"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi nimchorak final o‘yinidagi kayfiyat haqida gapirdi.
"Odamlar mendan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishimni talab qilishlari normalmi? Odamlar ko‘proq narsani kutsa, bu yaxshi.
Agar tarix raqobatlashsa, bizda hech qanday imkoniyat qolmagan bo‘lardi, "Real Madrid" tarixi o‘zi gapiradi. "Real Madrid"ga qarshi o‘ynash, biz yengib o‘tishni istagan haqiqiy sinov. Biz chidashimiz, birlashishimiz va to‘pga ega bo‘lganimizda, hujum qilishga harakat qilishimiz kerak.
Bu ko‘p marta yarim finalda o‘ynagan "Bavariya" yoki "Barselona"ga qarshi o‘ynash bilan bir xil. 10 yil oldin biz bu yerda emas edik, lekin hozir shu yerdamiz. Ertaga esa 11 nafar futbolchi 11 nafar futbolchiga qarshi maydonga tushadi", - deya iqtibos keltiradi BBC murabbiy so‘zlaridan.
26 aprel, seshanba kuni “Manchester Siti” Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finali dastlabki o‘yinida o‘z maydonida “Real”ni qabul qiladi.