Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Benzema "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishiga faqatgina bir futbolchi halaqit berishi mumkin

Baho:
+-1 | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

 

"Real Madrid" hujumchisi Karim Benzema "Oltin to‘p"ga asosiy da’vogar hisoblanadi. Fransiyalik futbolchi mavsumni ajoyib o‘tkazmoqda. Chorshanba kuni Benzema Chempionlar ligasi yarim finalining "Manchester Siti"ga qarshi javob o‘yinida (3:1) qo‘shimcha vaqtda penaltini golga aylantirdi va jamoasini finalga olib chiqdi. Karim joriy mavsumda “Real” safida 43 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 43 ta gol urdi.

Benzema 1956/1957 va 1986/1987 yilgi mavsumlarda mos ravishda 43 ta gol urgan Alfredo Di Stefano va Ugo Sanchesning yutuqlarini takrorladi. Yaqin kelajakda u ulardan o‘zib ketishi shubhasiz. Ko‘rinishidan, hujumchining "Oltin to‘p" uchun kurashda shunchaki raqiblari yo‘q. "Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti va klub prezidenti Florentino Peresning Karim foydasiga bahslari ko‘plab neytral futbol muxlislariga ham xolis ko‘rinadi.

“Karimga o‘rgatish yoki yo‘naltirish kerak emas. Karimdan faqat foydalanish kerak. U o‘zining murabbiyi, chunki u ajoyib professional, kamtarin inson, ajoyib futbolchi. U biz uchun ko‘p o‘yinlarda g‘alaba qozondi, bu mavsumda u natijani taqdim etdi. Endi u dunyodagi eng mashhur futbolchilardan biri, lekin ayni paytda u juda kamtarlikni saqlaydi. Menimcha, bu uning kuchi. U "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi. Ammo u nafaqat o‘zi tufayli g‘alaba qozonadi - buning ortida kuchli klubning kuchli tuzilmasi yotadi», - dedi Anchelotti.

«Benzema hozir yaxshi va «Real»ga o‘tgandan beri hamisha ajoyib futbolchi bo‘lib kelgan. Uning "Oltin to‘p"ni olishiga hech kim shubha qilmaydi. Ular endi bu sovrinni undan tortib ololmaydilar. Benzema "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi, uni undan ham ertaroq olishi kerak edi. Bu haqda butun dunyo biladi”, - deydi Peres.

"Real Madrid" prezidentining fikricha, Benzema "endi bu sovrinni qo‘lga kirita olmaydi". Ammo bu uning uchun yakun emas. O‘rinlarni taqsimlashda ommaviy axborot vositalarining ta’siri katta va bu yerda Karimning muayyan muammolari bo‘lishi mumkin. Ha, Benzema hamon Goal.com saytining “Oltin to‘p”ga da’vogarlar orasida birinchi o‘rinda. “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskini ortda qoldirib, uchinchi o‘rindan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni Kilian Mbappe (“PSJ”) va Sadio Mane (“Liverpul”) band etgan.

Eslatib o‘tamiz, reytingning kuchli yigirmataligiga «PSJ» hujumchisi Lionel Messi va «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu kiritilmagan. Dunyoning eng taniqli va nufuzli ikki futbolchisi, barcha ommaviy axborot vositalariga ta’sir qilishlari uchun, ularga mukofot uchun saralash imkonini beradigan natija ko‘rsata olishmadi. Bu Benzemaning zafarini yengillashtiradi, lekin uning g‘alabasini kafolatlamaydi.

Oxirgi reytingning kuchli 5 taligidagi Benzemaning raqiblarini ko‘rib chiqing. Levandovski va Mbappe Chempionlar ligasidan erta chiqib ketishdi. Umuman olganda, ikkalasi ham hozir Benzema kabi ishonchli emas. Ularni jiddiy qabul qilmaslik kerak. Saloh va Mane boshqa masala. Ikkalasi ham mavsum oxirida "Liverpul" bilan to‘rtta sovrin yutishi mumkin, jumladan, Chempionlar ligasi finalida Benzema boshchiligidagi "Real"ni mag‘lub etish. Biroq, Karim fonida Muhammad va Sadio hali ham yorqin ko‘ringani yo‘q.

Saloh joriy mavsumda 30 ta gol urdi (va 15 ta golli uzatma). Manening statistikasi oddiyroq - 20 ta gol. Ommaviy axborot vositalarida Mane Chempionlar ligasida g‘olib chiqsa, "Liverpul"dan sovringa asosiy da’vogar ekanligi haqidagi keskin o‘zgarishlarni ko‘rish hayratlanarli.

ESPN UK nashri Sadio Manening suratini ilova qilib, “Benzemani “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishdan to‘xtatib qo‘yadigan bitta “odam bor” deb yozadi.

Mutaxassislar hamjamiyati bu holatni ko‘rib, Salohning mavjudligini deyarli unutib qo‘yishdi (ular endi Mbappe va Levandovski haqida gapirishmaydi). Mane mukofotga haqiqiy da’vogar degan tezis faol targ‘ib qilinmoqda.

“Oltin to‘p uchun favoritlar – Sadio Mane va Karim Benzema. Bu finalga yana bir intriga qo‘shadi, uni yanada kattaroq qiladi. Men hali ham Benzemani oldinda deb o‘ylayman, lekin agar Mane "Liverpul" bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonsa va 4ta kubok yuta olsa, Manening imkoniyatlari oshib ketadi. Bu Afrika uchun ajoyib bo‘lardi, lekin men baribir Benzemani qo‘llab-quvvatlayman”, - deydi “Arsenal” afsonasi Tyerri Anri.

“Mane yaxshi variant. U allaqachon Afrika kubogini yutgan. Agar u Chempionlar ligasi va Premyer-ligani qo‘lga kiritsa va "Liverpul" o‘zi kurashayotgan kuboklarning hammasida zafar quchsa, klub futbolchisi "Oltin to‘p"ga deyarli da’vogarlik qiladi. Bu holatda Saloh va Mane ajralib turadi”, dedi “Liverpul” va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Piter Krauch.

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp shov-shuvli bayonotlar bermaslikni ma’qul ko‘radi, lekin Mane haqida ham juda optimistik fikrda.

Mane "Oltin to‘p"ga loyiqmi? U mavsumni ajoyib o‘tkazmoqda, Sadio - ajoyib futbolchi. "Oltin to‘p" va bularning barchasi haqida aytadigan gapim yo‘q, bularning hammasini 100 foiz tushunmayman. Mane jahon darajasidagi futbolchi. Nega endi bu savolni berayotganingizni tushunmayapman, hali mavsum tugamagan.

Agar tarixiy nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, menga "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish uchun deyarli har doim nimadir yutish kerakdek tuyuladi. Agar siz Messi yoki Ronaldu bo‘lmasangiz, unda Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lishingiz kerak, biz buni hali bajarmaganmiz. Shunday ekan, bizga yana bir necha hafta bering va hammasi qanday ketayotganini ko‘ramiz. Sadio o‘z hissasini qo‘shishni, jamoaga yordam berishni xohlaydi va bu menga ko‘proq yoqadi", - dedi Klopp.

Biz nima bilan yakunlaymiz? "Real" Chempionlar ligasi yarim finalida "Manchester Siti"dan yengilganda ham, Karim Benzema "Oltin to‘p" uchun "etarlicha o‘ynadi". Unga mukofot kafolatlanganmi? Agar finalda "Liverpul" Madrid klubini mag‘lub etsa-chi? Afsuski, OAV tomonidan belgilab qo‘yilgan kun tartibi o‘tgan yilgi vaziyatning takrorlanishiga olib kelishi mumkin, o‘shanda Lionel Messi matbuotning ko‘proq xayrixohligi tufayli Robert Levandovskidan o‘zib ketgandi.

Yuqorida aytib o‘tilgan ESPN media muhitida katta ta’sirga ega. "Real Madrid" muxlislari ushbu portalni "anti-Madridist" deb atashadi va uni "PSJ", "Barselona" va Messiga o‘ta xayrixohlikda ayblashadi. Buning yaxshi sabablari bor. ESPN Messini «PSJ»ning eng yaxshi futbolchisi deb tan oldi, hatto bu mavsumda argentinalik uchun ishlar yaxshi ketmagan bo‘lsa-da. Ehtimol, bu ayblovlar asossiz ko‘rinadi. Shunchaki, 2022 yilda “Oltin to‘p” egasi nomining e’lon qilinishi shov-shuvli muhokamalarga sabab bo‘lmasligi kerak. Bu esa Karim Benzema sovrinni olsagina amalga oshadi.

Mirjalol Pardaboyev tarjimasi.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 22:57, 06.05.2022. O'qildi: 17412 marta. Fikrlar: 28 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.