Bugun 29 may, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Men u yerda boshqa o‘ynashni xohlamayman". Levandovski “Bavariya”ni janjal bilan tark etadi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

 

Robert klub uni qo‘yib yuborishni istamaganidan g‘azablanganga o‘xshaydi. Ammo uning qayerga ketayotgani allaqachon aniq.

Robert Levandovski yozgi transfer oynasida haqiqatan ham klubini o‘zgartiradiganga o‘xshaydi. "Bavariya" hujumchisi endi Polsha terma jamoasi ixtiyorida bo‘lib, u bilan Millatlar ligasi o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Oxirgi matbuot anjumanida Robert haqiqatda myunxenliklar jamoasidan ketishini e’lon qildi.

"Bavariya" jiddiy klub. Ishonamanki, ular meni ushlab qolishmaydi. Men u yerda boshqa o‘ynashni xohlamayman.

Qizig‘i shundaki, dastlab Levandovski sharhining noto‘g‘ri tarjimasi tarmoqqa kirgan. Ushbu versiyada Robert "Bavariya"ni jiddiy bo‘lmagan klub deb atagan, ammo yangilanish tufayli keng ko‘lamli janjal tezda yo‘q bo‘lib ketdi. Shunga qaramay, o‘ynashni istamaslik haqidagi so‘zlarni ham e’tiborsiz qoldirmaslik kerak. "Bavariya" o‘zini superklub sifatida ko‘rsatmoqda va yulduzlar bilan bu tarzda xayrlashishga odatlanmagan.

Yanvar oyida Robert FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini oldi. "Bavariya" boshqaruvi raisi Oliver Kan hujumchini fenomen deb atadi va Levandovskining kelajagi haqida hammasi aniq bo‘lib tuyuldi. Uning shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, ammo Myunxen klubi yulduzlari odatda sharaf bilan qariganda ketadi (Robben va Riberini eslang).

Va keyin mish-mishlar tarqala boshladi. Nemis OAVlari Levandovski yozda ketishi mumkinligi haqida xabar bergan, «Bavariya» direktori Hasan Salihamidjich futbolchini saqlab qolish istagini bildirgan, Robert esa yangi shartnoma haqida birinchi marta eshitayotganini aytdi.

“Bavariya” prezidenti Gerbert Xayner mish-mishlarga qarshi kurashib, klub Levandovski bilan “juda xotirjam” muzokara olib borayotganiga ishontirdi, ammo yangiliklarning do‘llari to‘xtamadi. Myunxenda ular bundan norozi bo‘lishdi - Kan ketishga hech qanday sabab yo‘qligini aytdi, bosh murabbiy Yulian Nagelsmann esa "Bavariya" Robertni saqlab qolishni xohlayotganini ta’kidladi. Hatto nemis OAVlarida klub Levandovskining maoshini oshirishga tayyorligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Levandovskining o‘zi esa olovga faqat yog‘ quydi. Robert "Bavariya"da qolish istagi haqidagi savollarga javob bermadi. Qolaversa, Levandovski Nagelsmanning ishidan noroziligi, uning taktik qarorlarini ochiqchasiga tanqid qilishi va Myunxenda o‘ynab, “Oltin to‘p”ni qo‘lga kirita olmasligiga ishonishi haqida ma’lumotlar bor edi. Salihamidjich esa Robert keyingi mavsumda albatta "Bavariya"da qolishini yana bir bor aytganida, bu so‘zlar futbolchining jahlini chiqargani ma’lum bo‘ldi.

Levandovski va "Bavariya" o‘rtasida muzokaralar davom etayotgandi, ammo ijobiy xabar yo‘q edi. Aksincha, Robert klub taklifidan hafsalasi pir bo‘lgan va o‘zini qadrli his qilmayotgani uchun ketishni xohlagani ma’lum bo‘ldi. 14 may kuni esa mavsumning so‘nggi o‘yinidan so‘ng Levandovski o‘z so‘zlariga aniqlik kiritdi. U "ehtimol, "Bavariya" uchun so‘nggi o‘yinni o‘tkazganini" aytdi va klubni shartnomani uzaytirishni istamasligi haqida ma’lum qilganini tan oldi.

"Bavariya"da Levandovskining so‘zlari provokasiya sifatida qabul qilindi. Kan Robert shartnomani oxirigacha yakunlashini aytdi va Salihamidjich futbolchining agenti Pini Zaxaviga “hujum qildi”.

Shundan keyin tinchlikka erishish deyarli imkonsiz edi. Agent "Bavariya" Levandovskini nafaqat futbolchi, balki shaxs sifatida ham yo‘qotib qo‘yganini aytdi.

Levandovski qayerga ketadi? Yangi klub bilan hammasi ayon bo‘lgandek

Robertning yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralari muvaffaqiyatsizlikka uchragani ma’lum bo‘lgach, uning ortidan Yevropa top klublarning navbati paydo bo‘ldi. Malum bo‘lishicha, Levandovskiga "Atletiko", "PSJ", "Chelsi", "Manchester Siti" va "Liverpul" klublari qiziqish bildirmoqda. Ammo endi hamma narsa "Barselona" Robertning keyingi klubi bo‘lishiga ishora qilmoqda.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Levandovski "Barselona" bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga soliqlar bilan taxminan 40 million yevro oladi. Robert uchun Kataloniya ustuvor va u boshqa hech kim bilan muzokaralar olib bormaydi degan fikrlar mavjud.

Ayni damda yagona muammo - "Barselona" va "Bavariya" o‘rtasidagi muzokaralar. Dastlab klublar transfer summasi borasida juda boshqacha fikrlarga ega edi. “Bavariya” 70-80 million yevro olmoqchi edi, “Barsa” esa 30 million yevrodan ko‘p bo‘lmagan pul berishga tayyorligini ma’lum qildi .Keyinchalik, myunxenliklarning so‘rovlari sezilarli darajada kamaydi (ular 40 million yevro haqida yozishgan). Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, "Barselona" Levandovski uchun 35 million yevro taklif qilgan, biroq klublar o‘rtasida haligacha kelishuv yo‘q ekan.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 21:10, 31.05.2022. O'qildi: 4226 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик