Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ashurmatov: ““Paxtakor” g‘alabaga loyiq o‘yin ko‘rsatdi”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

“Qo‘qon-1912” – Paxtakor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab jamoamiz ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

- Juda og‘ir o‘yin o‘tkazdik. “Paxtakor” ko‘p jabhada bizdan ustunlik qildi. Afsuski, jamoamiz maydonda og‘irroq harakat qildi. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda to‘p nazoratini butunlay “Paxtakor”ga berib qo‘ydik. Chetdan qaraganda, “Paxtakor”ni gol urishi borasida xavotir bor edi. To‘pni himoyamizdan uzoqlashtirish uchun Javohir Sidiqov o‘rniga ikkinchi hujumchini maydonga tushirdik. Biroq qarshi hujumda gol o‘tkazib yubordik. Afsuski, Dragan Cheran jarohati sababli shuncha payt o‘ynamasdan turib biz bilan bahsda zaxiradan maydonga tushib chiroyli gol urdi. Mahoratini yana bir bor ko‘rsatdi. Tan olish kerak, “Paxtakor” bugun g‘alabaga nisbatan loyiqroq edi. Lekin biz oxirigacha kurashdik, markaziy himoyachimizni hujumga o‘tkazdik. Jamoamiz so‘nggi daqiqagacha harakat qilganiga yarasha Xudo ham bizni qo‘lladi, taqdirladi. To‘g‘ri, uyimizda g‘alaba qozonishimiz uchun o‘ynashimiz kerak. Lekin “Paxtakor” bizni himoyalanishga majbur qildi. Oxirida gol urganimizni inobatga olsak, durang bizni qoniqtirdi. Ammo murabbiy sifatida tan olish kerakki, “Paxtakor” g‘alabaga loyiq o‘yin ko‘rsatdi.

- Quvondiq Ro‘ziyev bilan Javohir Sidiqovni almashtirishingizga nima sabab bo‘ldi?

- Quvondiq nisbatan hujumkorroq futbolchi. Aytib o‘tganimdek, ikkinchi bo‘limda to‘p nazorati “Paxtakor”ga o‘tib ketdi. Shu bois markazni kuchaytirish uchun, ammo Ro‘ziyevni yomon o‘ynagani yoki qaysidir vaziyatda xato qilgani uchun emas, balki markazni mustahkamlash va to‘p nazoratini o‘zimizga olish maqsadida Dilshod Rahmatullayevni tushirdik. U himoyaga ham asoslangan va hujumlarni ham boshlay oladi. Balki bu noto‘g‘ri qarordir. Baribir Quvondiq yaxshi o‘yin ko‘rsatib turgandi. Javohirni almashtirishimizga kelsak, to‘liq kuch bilan yugurmasa-da, jarohat bilan o‘ynayapti. Oxirida charchab qolgandi, yuklama berganda oyog‘i shishib ketyapti. Baribir oxirigacha o‘ynashga tayyorman deyapti. Baribir uni ham almashtirishga majbur bo‘ldik. Birinchidan, jarohatini inobatga olgan bo‘lsak, ikkinchidan to‘pni darvozamizdan uzoqlashtirish hamda to‘pni nazorat qilib, “Paxtakor”ga bosim o‘tkazmoqchi bo‘ldik.

- San’at Shixovni o‘yini unchalik qovushmadi, uning o‘rniga Azimov yoki Mamatxo‘jayevni tushirish imkoni yo‘qmidi?

- Avaz Mamatxo‘jayevni chaqirganimda Murod Xolmuhammedovni o‘rniga tushirmoqchi edim. “Metallurg” bilan uchrashuvdan keyin bir yarim oy davomida mashg‘ulotlarda qatnasha olmadi. Sog‘ligida muammo bo‘ldi. O‘tgan safar 15 daqiqaga maydonga tushdi. Bugun sog‘ligini tavakkal qilib maydonga tushirdik. Shu sababli uni ham almashtirmoqchi edik. Ammo o‘zi oxirigacha o‘ynamoqchiligini aytdi. Faqat Shixovni emas, butun jamoamizni o‘yini chiqmadi. Bu vaziyatda qaysidir futbolchini aytmagan bo‘lardim. “Paxtakor” kuchliroq o‘yin ko‘rsatdi. Balki zaxiradan maydonga tushganlarning hammasi ham o‘yinimizni kuchaytirmagandir. O‘yindan va qilgan o‘zgarishlarimizdan norozi bo‘lishim mumkin. Lekin alohida kimnidir ayblamagan bo‘lardim.

- Islom Abdullayev va Mo‘min Meliyev jarohat oldi, ular keyingi uchrashuvga tayyor bo‘ladimi?

- Hozir ichkariga kirganimizda ham o‘zini yomon his qilayotgandi. Shifokorlarimiz o‘yindan keyin ham unga yordam ko‘rsatishdi. O‘ylaymanki, keyingi o‘yingacha tayyor bo‘ladi. Bizda yana boshqa darvozabonlar bor. Muzaffar Abdullayev ham, Nodir Ashurmatov ham bemalol o‘ynay olishadi. Abdullayevga tezroq sog‘ayishini tilab qolamiz. Mo‘min Meliyevga kelsak, balki ayrim vaziyatlarda muxlislar undan norozi bo‘lishgandir, lekin u katta hajmdagi ishni bajardi. Penalti ishladi. Himoyachilarga bosim uyushtirdi. Birinchi bo‘limda uchta yarim himoyachimiz himoyachilarga yaqinroq o‘ynagani bois hujumda Meliyev yakka kurashlarda yutib, keyin to‘p raqibga tushgan paytlarda Mo‘minning o‘yini unchalik ko‘zga tashlanmay qoldi. Uni ham sog‘ligi yaxshi, keyingi o‘yinga tayyor bo‘ladi.

Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати
Kiritildi: 21:26, 18.05.2022. O'qildi: 1393 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик