatto Maurisio Manchester klubi atrofidagi vaziyatni ham o‘rganishni boshlagan. Biroq, «Old Trafford» egalari boshqa mutaxassisni tanlashdi va bu «PSJ»ning ustoziga yomon ta’sir qilgan.

 

 Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 13:37, 23.04.2022. O'qildi: 4949 marta. Fikrlar: 13 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Сельта Borxa Iglesias 11
9 Барселона Rafinya 11
10 Атлетико Aleksandr Serlot 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.