Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ligani o‘zgartirish davri

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Navbatdagi futbol mavsumi yakuniga yaqinlashmoqda. So‘nggi oyda bor diqqat-e’tiborimiz YECHL va YELdagi hal qiluvchi bellashuvlar, APL va «A» seriyadagi murosasiz chempionlik tortishuvlari bilan band bo‘ladi.

Milliy kuboklar uchun kechadigan bahslar harorati ham ularnikidan qolishmaydi. Biroq o‘ta hayajonli voqealar faqat yuqori «qavat»ga xos emas: 2-divizion vakillari yangi mavsumni eng kuchli ligalarda o‘tkazish uchun tom ma’noda jon olib, jon bermoqdalar. Xususan, «Fulxem» elita yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Soccer.ru esa londonliklar muvaffaqiyatini takrorlashga intilayotgan jamoalar haqida hikoya qiladi.


Angliya

Bir yillik tanaffusdan keyin «Fulxem» APL eshiklarini qoqmoqda, jamoa 2017/2018 yillar mavsumida 4 yillik urinishlardan so‘ng Chempionshipdan APLga ko‘tarilgandi. Shundan keyin har yili o‘z divizionini almashtirib turishga odatlandi. Bu safar «dalachilar» elitaga Marku Silva rahbarligida ko‘tarilmoqdalar. Londonliklarning 2 yil avvalgi parvozi hammualifi bo‘lgan Skott Parker esa «Bornmut»ni APLga qaytarish niyatida.

«Olchalar» hozir «Nyukasl»ni boshqarayotgan Eddi Xau rahbarligida qatorasiga 5 mavsumni APLda o‘tkazib, quyi ligaga yo‘l olishgandi. Elitaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi yo‘llanmasi «Bornmut»ga tegishi haqiqatga yaqin. Yana bir yo‘llanma egasini esa «pley-off» aniqlab beradi. Hozir ana shu huquqqa ega bo‘lishga «Xaddersfild», «Luton», «Nottingem» va «Sheffild» juda yaqin turibdi.

Shuningdek, «Milluol», «Blekbern», «Midlsbro», «KPR» va «Koventri» jamoalari «pley-off»dan umid uzishmagan. Ko‘pchilik mutaxassislar bu da’vogarlar orasida «Nottingem»ning g‘olib chiqishini istaydilar. O‘z vaqtida «Forest» Brayan Klaf rahbarligida ikki marta YECHKda zafar qozongan, uning tarkibida Teddi Sheringem va Roy Kin kabi afsonalar to‘p surishgandi. Jamoa joriy mavsum Angliya kubogi doirasida yetarlicha shov-shuv ko‘tardi. 1998/1999 yillar mavsumidan beri elitaga chiqolmayotgan «Nottingem» 3 marta «pley-off»da maydonga tushgan bo‘lsada, yo‘llanmani qo‘lga kiritolmagandi. Bizningcha, elitaga qaytish vaqti keldi. Siz qanday fikrdasiz?


Ispaniya

Segundadan La Ligaga ko‘tarilish tartibi APLnikidan farq qilmaydi: yetakchi ikki jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri elitaga yo‘l oladi, 3-6-pog‘onalardagi jamoalar esa qolgan yo‘llanma masalasini «pley-off» bahslari orqali hal qilishadi. Hozir o‘tgan mavsumni 20-o‘rinda yakunlagani bois quyi ligaga yo‘l olgan «Eybar» va 2015 yildan beri elitaga chiqolmayotgan «Almeriya» yetakchilik qilishmoqda. Darvoqe, bundan 15 yil muqaddam bu jamoani Unai Emeri elitaga olib chiqqandi. Keyinchalik «Spartak», «PSJ» va «Arsenal»da ishlagan, YELda 4 marta zafar quchgan murabbiy endi YECHL yarim finalida «Vil­yarreal»ni «Liverpul»ga qarshi maydonga olib tushdi. La Liganing 3-yo‘llanmasi uchun «Valyadolid», «Tenerife», «Jirona» yoki «Ovyedo» kuch sinashishi mumkin. Biroq Fenomen Ronaldo tasarrufidagi «Valyadolid» peshqadamdan atigi 2 ochkoga ortda qolmoqda. Ya’ni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma uchun kurash davom etadi.


Italiya

Bu mamlakatda ham «V» seriyaning ikki yetakchi jamoasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri «A» seriyaga ko‘tariladi. 3-yo‘llanma sohibini aniqlash ancha murakkab: quyi liganing 5-8-jamoalari ikki juftlikda o‘zaro kuch sinashadilar, g‘oliblar 3 va 4-o‘rindagi jamoalar bilan yarim finallarda bellashadilar. Keyin ikki nafar g‘olib yagona yo‘llanma uchun maydonga tushadi. «V» seriyadagi vaziyat hozir o‘ta keskin ko‘rinish olgan: «Kremoneze» 66, «Lechche» 65, «Monsa» 64, «Benevento» va «Piza» 63, «Breshia» 62 ochkoga ega. «Askoli» va «Frozinone» «pley-off» hududi uchun kurashmoqda.

Ma’lumot uchun: afsonaviy Janluiji Buffonning «Parma»si 13-pog‘onada. Elitaga ko‘tarilish imkoniyati «Kremoneze» va «Monsa»da o‘ta yuqori. «V» seriya yetakchisi 90-yillardan beri elitaga chiqolmayapti, «Monsa» esa oliy divizionda umuman o‘ynagan emas. Eslatib o‘tamiz, «Milan»ni 30 yil boshqargan Silvio Berluskoni 2018 yilda «Monsa»ni o‘z tasarrufiga olgandi. Galliani albatta, uning yordamchisi. Shuningdek, o‘z vaqtida «rossonerilar» sharafini himoya qilgan Jovanni Stroppa hozir «Monsa» bosh murabbiyi sanaladi.


Germaniya

O‘tgan mavsum elitani tark etgan ikki jamoa endi Bundesliga ostonasida turishibdi. Ortda qolgan turda «Shalke» (56 ochko) «Verder»ni (54) quvib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. «Sankt-Pauli» (53) ikki yetakchini ta’qib etmoqda. Gamburglik «qaroqchilar» so‘ng-gi chorak asr davomida atigi bir mavsumni 1-Bundesligada o‘tkazishgan, hozir o‘sha muvaffaqiyatni takrorlashga yaqin turibdilar. Qisqasi, yo‘llanma taqdiri o‘z qo‘llarida - oldinda asosiy ta’qibchi bilan o‘zaro bellashuv kutib turibdi. Bundan tashqari, 3-o‘rin bilan ham elitaga yo‘l olish imkoniyati mavjud. Bu variantda jamoa Bundesliganing 16-jamoasini (hozirda «Shtutgart») o‘zaro bahs-da mahv etishi talab etiladi.


Fransiya

Nihoyat, top-chempionatlarning so‘nggi vakillariga yetib keldik. Liga 2da «Tuluza» va «Ayachcho» yetakchilik qilmoqda. Ular o‘z yo‘llanmalarini ta’qibchilarga boy berish xavfidan ancha yiroqlar. «Oser», «Parij FK» va «Sosho» esa anchayin murakkab sinovdan o‘tishlariga to‘g‘ri keladi. Lekin bu da’vogarlarga quyi pog‘onadagilarning xavf tug‘dira olmasliklari aniq: 5-o‘rindagi «Sosho» 6-pog‘onadagi «Gavr»dan 11 ochkoga o‘zib ketgan. 3-yo‘llanma sohibi esa quyidagi tartibda aniqlanadi: Liga 2ning 5-vakili 4-o‘rindagi jamoa bilan kuch sinashadi, g‘olib 3-o‘rin sohibiga qarshi maydonga tushadi, bu uchrashuv g‘olibi esa Liga 1ning 18-jamoasi (hozir «Klermon») bilan so‘nggi yo‘llanma masalasini hal qiladi.

Qizig‘i shundaki, agar «Parij FK» sinovlardan o‘ta olsa, Fransiyada yana bir chinakam derbi vujudga keladi - «PSJ» - «Parij». Bundan avval 1989/1990 yillar mavsumida «PSJ»ga qarshi «Rasing» Parij derbisida kuch sinashgan, yakunda elitani tark etgandi. Lekin o‘zaro to‘qnashuvlarda (2:1, 2:2) Liga 1 grandidan ustun kelgandi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 09:55, 04.05.2022. O'qildi: 1951 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.