Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ro‘ziqul Berdiyev: “Paxtakor" biz kutgan o‘yinni ko‘rsatmadi”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Superliga 7-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Paxtakor” bellashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- “G‘alaba qozonish uchun maydonga tushgandik. Yigitlarimiz oxirigacha kurashishadi, ammo doimgidek yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishda oqsayapmiz. Raqib jamoa bugun yaxshi himoyalandi. “Paxtakor” qanotlarni ishga solishini kutgandik, lekin bu ko‘rinmadi. Jamoa tartibli o‘ynab, natijaga erishishni istadi shekilli.

Sayfiyev va Alijonov qanotlarda hujumchidek harakatlanishar edi, ammo ular bugun himoyaviy tarzda harakat qilishdi. Aytmoqchi bo‘lganim, “Paxtakor” durang uchun harakat qilgandek tuyuldi.

Ozgina bo‘lsa ham vaziyatlar yarata oldik. Balki g‘alabaga munosib o‘yin ko‘rsatmagandirmiz. Ikkinchi taymda bosim qilishga urindik. Oxirgi zarbani beradigan futbolchi topilmadi” — deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

- Sherzod Nasrullayev qachon maydonga qaytishi mumkin?

- Sherzod kecha Toshkentdan oxirgi muolajani olib qaytdi. Shifokorlar 10 kuncha tanaffus qilib turishini va shundan so‘ng sekin mashg‘ulotlarga kirishishi mumkinligini aytishgandi.

Uning yo‘qligi bilinyapti, albatta. Jamoamiz “ehtiyot qismi” yo‘qolib qolgandek tuyulyapti.

- Ijaraga berilgan Jo‘rabek Mannonov va Shohmalik Komilov jamoaga yetishmayotgandek tuyulmoqda...

- Yo‘q, Mannonovning o‘rnida Saitov harakat qilyapti. Dilshod so‘ngi o‘yinlarda barqaror o‘yin namoyish etmoqda. Hozir agar Mannonov jamoada qolganida o‘yin amaliyotisiz qolardi. Shuni o‘ylagan holda ijaraga berganmiz. Ular qanchalik ko‘p o‘ynashsa, bundan xursand bo‘lamiz. Ko‘ryapsizlar, gol ham uryapti, qizil kartochka ham olyapti. Katta tajriba orttirib qaytishadi degan umiddamiz.

O‘yinlarimizda G‘olib G‘aybullayev va Sherzod Nasrullayevning o‘rni bilinyapti. Chunki ular bo‘lganida tez-tez rotasiya qilib turgan bo‘lardik.

- Ivan Solovevni nega sal avvalroq maydonga tushirmadingiz?

- Yashirib o‘tirmayman, Solovev hozircha talabimizga javob bera olgani yo‘q. Chempionlar Ligasidagi o‘yinlarini ham ko‘rdingiz. Oxirgi bahsda Aziz Xolmurodovga imkon berdik, bugun ham. Bunday darajadagi o‘yinda tajribasizligi ko‘rindi. Lekin ishonamanki, hali u rivojlanadi. 20 ming tomoshabin qarshisida “Paxtakor”ga qarshi to‘p tepish oson emas, uni ayblamaymiz.

- “Paxtakor” OCHLda juda ko‘p gol o‘tkazib yubordi. Shundan kelib chiqib ularga qarshi tayyorlanmadingizmi yoki “Nasaf” o‘z uslubidan voz kechmaydimi?

- Biz o‘z uslubimizdan voz kechmadik. Ikkinchi taymda ko‘proq bosim qilib, raqibni xato qilishga majbur qilishimiz lozim edi. “Paxtakor”ni o‘rgandik, lekin ular biz o‘ylagan uslubda o‘ynashmadi.

- “Nasaf” O‘zbekistonda eng shakllangan jamoa, lekin chempionlik haqida hech gapirmaysiz...

- Boshqa murabbiylar haqida gapirmayman. O‘yin oldidan ham, mavsum oldidan ham hech kimga hech narsani va’da qila olmayman. Bunga odatlanmaganman. Ha, kurashamiz. Lekin ertaga nima bo‘lishini siz bilan biz bilmaymiz. Chempionlik faqat menga bog‘liq emas, jamoa tarkibi va tashkiliy masalalarga bog‘liq. Gap bunda emas, tashkiliy masalalarni ham bahona qilayotganimiz yo‘q. Men hozir nima uchun “chempion bo‘laman” deb gapirishim kerak? Bu yigitlarga ham bosim yuklaydi. Jamoamiz yosh. 3 yil oldin 5-6-7-o‘rinlarda yurgandik, mana 2 yil ichida jamoa OCHL 1/8 finaliga chiqdik. Nima qilaylik, chempion bo‘lamiz yoki OCHLni yutamiz deb baqiraylikmi? Bu savolingizni noo‘rin deb bilaman. Lekin chempionlik uchun imkoniyatimiz bor va biz kurashamiz.

- OCHLda dastlabi ikki turda darvozada Umidjon Ergashev maydonga tushdi qolgan o‘yinlarda esa Abduvohid Ne’matov maydonga tushdi. Buni qanday izohlaysiz?

- Ikkalasi ham bir hil darajadagi darvozabon. Ikkalasi ham Milliy terma jamoa va olimpiya terma jamoalariga nomzod hisoblanishadi. Bizda darvozabonlarga xato qilmaslik ko‘rsatmasi beriladi. Agar kimdir xato qilsa uning o‘rniga boshqasi harakatlana boshlaydi. "Al Sadd" bilan bo‘lgan o‘yinda Umidjon Ergashev to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Shuning uchun keyinga o‘yinda Ne’matovga imkoniyat berdik.

Kiritildi: 01:03, 08.05.2022. O'qildi: 2086 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик