Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba.

  • Superliga
      • 13.06.2025 20:00
      • Buxoro
      • 1:1
      • Andijon
      • 13.06.2025 20:00
      • Qo‘qon-1912
      • 0:4
      • Mash’al
      • 14.06.2025 20:00
      • OKMK
      • -:-
      • Sho‘rtan
      • 14.06.2025 20:00
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Paxtakor
      • 14.06.2025 20:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 15.06.2025 20:00
      • Surxon
      • -:-
      • Neftchi
      • 15.06.2025 20:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Navbahor
      • 15.06.2025 20:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Dinamo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 11 25
2 OKMK 11 23
3 Dinamo 10 22
4 Navbahor 11 20
5 Neftchi 10 19
6 Paxtakor 11 18
7 Bunyodkor 11 17
8 Mash’al 12 15
9 Xorazm 11 14
10 Andijon 12 13
11 Surxon 11 13
12 Qo‘qon-1912 12 12
13 Qizilqum 11 11
14 So‘g‘diyona 11 9
15 Buxoro 12 9
16 Sho‘rtan 11 5

O'tgan o'yinlar.

12-тур Buxoro 1-1 Andijon
12-тур Qo‘qon-1912 0-4 Mash’al

Navbatdagi o'yinlar.

14/06/25 OKMK - Sho‘rtan
14/06/25 Bunyodkor - Paxtakor
14/06/25 Qizilqum - So‘g‘diyona
15/06/25 Surxon - Neftchi
15/06/25 Nasaf - Navbahor
15/06/25 Xorazm - Dinamo

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.06.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Германии. "Айнтрахт Франкфурт" - "Боруссия Дортмунд".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. "Штутгарт" - "Фрайбург".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Германии. "Байер 04 Леверкузен" - "Боруссия Мёнхенгладбах".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Вольфсбург".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Германии. "Унион Берлин" - "Майнц 05".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Германии. "Вердер Бремен" - "Аугсбург".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Чемпионат Германии. "Айнтрахт Франкфурт" - "Боруссия Дортмунд".
      20:30 Новости футбола.
      20:35 Чемпионат Германии. Обзор сезона.
      21:35 Новости футбола.
      21:40 Чемпионат Германии. "Штутгарт" - "Фрайбург".
      23:40 Новости футбола.
      23:45 Чемпионат Германии. "Байер 04 Леверкузен" - "Боруссия Мёнхенгладбах".
      01:45 Новости футбола.
      01:50 Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Вольфсбург".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 Чемпионат Германии. "Унион Берлин" - "Майнц 05".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.06.2025

      06:20 Художественная гимнастика. "Evgeniya Cup" в Омске, Россия. Гала-концерт.
      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Бокс. Кубок Победы. Этап 2 в Саранске, Россия.
      09:40 "Магия большого спорта". "Спортивная гимнастика".
      10:10 Д/ф "Бобби Робсон. Больше, чем тренер".
      12:05 "Формула-1. Гаснут огни".
      12:30 Автоспорт. Дрифт. RDS OPEN. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      13:25 Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии. День 1.
      15:10 "Непобедимый".
      15:40 LIVE Баскетбол 3х3. Sirius Cup в Сириусе, Россия. Прямая трансляция.
      20:55 "Лучшие из лучших".
      21:25 Бокс. Кубок Победы. Этап 2 в Саранске, Россия.
      23:15 "Легенды овального мяча".
      23:40 Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии. День 2.
      01:15 "Непобедимый".
      01:45 Д/ф "Борис Беккер. Игрок с большой буквы".
      03:25 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 2 на автодроме "Игора Драйв". SMP Formula 4. Гонка 1.
      03:55 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 2 на автодроме "Игора Драйв".
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.06.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 3 в Анталии, Турция. Классический лук. Личное первенство.
      08:00 Профессиональный бокс. Никита Цзю против Коэна Мазудье. Бой за вакантные титулы IBF Australia и WBO Inter-Continental в 1-м среднем весе.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 М/с "Команда МАТЧ".
      11:25 Д/ф "Владимир Петров. Центр нападения".
      12:40  Х/ф "Я - Златан".
      14:55 Новости.
      15:00 LIVE Автоспорт. Чемпионат России. Этап 2 на автодроме "Игора Драйв". SMP Formula 4. Гонка 1. Прямая трансляция.
      15:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      16:55 LIVE Футбол. Женщины. Winline Суперлига. "Локомотив" (Москва) - "Динамо" (Москва). Прямая трансляция.
      18:55 LIVE Баскетбол 3х3. Sirius Cup в Сириусе, Россия. Прямая трансляция.
      20:55 LIVE Дзюдо. Чемпионат мира в Венгрии. День 2. Прямая трансляция.
      22:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:00 LIVE Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве. Финал. Прямая трансляция.
      01:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:55 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 2 на автодроме "Игора Драйв".
      02:55 Автоспорт. Дрифт. RDS OPEN. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      03:55 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 6 в Осло, Норвегия.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.06.2025

      06:00 Велоспорт. "Критериум Дофине" во Франции. Этап 6.
      07:30 Автоспорт. WEC. Сезон 2024. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      09:00 Велоспорт. "Критериум Дофине" во Франции. Этап 6.
      10:30 Автоспорт. WEC. Сезон 2024. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Обзор.
      11:30 Велоспорт. "Критериум Дофине" во Франции. Этап 6.
      13:00 Автоспорт. WEC. Сезон 2024. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Обзор.
      14:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Гиперпоул.
      14:30 Автоспорт. WEC. "Выносливость за кадром: гонка за совершенством", 5 эп.
      14:45 LIVE Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Разминка. Прямая трансляция.
      15:25 LIVE Мотоспорт. Суперспорт. Чемпионат мира. Этап 6 на трассе Мизано, Италия. Гонка 1. Прямая трансляция.
      16:30 LIVE Мотоспорт. Супербайк. Чемпионат мира. Этап 6 на трассе Мизано, Италия. Гонка 1. Прямая трансляция.
      18:00 LIVE Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Интро. Прямая трансляция.
      18:45 LIVE Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Прямая трансляция.
      02:00 LIVE Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Прямая трансляция.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol va biznes: Xitoy tomon katta yurish

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yevropa top-klublarining yozgi ta’til va yig‘inni AQSH qatori Osiyoda o‘tkazishi, deylik, Hindistonda o‘z ofislarini ochishi va hattoki, o‘zga yarim shardagi muxlislar uchun kunning qoq o‘rtasida maydonga tushishiga allaqachon ko‘nikib ulgurdik

Katta jamoalar shu tariqa yangi-yangi bozorlar kashf etish harakatida. Hozirda bularning barchasi - odatiy jarayon. Germaniya grandi «Bavariya» esa sal boshqacharoq yo‘ldan bormoqda: Myunxen superklubi Xitoyni qaynoq muhabbati va mehr-oqibati bilan zabt etmoqda. Muhimi, Bundesliganing «shoh» jamoasi bu missiyani o‘ta muvaffaqiyatli bajarmoqda. Vaholanki, uning Chin yurtiga yuzlanganiga uncha ko‘p bo‘lgani yo‘q. Har holda, «Bavariya» Xitoyga 2015 yildan e’tiboran «yurish» boshladi. O‘sha vaqt «MYU» va «Real» kabi klublar Chin yurtiga allaqachon «o‘rnashib» olishga ulgurgandi. Demak, bugun sports.ru sayti ma’lumotlari asosida Myunxen drujinasining Xitoydagi ishlariga nazar solamiz.


XITOY BOZORIGA  INTILISH

Bugungi kun haqiqati oddiy: dunyoning har qanday klubi Xitoy bozoriga kirib borishni istaydi. Bu o‘z-o‘zidan tushunarli va mantiqan to‘g‘ri yondashuvdir. Chunonchi, Chin yurti sayyoramizdagi eng ulkan bozor hisoblanadi. Axir mamlakat aholisi «behisob» (deyarli 1,5 mlrd. kishi). Qolaversa, futbol Xitoyda ommaviylik bo‘yicha basketboldan keyin 2-o‘rinda turadi. Lekin bundan 20-25 yil mudom ushbu bozorning ulkan salohiyatini faqat olisni ko‘ra oladigan kishilargina to‘g‘ri chamalashgan. Jumladan, «MYU»ning sobiq ijrochi-direktori Piter Kenyon cheksiz imkoniyatlarga ega ushbu diyor sari harakat boshlash kerakligini o‘tgan asrning 90-yillari oxirida tushungan. O‘sha vaqt «qizil iblislar» o‘yinlariga mahliyo xitoyliklar klub atributlari va Britaniya mahsulotlarini yoppasiga xarid qila boshlaydilar, ammo daromad klub g‘aznasini chetlab o‘tardi. Kenyonga ayni shu holat yoqmaydi va u avvalo, Xitoy bozorini to‘liq o‘rganib chiqadi, keyin yangi asr bo‘sag‘asida «MYU» ramzidagi mahsulotlar ta’minotini yo‘lga qo‘yadi. U shuning barobarida Pekinda klub jurnaliga asos soladi va «MYU»ni ilk bora Xitoy safariga yo‘naltiradi. 2004 yili esa «qizil iblislar» xitoylik futbolchini xarid qilishdi, to‘g‘ri, Kenyon ishtirokisiz. Dun Fanchjo yodingizdami? Manchester jamoasi muvaffaqiya­tidan xabar topgan Florentino Peres esa «Real»ni 2001 yili Xitoyga yubordi. Bunda madridliklar gala-sayohat va ko‘rgazmali o‘yinlar tafsilotlarini OAVda keng yoritishdi. Ushbu faollik tez orada samara keltirdi - «Real» mashhur Siemens kompaniyasi bilan manfaatli shartnoma tuzdi. 

Qiziq, o‘sha vaqt «Bavariya» qayerda edi? Germaniya klubi asrlar almashuvi davri Xitoyni xayoliga ham keltirgan emasdi. Harqalay, homiylik shartnomalari faqat mahalliy kompaniyalar bilan tuzilardi, jamoa mavsumoldi yig‘inlarini Yevropaning o‘zida tashkillashtirardi. «Bavariya» faqat yangi asrning ikkinchi 10 yilligiga kelib, Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida o‘z akkauntlarini joriy etdi. Qarangki, obunachilar shu qadar tez ko‘paydiki, «Bavariya» birdaniga Yevropaning Chin yurtidagi eng mashhur klubi maqomini oldi. Mailman Group (Xitoyning raqamli sport agentligi) hisob-kitobiga ko‘ra, 114 ball to‘plagan nemislar jamoasi bu borada «MYU» (105 ball) va «Liverpul» (92 ball)dan o‘zib ketdi. «Gollivud FK» 1 yil avvalgi reytingda 3-o‘rinni band etganini hisobga olsak, shiddatli o‘sish... Klub shu tariqa 2015 yili Xitoyni zabt etishga kirishdi.

 

ALOHIDA STRATEGIYA SAMARASI

«Bavariya» Xitoyda o‘ziga xos strategiya asosida ish yuritadi. Yevropaning boshqa katta klublari bu masalada ko‘p o‘ylab o‘tirmaydi, maqsad pul ishlash ekanligini ham yashirmaydi. Ya’ni aksariyat jamoalar faqat yoz fasli safarga chiqadi, qolaversa, ish sifatiga yetarli darajada ahamiyat bermaydi. Myunxen grandi esa har bir harakatida Xitoyga jiddiy rejalar bilan va uzoq muddatga kirganini bildirib turadi. Misol uchun, klub Pekinda shaxsiy yuridik vakilini ro‘yxatdan o‘tkazdi. 2016 yili esa Yevropa klublari orasida birinchi bo‘lib Shanxayda xalqaro ofisini ochdi. Shuningdek, raqamli tijorat uchun alohida infratuzilma yaratdi: 2015 yili mahalliy tilda ishlaydigan sayt ochib, Tmall savdo maydonida o‘z mahsulotlari sotuvini yo‘lga qo‘ydi. Mahsulotlar xilma-xilligi va bahosini aynan myunxenliklar belgilab berishadi. Boshqa top-klublar esa bu yumushni ko‘pincha mahalliy kompaniyaga topshirib qo‘ya qoladi. «Yo‘q, franchayzing bilan shug‘ullanmaymiz yoki faqat tijoratni ko‘zlamaymiz. Bu yerga «Bavariya» oilasini kengaytirish uchun kelganmiz», - degandi klubning Xitoydagi ofisi rahbari Ruven Kasper. Tabiiyki, «Bavariya» taraqqiyotning klassik uslublaridan ham unumli foydalanadi: 2015 yildan buyon Xitoyda Audi Summer Club avtomobillaridan foydalanmoqda (Audi - «Bavariya» homiylaridan biri). Marketologlar doimo safarga qandaydir o‘ziga xos jilo berish xususida bosh qotiradilar. Deylik, «Bavariya» 2016 yilgi turnega faoliyati davomida Arnold Shvarsenegger, Keyt Moss va Kurt Kobeyn kabi kino yulduzlari bilan hamkorlik qilgan taniqli fotograf Yurgen Tellerni ham jalb etgandi. Yakunda u Die Zeit haftanomasida klubning Xitoy safari xususida 29 sahifali fotohisobot chop etdi. «Futbolchilar xitoyliklarda ajoyib taassurot qoldirishdi. Badanlariga klub ramzini chizdirgan mahalliy muxlislar nemis tilida baralla baqirishdi: Bayern, mein Leben («Bavariya» - mening hayotim»), dedi Teller keyinchalik Myunxen jamoasi saytiga bergan intervyusida. 2019 yili esa «Bavariya» Chin bozoridagi muvaffaqiyat yo‘lida yana bir jiddiy qadam tashladi: Xitoy milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi uyushtirildi.

«Bavariya» xitoylik mashhur sportchilar va san’atkorlar bilan ham doimiy aloqada. 2015 yili Tomas Myuller va Filipp Lam dunyoning birinchi raqamli raketkasi bo‘lib turgan Din Nin, sobiq jahon chempioni Van Xao va Xitoy termasi a’zosi Lyu Golyan bilan stol tennisi bo‘yicha kuch sinashdilar. Shuningdek, jamoa vakillari taniqli pianinochi Lan Lan (Pekin Olimpiadasi ochilish marosimi va «Gremmi»da Metallica guruhiga jo‘r bo‘ldi) mehmoni bo‘lishdi. Maes­t­ro Betxovenning «Elizaga» asaridan parcha ijro etganida, Rafinya va David Alaba raqs tushdilar. Sozanda o‘sha yili «Alyans Arena»da germaniyalik kasbdoshi Robin Shuls bilan konsert berdi. 

Samimiy aloqalar mavsum bo‘yi davom etadi - Xitoydagi ofis xodimlari qandaydir qiziqarli tadbirlarni o‘ylab topishadi. Xususan, mavsum-2018/2019da Guanjou, Shanxay, Tayyuan va Pekinda «Bavariya» o‘yinlarini ommaviy tomosha qilish yo‘lga qo‘­yildi. Eng yorqin namoyish 2019 yilning aprel oyida Shanxaydagi ulkan studiyada kuzatildi - Myunxen grandi sharafini 6 yil himoya qilgan Jovane Elber 800 nafar xitoylik muxlis bilan birga «Bavariya» chempionatdagi asosiy raqibi Dortmund «Borussiya»sini qanday mahv etganini kuzatdi. Xitoy TVda esa qiziqarli o‘yinni 10 milliondan ortiq kishi tomosha qildi. 2020 yilgi taqdimot marosimida «Bavariya» rahbariyati jamoa o‘yinlarini 136 million xitoylik muxlis muntazam ravishda kuzatib borganini ma’lum qildi. Bu jiddiy raqam, albatta.


XITOYDA YIRIK  «O‘YINCHI» 

Hozirda Xitoy ko‘chalarida «Bavariya» libosida yurgan odamlarga tez-tez duch kelish oddiy holdir. Bundesliga grandi «MYU» kabi o‘nlab homiy topish va katta pul ishlashga intilmaydi, aksincha, uzoq muddatli hamkorlikka tayyor sherik qidiradi. Deylik, jamoa 2015 yildan buyon atigi 4ta homiy bilan kelishuvga erishdi. «Bavariya»ning Chin yurtidagi muvaffaqiyati Garvard olimlar tomonidan o‘rganilmoqda. Biznes-maktab professori Karim Lakxani tahlillar natijasida «Bava­riya»ning 2ta ustun jihatini aniqladi:

1. Klubning rasmiy ranglari - qizil va oq. Qizil - Xitoy madaniyatida muhim ahamiyatga ega, qadimiy aqidalarga ko‘ra, olov ramzi, turli bayram va to‘y marosimlari rangi.

2. Osiyo va Yaqin Sharqda futbolga munosabat o‘zgacha: muxlislar bir necha jamoaga tarafkashlik qilib, yulduz futbolchilarni tanlab oladilar. Xitoyliklar uchun klub har qanday noyob iqtidordan ustun. Masalan, «Barselona» yoki «PSJ» brendlari Lionel Messi yoki Kilian Mbappe shaxsidan muhimroq. 

Lakxani fikriga ko‘ra, yana bir jihat «Bavariya» foydasiga salmoqli tosh bosadi: «Xitoyliklar «Bavariya»dagi o‘zaro ahillik va yakdillikni alohida qadrlashadi. Agar jamoa shu fazilatini yo‘qotmasa, Xitoy xalqiga yanada yaqinlashadi».


MYULLER - XITOYLIKLAR YOQIMTOYI

Xitoyliklar jamoani har qanday yulduzdan ustun ko‘rishsada, ularda ham yoqimtoy futbolchi bor - Tomas Myuller. Ko‘pincha aynan Tomasni turli tok-shoularga taklif etishadi. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni bejiz «Bavariya»nikidan ham ko‘p emas - xitoyliklar ulushi katta. «Xitoyda Myullerga nisbatan o‘zgacha ehtirom shakllangan. Balki u uzoq vaqtdan buyon «Bavariya»da o‘ynayotgani uchun shundaydir...», -  deydi Kasper. Afsonaviy Karl-Xayns Rummenigge ham bu holatdan hayratda: «Myuller - eng yorqin brend. 2015 yilgi turne davomida xitoyliklar Tomasni ko‘rib, o‘zlarini qo‘yarga joy topolmay qolgandilar. Uni «Xitoy imperatori» sifatida ta’riflash mumkin». Uli Xyoness esa «Bavariya» safida xitoylik futbolchini ko‘rish orzusida edi. Klub shu maqsadda Xitoyda 3ta maktab ochdi, 650 nafar mahalliy murabbiyga saboq berdi. Mana, myunxenniklar 2021 yilning dekabrida 18 yoshli golkiper Lyu Shaoszyan bilan sharnoma tuzishdi. To‘g‘ri, «Bavariya» tarixidagi dastlabki xitoylik 2023 yilning yozigacha «Aus­triya Klagenfurt» (Avstriya)da ijara muddatini o‘taydi. Xullas, Noyerni nafaqaga kuzatish va Xitoydagi futbolkalar savdosini yanada avj oldirish uchun vaqt yetarli.


«BAVARIYA» FAQAT O‘ZINI O‘YLAMAYDI

Myunxen grandi tashkil etgan 3ta maktabning eng yirigi Shenchjenda joylashgan. 2000 tarbiyalanuvchiga mo‘ljallangan maskan 20ta (6tasi standart o‘lchamda) futbol maydoniga ega. Shuningdek, umumiy ta’lim maktabi ham bor. «Bavariya» inshoot devorlarini shunchaki, klub rangida bezatish bilan cheklanib qolmay, bolakaylarni to‘liq ta’minlamoqda. Jumladan, avvaliga 10 nafar tajribali murabbiy jo‘natdi. Keyingi yili ularning soni 15 nafarga yetdi. Eng yaxshi tarbiya­lanuvchilar klubning Myunxendagi akademiyasida shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Albatta, «Bavariya»ning bu kabi ishlari shunchaki, xayriya emas. Uli Xyoness 2017 yili klub nega Xitoy futbolini rivojlantirayotganiga oddiy izoh bergandi: «Bizda aniq g‘oya bor: qachondir «Bavariya»da xitoylik futbolchi paydo bo‘lsa, o‘ta shov-shuvli tomosha uyushtiramiz. O‘yin­ni maqbul vaqtga belgilasak, Shanxay va Pekinning o‘zida 300 mln. muxlis tomosha qilishi mumkin. Shuncha odam translyasiya uchun 1 yevrodan sarflasa, qancha to‘planishini hisoblab olavering».

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 14:00, 03.05.2022. O'qildi: 2943 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 9
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 6
3 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 5
5 Машъал Humoyun Murtazoyev 5
6 Бунёдкор Luis Kachorri 5
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 5
8 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 4
9 Нефтчи Zoran Marushich 4
10 Насаф Husayn Norchayev 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.