Bugun 15 may, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
  • La-liga
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Real» qanday futbolchini qo‘lga kiritmoqda?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Yangiliklar
A A A

Kutilganidek, «Chelsi» himoya chizig‘i yetakchisini o‘z safida olib qololmadi. Germaniyalik Antonio Ryudiger kelasi mavsumdan Ispaniya La Ligasida hujumchilar uchun dahshatli qoya-to‘siqqa aylanadi.

Ha, 2022 yilning asosiy transfer dostonlaridan biri nihoyasiga yetmoqda. Oxirgi yillarda APLning eng yaxshi himoyachilari safiga qo‘shilgan Ryudiger o‘zining eng yuqori cho‘qqisida «Chelsi»ni tashlab ketmoqda. Yana mutlaqo tekin...

Go‘yoki, Yevropaning yarmi Ryudigerga talabgor edi. Biroq «Chelsi» shunday vaziyatda germaniyalik futbolchi ortidan pul undirolmadi. Nega? Bu chalkash masala. Keling, avvalo, Ryudiger naqadar ajoyib himoyachi ekanligiga dalillar keltiraylik. Antonio «Roma»dan «Chelsi» safiga ko‘chib o‘tganida, goho ideal o‘yin ko‘rsatadigan, ba’zan tekis joyda butun jamoaga pand beradigan himoyachi edi. Keyingi 4,5 yil ichida ko‘p narsa o‘zgardi. Mana, APLning joriy mavsumiga daxldor ba’zi statistik raqamlar:

• Ryudiger - «Chelsi» asosiy tarkibining «temir» vakili: APLning o‘zida 28ta o‘yin va 3ta gol

• Ryudiger aniq uzatmalar bo‘yicha APLda kuchli 10talikka kiradi - 1822ta (jami - 2014ta). Taqqoslash uchun aytsak, Brunu Fernandesh yoki Jorjinyoda aniq uzatmalar soni bundan kam.

• Ryudiger 73 foiz yakkakurashda ustun keldi. Deylik, Rafael Varan yoki Tyago Silva kabi baquvvat himoyalar ham bunday yuqori ko‘rsatkichga ega emaslar.

• Ryudiger joriy mavsum havodagi to‘p uchun kurashlarda 70 marta ustun keldi. Ruben Diash va yana o‘sha Rafael Varan bu borada undan orqada.

Aslida «Chelsi» Ryudiger bilan shartnoma muddatini uzaytirish masalasida o‘tgan yil yozda muzokara boshladi. Biroq samarasiz. Amaldagi kelishuvga binoan, haftasiga 150 ming yevrodan ko‘proq (yiliga 7,8 million yevro) maosh olayotgan himoyachi bu miqdor 230 ming yevro (yiliga 12 million yevro) bo‘lishini xohladi. Ryudigerning boshqa talabi: birdaniga 4,5 yillik shartnoma (umumiy summasi 55 million yevro) va imzo chekish uchun 20 million yevro miqdorida mukofot. «Chelsi» va futbolchi o‘rtasidagi muzokara jarayoni cho‘zilgani sari transferlar bozorida chinakam dahshat boshlandi. Ya’ni Antonioga birin-ketin «PSJ», «Bavariya», «Barselona», «​​MYU», «Yuventus», «Inter», «Real» va yangi boy - «Nyukasl» jamoalaridan qiziqa boshladi. Mana, OAVda tarqalgan ayrim xabarlarning qisqacha tafsiloti:

• «PSJ» Ryudigerga bir yil uchun 7 million yevro taklif qildi, keyinchalik saxiyligi tutib, summani yanada oshirdi. Qisqasi, eng yaxshi shartnomani ilgari surdi.

• Ryudigerning katta talablari tufayli «Bavariya» tezda «o‘yin»dan chetga chiqdi.

• Ralf Rangnikning shaxsan o‘zi Antonioni «MYU»da ko‘rishni istadi. Manchesterliklar bu borada himoyachiga yillik 10 million yevro maosh va’da qilishdi, ammo u «Chelsi»ni hurmati o‘laroq, jamoaning asosiy raqiblaridan biri safini to‘ldirishni istamadi.

• Mart oyida «Yuventus»ning Ryudiger bilan kelishib qo‘ygani aytildi, ammo bu asossiz bo‘lib chiqdi.

Mana, Ryudiger uchun kurashda «Real» ustun keldi. Karlo Anchelotti klub prezidenti Florentino Peresdan aynan germaniyalik himoyachi bilan shartnoma tuzishni so‘radi va u talabga muvofiq ish tutdi. Antonio Madridda yiliga 9 million yevro miqdorida maosh oladi. Shartnoma esa 4 mavsumga mo‘ljallandi. Germaniyalik futbolchiga qo‘shimcha tarzda 8 million yevro (bonus) berish ko‘zda tutilgan. 29 yoshli himoyachining agenti esa 15 mln. yevro oladi. Aytgancha, «Chelsi» shu vaqt ichida Antonioga o‘rinbosar qidirdi. OAVda londonlikoarning Bremer («Torino»), Presnel Kimpembe («PSJ») va Ronald Arauxo («Barselona») nomzodini ko‘rib chiqishayotgani haqida xabarlar chiqdi. Ammo ko‘rinishidan, «aristokratlar» «Sevilya»dan Jyul Kundeni sotib olishga harakat qilishadi, chog‘i. Andalusiya jamoasi bu transfer uchun 70 million yevro so‘ramoqda.

Antonio Ryudigerga nisbatan ko‘pincha «yaramas» iborasi ham qo‘llaniladi. Nega? Birinchidan, u hujumchilar uchun o‘ta rahmsiz raqib  Deylik, hakamga sezdirmay, oyoqqa tepishni xush ko‘radi. Yana raqibini muvozanatdan chiqarish provakasiya ishlatishga usta. Ryudiger ayniqsa, o‘tgan yoz bu borada yangi darajaga ko‘tarildi. Chunonchi, u Yevro-2020 startidan, aniqrog‘i, Fransiya termasiga qarshi 1-tur o‘yinidan oldin ancha oshkora gapirdi: «Hamisha yaxshi bo‘lish xohishini bir chetga surib, biroz iflos o‘ynashimiz kerak». Gap isboti bilan! Antonio birinchi bo‘limda Pol Pogbani tishlab olishga urindi. Nega? Buni uning o‘zi ham bilmasa kerak. Lekin endi «El-klasiko»da shunday nayranglar ko‘rishimiz mumkin.

Manba: iff.uz
Kiritildi: 23:25, 10.05.2022. O'qildi: 7467 marta. Fikrlar: 14 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик