Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Serbiyada Samarqanddek qadimiy shahar haqida yaxshi bilishadi». Mixaylo Yovanovich «Dinamo»ni tanlagani, ilk taassurotlari va Superliga haqida

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Xorijiy legionerlar / O‘ynayotgan futbolchilar
Rukn: Intervyular
A A A

Superliga 5-turi doirasidagi «Dinamo» — «Lokomotiv» (3:1) uchrashuvida serbiyalik himoyachi Mixaylo Yovanovich jamoadagi dastlabki golini kiritib, g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi. Klub matbuot xizmati legioner futbolchining Samarqanddagi dastlabki taassurotlari, Superliga haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

— Mixaylo, eng avvalo ilk gol va g‘alaba bilan tabriklaymiz. Avvalo «Lokomotiv»ga qarshi o‘yin haqida to‘xtalsangiz...
— Tabrik uchun katta rahmat. Bilasiz, bu o‘yinda bizga g‘alaba juda ham zarur edi. Jamoadagi har birimiz «Lokomotiv»ga qarshi o‘yin qay daraja muhimligini yaxshi tushunib turgandik. Chunki Superliga boshlanganidan buyon g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq kuchli bo‘lsa-da, gohida omadimiz kelmayotgan, ba’zida esa tajribasizlik tufayli g‘alaba qozona olmayotgan edik. Nihoyat, bu o‘yinda g‘alaba qozona olishimizni ko‘rsatdik va muxlislarimizni xursand eta oldik.

— G‘alaba jamoadagi muhit va kayfiyatga ham ijobiy ta’sir qilgan bo‘lsa kerak?
— Aslida «Paxtakor», «So‘g‘diyona»ga qarshi ham, «Qizilqum» yoki «Bunyodkor» bilan o‘yinda raqibdan qolishmagan edik, ammo omadimiz kelmayotgan edi. «Loko»ga qarshi esa ayniqsa, ikkinchi bo‘limda jamoada ishtiyoq kuchli edi va oxirigacha kurashib haqli g‘alabaga erishdik. Ilk g‘alabadan keyin jamoaning o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortdi va yaxshi hamda ishchan kayfiyatda navbatdagi o‘yinlarga jiddiy tayyorgarlik olib borayapmiz.

— Markaziy himoyachi bo‘lishingizga qaramay, hujumlarda faol ishtirok etasiz. Ammo jamoa o‘tgan 4 o‘yinda bor yo‘g‘i bitta gol urgandi, so‘nggi bahsda esa 3ta gol kiritildi. O‘tgan o‘yinlarda gol kamligi faqat omad bilan bog‘liqmi?
— O‘tgan o‘yinlarda ham kamida 2-3tadan golli vaziyatlar yaratdik, ba’zida sovuqqonlik, gohida omad va tajriba yetishmadi. Gol kirita olmagach, oson bo‘lmaydi. Gollarimiz hisobini oshirdik, endi bu borada hammasi yaxshilana boshlashiga ishonamiz.

Yana bir jihat tarkibimizda 4-5 nafar tajribali o‘yinchilar bor, jamoaning asosini yoshlar tashkil qilishadi. Ularning aksariyati Superligada ko‘p o‘ynamagan, ularga vaqt kerak, jamoa o‘yindan-o‘yinga o‘sib boraveradi. Jamoamiz tarkibi ancha saviyali o‘yinchilardan tashkil topgan, tajriba o‘yindan-o‘yinga oshib boradi.

— Bunga qadar siz Serbiya, Chexiya, Armaniston, Qozog‘iston ligalarida ham to‘p surgansiz. O‘tgan 5ta turdan keyin Superliga haqida taassurotlaringiz qanday?
— Oxirgi 9 yilda legioner sifatida to‘p surayapman va aytishim mumkinki Superliga – zo‘r chempionat. Bu yerda to‘p surish menga yoqmoqda. Har o‘yinda stadionlarda futbol atmosferasini ko‘rish mumkin. Bu futbolchi uchun yoqimli holat. O‘yinlar darajasi ham Rossiya yoki Qozog‘iston chempionatidan aslo qolishmaydi. Saviya jihatidan ham Serbiya chempionatiga juda yaqin. Maydonlar, umuman tashkiliy ishlar ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

— Yevropa chempionatlaridagi faoliyatingizdan keyin O‘zbekiston chempionatiga kelganingizni ortga tashlangan qadam deb hisoblamaysizmi?
— Yo‘q, aslo. Superligaga kelganimni oldinga tashlangan qadam deb bilaman. Chunki bu yerga kelishdan avval O‘zbekistonda faoliyat yuritgan serbiyaliklar bilan maslahatlashdim va ular taklif bo‘lsa, xotirjam qabul qilishimni, Superliga darajasi, bu yerdagi odamlar, muhit ham yaxshi ekanini aytishdi. O‘zbekistonda ekanimdan xursandman.

— «Dinamo»dan taklif tushganidan avval Samarqand, O‘zbekiston haqida qanchalik ma’lumotga ega edingiz?
— Jamoa haqida unchalik bilmasdim, ammo Samarqand haqida eshitgandim. Serbiyada Samarqanddek 2-3 ming yillik qadimiy shahar haqida yaxshi bilishadi. «Dinamo»dan taklif borligi haqida O‘zbekistonda to‘p surgan serbiyalik futbolchilar bilan maslahat qilganimda, ular Samarqand poytaxt Toshkentdan keyingi ikkinchi eng katta va qulay shahar ekanini aytishdi. Bu ham «Dinamo»ni tanlashimga sabablardan biri bo‘ldi. Jamoadoshim Miloye Prekovich bilan birgamiz, shahar, muxlislar barchasi yoqmoqda. Bu jamoaga kelganimdan xursandman.

— «Neftchi»ga qarshi navbatdagi o‘yin haqida...
— Ayni damda jamoamizda kayfiyat va muhit juda yaxshi. «Dinamo» — katta bir oiladek. «Neftchi»ga qarshi kubok o‘yinida mag‘lub bo‘lgandik, ammo Superliga bahsi bu mutlaqo boshqa o‘yin bo‘ladi. G‘alabali yurishimizni davom ettirish uchun barchamiz maksimal harakat qilishimiz kerakligini yaxshi bilamiz. Jangovar ruhda tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Navbatdagi bahsda ham g‘alaba juda zarur. Borimizni berib, muxlislarni quvontirish uchun to‘p suramiz.

Usmon Ibodov suhbatlashdi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 23:24, 28.04.2022. O'qildi: 1887 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик