Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Medallar hisobi qanday yoxud O‘zbekiston chempionati sovrindorlari

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Gazetamizning avvalgi sonlarida navbati bilan milliy chempionatimiz tarixidagi goleadorlar, gvardiyachilar, shuningdek, «poker» va «xet-trik»­lar soni bo‘yicha yetakchi futbolchilar haqida turkum statistik ma’lumotlar taqdim etgandik.

Tabiiyki, muxlislarni elit liga medallari (oltin - 1-o‘rin, kumush - 2-o‘rin va bronza - 3-o‘rin)ga doir hisobot ham qiziqtiradi. Demak, bugun O‘zbekiston chempionati medallarini birrov sanab ko‘ramiz...

MEDALLAR TAQSIMOTI

Avvalo, aytish kerak, mavjud qoidalarga muvofiq, muayyan davriy chempionatda sov­rindor bo‘lgan jamoa futbolchisidan medal olish uchun turnirning kamida 50 foiz o‘yinida qatnashish talab etiladi. Bir qarashda, musobaqa doirasidagi uchrashuvlarning yarmida maydonga tushish osondek tuyuladi, lekin amalda bunday natijaga erishish ancha qiyin. Ayniqsa, futbolda. Deylik, kamdan-kam holatda jamoa tarkibidagi futbolchilardan yarmiga medal olish nasib etadi. To‘g‘ri, odatga ko‘ra, sovrindor jamoaga 20-25ta medal ajratiladi. Biroq unutmaslik kerakki, bunda jamoa murabbiylari va bosh­qa yordamchi xodimlarning ulushlari ham bo‘ladi. 

 

«OLTIN» SANOG‘I

Endi asosiy masalaga o‘tamiz. Demak, O‘zbekiston chempionati elit ligasining ortda qolgan 30 mavsumida mavjud qoidalar bo‘yi­cha turli jamoalarning jami 217 nafar futbolchisiga oltin medal berilgan. 

O‘zbekiston chempionati oltin medali egalari 

116 nafar futbolchi - 1 martadan

39 nafar futbolchi - 2 martadan

30 nafar futbolchi - 3 martadan 

21 nafar futbolchi - 4 martadan 

6 nafar futbolchi - 5 martadan 

1 nafar futbolchi - 6 marta

1 nafar futbolchi - 9 marta

1 nafar futbolchi - 10 marta

2 nafar futbolchi - 11 martadan 

Chempionlik medali soni bo‘yicha kuchli beshtalikni gruziyalik legioner Kaxi Maxaradze ochib beradi. U «Paxtakor» va «Lokomotiv» safida 3 martadan chempionlik marrasiga yetgan - jami 6ta oltin medal. Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi Server Jeparov milliy chempionatimizning oliy probali medaliga 9 marta sazovor bo‘lgan. O‘zbekiston terma jamoasi sobiq sardori shuncha «oltin»ni 3ta klub - «Paxtakor», «Bun­yodkor» va «Lokomotiv» libosida to‘plagan. Sobiq hujumchi Anvar Soliyev esa «Paxtakor» va «Bunyodkor»dagi faoliyati davomida naq 10 marta bo‘yniga oltin medal taqqan. O‘zbekiston chempionati elit ligasida eng ko‘p g‘alaba nashidasini surgan futbolchilar ro‘yxatini esa ikki kishi boshqarib turibdi - Temur Kapadze va Ignatiy Nesterov. «Olimpik» bosh murabbiy ham, «Qizilqum»ning amaldagi darvozaboni ham 11ta «oltin»ni «Paxtakor», «Bunyodkor» va «Lokomotiv» bilan qo‘lga kiritgan. Demak, Nesterovda bu borada mutlaq rekordchi bo‘lish imkoniyati yo‘q emas. To‘g‘ri, buning uchun «Qizilqum» yanada dalillashi talab etiladi. O‘z o‘rnida bitta qiziqarli fakt: milliy jamoamiz sobiq yarim himoyachisi Abduqahhor Ma’rufaliyev o‘z bisotidagi 3ta oltin medalni 3ta jamoa (1992 yili «Paxtakor», 1996 yili «Navbahor» va 2000 yili «Do‘stlik»)da rasmiylashtirgan.

 

«KUMUSH» SANOG‘I

Ikkinchi probali medal hisobotiga kelsak, uni 30 mavsum yakuni bo‘yicha jami 252 nafar futbolchi olgan. Bu borada ham yetakchilar guruhi shakllangan, albatta.   

O‘zbekiston chempionati kumush medali egalari 

174 nafar futbolchi - 1 martadan

42 nafar futbolchi - 2 martadan 

13 nafar futbolchi - 3 martadan 

12 nafar futbolchi - 4 martadan 

6 nafar futbolchi - 5 martadan 

3 nafar futbolchi - 6 martadan 

1 nafar futbolchi - 7 marta

1 nafar futbolchi - 8 marta

«Kumush» bo‘yicha kuchli beshtalikda «Neft­chi» vakillari yaqqol ustunlar. Deylik, Umid Isoqov, Sergey Lebedev va Ravshan Mataliyev Farg‘ona jamoasi bilan 6 martadan shohsupaning 2-qatoriga ko‘tarilishgan. Bu kumush medal reytingida 3-yaxshi natijadir. «Neftchi»ning sobiq darvozaboni Georgiy Zabirov hisobida esa 7ta «kumush» bor. Bu borada mutlaq peshqadam sanalgan Akmal Xolmatov (8ta) ham asosan Farg‘ona jamoasida ikkinchi raqamli sovrindor bo‘lgan. Unda yana «Lokomotiv» bilan yutilgan «kumush» ham yo‘q emas. Qiziqarli fakt va o‘ziga xos rekord esa Pavel Bugaloga bog‘liq. Diqqat qiling, milliy jamoamiz sobiq darvozaboni 3ta kumush medalidan dastlabkisini 1993 yili «Paxtakor» bilan nishonlagan bo‘lsa, ikkinchisi mavsum-2007 yakunida «Bunyodkor» futbolchisi sifatida olgan. Bugalo hisobidagi 3-kumush medal 2013 yilgi mavsumga to‘g‘ri keladi. Darvozabon o‘shanda «Lokomotiv» sharafini himoya qilgandi. Xullas, uning ikkinchi probali medallari oralig‘ida naq 20 yillik farq bor! 

 

«BRONZA» SANOG‘I

O‘zbekiston chempionatida bronza medali egalari safi «oltin» va «kumush»nikidan kengroq. Ya’ni elit ligamiz tarixida jami 266 nafar futbolchi 3-o‘rin sohibi o‘laroq, uchinchi probali medal yutgan.   

O‘zbekiston chempionati bronza medali egalari 

180 nafar futbolchi - 1 martadan

49 nafar futbolchi - 2 martadan 

18 nafar futbolchi - 3 martadan 

12 nafar futbolchi - 4 martadan 

2 nafar futbolchi - 5 martadan 

4 nafar futbolchi - 6 martadan 

1 nafar futbolchi - 7 marta

Bronza medali sovrindorlarining kuchli beshtaligida raqobat ancha jiddiy. Xususan, Vali Keldiyev, Maqsud Karimov, Tohir Madrahimov va Saydullo Tursunov o‘z faoliyatlari davomida 6 martadan 3-o‘rin sohibiga aylanishgan. Peshqadam - Botir Qorayev hisobida esa «Nasaf» va «Mash’al» safida yutilgan 7ta «bronza» bor.

ENG SOVRINDOR FUTBOLCHILAR

3 xil medalni birlashtirsak, chempionatimizning ortda qolgan 30 mavsumidagi eng sovrindor futbolchilar ro‘yxati shakllanadi. Demak, hozirgi holatda bu reytingni amaldagi futbolchi Ignatiy Nesterov boshqarib turibdi - jami 15ta medal!

Futbolchi

«Oltin»

«Kumush»

Bronza»

Jami

1. Ignatiy Nesterov

11

4

-

15

2. Anvar Soliyev

10

1

3

14

3. Temur Kapadze

11

1

-

12

4. Sergey Lebedev

4

6

1

11

5. Server Jeparov

9

-

-

9

6. Akmal Xolmatov

1

8

-

9

7. Georgiy Zabirov

1

7

-

8

8. Botir Qorayev

-

1

7

8

9. Kaxi Maxaradze

6

-

1

7

10. Umid Isoqov

1

6

-

7

11. Tohir Madrahimov

1

-

6

7

12. Saydullo Tursunov

1

-

6

7

13. Maqsud Karimov

-

1

6

7

Sergey KNYAZEV

Manba: iff.uz
Kiritildi: 08:28, 22.05.2022. O'qildi: 2336 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.