Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Italiyadagi start, Angliyadagi drama: Papa Karlo top-5 ligalarda qanday g‘alaba qozongandi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz nashri Anchelottining Yevropa qit’asi top-5 ligalaridagi chempionlik mavsumlarini esladi.

30-aprel, shanba kuni Madridning "Real" klubi muddatidan avval 2021/22 yilgi Ispaniya chempionatida g‘olib chiqdi.

“Qirollik klubi“ bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yvropaning barcha beshta yirik chempionatlarida chempion bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan birinchi murabbiyga aylanib, o‘ziga xos yutuqni qo‘lga kiritdi. Quyida u bu natijaga erishish uchun qanday yo‘lni bosib o‘tganini ko‘rib chiqamiz.

“Milan“

Anchelotti ilk chempionlik kubogini vatanida qo‘lga kiritdi. 2001 yilda italiyalik mutaxassis “Milan“ni boshqarib, u yerda dunyoning eng kelajagi porloq murabbiylaridan biri qiyofasini yaratdi.

2003 yilda “rossoneri“ Anchelotti qo‘l ostida Italiya kubogi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, A Ceriyadagi g‘alaba esa keyingi mavsumga qoldi.

Karlo Anchelotti jamoasi 2003/04 yilgi mavsumda raqiblar uchun “chaqilmas yong‘oq“ bo‘lib chiqdi va 34 tur davomida atigi ikkita uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa, "Milan" "Yuventuc"ning Italiya chempionatidagi ikki yillik g‘alabali ceriyasini to‘xtatdi.

E’tiborlisi, o‘shanda ukrainalik hujumchi Andrey Shevchenko 24 ta gol urib, chempionat to‘purariga aylangandi. Milan klubi yarim himoyachisi Kaka mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

“Chelsi“

2009 yilning yozida italiyalik Angliyaga yo‘l oldi va u yerda Londonning “Chelsi“siga bosh murabbiy etib tayinlandi. Ishining dastlabki oylaridayoq Anchelotti penaltilar ceriyasida “Manchester Yunayted“ni mag‘lub etib, Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

“Chelsi“dagi birinchi mavsumida Anchelotti Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritdi. "Ko‘klar" dramatik tarzda chempionlikni qo‘lga kiritib, "Manchester Yunayted"ni bir ochkoga ortda qoldirdi. Qayd etish joiz, italiyalik murabbiy hujumkor jamoa tuzib, Premyer-liga tarixida bir mavsumda 100 dan ortiq gol urgan birinchi jamoani shakllantirsi (103 gol).

E’tiborlisi, Anchelotti APLda g‘olib chiqqan ilk italiyalik mutaxassis bo‘ldi. Shuningdek, u 18 yillik faoliyati davomida jamoani Premyer-liga chempionligiga olib kelgan tarixdagi beshinchi murabbiyga aylandi.

Karlo London klubi tarixiga o‘zining birinchi dublini, Premyer-ligadagi g‘alaba va Angliya kubogini qo‘lga kiritgan shaxs sifatida kirdi.

“PSJ“

Italiyalik mutaxassis 2011/12 yilgi mavsumda “PSJ“ni boshqargandi. O‘shanda Anchelotti jamoasi Fransiya chempionatida faqat “Monpelye“dan ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egalladi.

Keyingi mavsumda Papa Karlo boshchiligidagi parijliklar Liga 1da g‘alaba qozonishdi. U “PSJ“ bilan chempionlikni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida “Marsel“dan 12 ochkoga o‘zib ketdi.

“Bavariya“

2016 yilda Karlo Anchelotti Myunxen jamoasi bosh murabbiyi sifatida Xosep Gvardiola o‘rniga kelgandi.

An’anaga ko‘ra, italiyalik o‘zi ish boshlagan jamoa safida mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi. Bu safar "Bavariya" finalda "Borussiya Dortmund'"ni mag‘lub etdi (2:0).

Italiyanning Germaniyadagi dastlabki o‘nta o‘yini g‘alaba bilan yakunlandi, ammo keyin jamoa kichik inqirozga yuz tutdi va bu uzoq davom etmadi.

Anchelotti o‘zining birinchi mavsumidayoq “Bavariya“ni chempionlikka olib keldi va ikkinchi o‘rindagi “Leypsig“ni 15 ochkoga ortda qoldirdi. Mavsum davomida jami nemis grandi ikkita o‘yinda mag‘lub bo‘ldi - Dortmundning “Borussiya“si (0:1) va “Xoffenxaym“ (0:1).

Boshqa turnirlarda Anchelotti boshchiligidagi Myunxen klubi hech narsa yutmagan: Chempionlar ligasining chorak finalida musobaqani tark etish va Germaniya kubogi yarim finalida mag‘lub bo‘lish bilan mavsumni yakunlagan.

“Real Madrid“

“Real“ga birinchi kelishida Anchelotti chempionlikni qo‘lga kirita olmadi, garchi u ikki mavsum jamoani boshqargan bo‘lsa ham. Ammo u Chempionlar ligasi va Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi.

Ammo buyuk italiyalik Madrid klubiga ikkinchi marta keldi va darhol chempionlik unvonini “qaymoqranglilar“ klubiga qaytardi. Shu bilan birga, “Real“ chempionat tugashidan ancha oldin bu sovrinni o‘zi uchun kafolatladi, bunga raqobatchilarning yomon o‘yinlari ham yordam berdi.

Madrid klubi Chempionlar ligasida ishtirok etishda davom etmoqda. Turnirning 1/2 finalining ilk uchrashuvida "qaymoqranglilar" "Manchester Siti"ga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Javob uchrashuvi 4-may, chorshanba kuni Madridda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanishi belgilangan. Anchelotti jamoasi finalga chiqa oladimi, yo‘qmi birgalikda kuzatamiz.

Ruslan Maksimov tayyorladi.

Kiritildi: 15:55, 04.05.2022. O'qildi: 3392 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.