Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba.

  • Superliga
      • 04.07.2025 20:00
      • So‘g‘diyona
      • 2:1
      • Qo‘qon-1912
      • 04.07.2025 20:00
      • Surxon
      • 0:0
      • Buxoro
      • 05.07.2025 20:00
      • Andijon
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 05.07.2025 20:00
      • Mash’al
      • -:-
      • OKMK
      • 06.07.2025 20:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Navbahor
      • 06.07.2025 20:00
      • Dinamo
      • -:-
      • Nasaf
  • Klublar o‘rtasida JCh
      • 04.07.2025 23:59
      • Fluminense
      • 2:1
      • Al-Hilol
      • 05.07.2025 06:00
      • Palmeyras
      • 1:2
      • Chelsi
      • 05.07.2025 21:00
      • PSJ
      • -:-
      • Bavariya
      • 06.07.2025 01:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Borussiya D
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 14 32
2 Dinamo 14 28
3 Neftchi 14 27
4 Navbahor 14 26
5 Bunyodkor 14 24
6 OKMK 14 24
7 Paxtakor 14 23
8 Surxon 15 18
9 Andijon 14 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 14 15
13 Xorazm 14 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro

Navbatdagi o'yinlar.

05/07/25 Andijon - Bunyodkor
05/07/25 Mash’al - OKMK
06/07/25 Paxtakor - Navbahor
06/07/25 Dinamo - Nasaf
07/07/25 Neftchi - Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 05.07.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Фенербахче".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Кубок Испании. 1/64 финала. "Парла Эскуэла" - "Валенсия".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Турции. "Истанбул Башакшехир" - "Эюпспор".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Кубок Италии. 1/32 финала. "Торино" - "Козенца".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Галатасарай".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Кубок Испании. 1/64 финала. "Хове Эспаньол Сан-Висенте" - "Реал Сосьедад".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Кубок Италии. 1/32 финала. "Парма" - "Палермо".
      20:30 Новости футбола.
      20:35 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Фенербахче".
      22:35 Новости футбола.
      22:40 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Кубок Испании. 1/64 финала. "Парла Эскуэла" - "Валенсия".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Турции. "Истанбул Башакшехир" - "Эюпспор".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Кубок Италии. 1/32 финала. "Торино" - "Козенца".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 05.07.2025

      06:00 Дзюдо. Fonbet Российский профессиональный тур. Этап в Челябинске. День 2.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Самбо. Гран-при в Краснодаре, Россия.
      09:35 Бильярд. Кубок мира. Этап в Ставрополе, Россия. Женщины. Свободная пирамида. Финал.
      11:40 Хайдайвинг. Международный фестиваль "Крылья мира" в Москве.
      13:05 "Магия большого спорта".
      13:30 Плавание. Кубок России. Финальный этап в Казани. День 3. Вечерняя сессия.
      15:00 Автоспорт. Дрифт. RDS OPEN. Этап 4 на автодроме "Нижегородское кольцо".
      15:55 Д/с "Век нашего спорта".
      16:25 LIVE Автоспорт. DTM. Этап 4 на трассе Норисринг, Германия. Гонка 1. Прямая трансляция.
      17:45 LIVE Спортивная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Финалы в отдельных видах. Прямая трансляция.
      20:00 "Вопреки всему".
      20:25 Д/ф "Гавриил Качалин. Дедушка Гава".
      21:20 Бильярд. Кубок мира. Этап в Ставрополе, Россия. Женщины. Свободная пирамида. Финал.
      23:30 Плавание. Кубок России. Финальный этап в Казани. День 3. Вечерняя сессия.
      00:55 LIVE Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 9 в Юджине, США. Прямая трансляция.
      03:00 Д/с "Век нашего спорта".
      03:30 "Формула-1. Гаснут огни".
      03:55 Спортивная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Финалы в отдельных видах.
  • MATCH-TV
    • Sana: 05.07.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Спортивная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве.
      08:00 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Абу-Даби, ОАЭ. Кори Сэндхаген против Умара Нурмагомедова.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 М/с "Команда МАТЧ".
      11:25 "Формула-1. Гаснут огни".
      11:55 Д/ф "Марадона Кустурицы".
      14:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:55 Новости.
      15:00 Наши в UFC.
      17:25 Новости.
      17:30 LIVE Футбол. Betboom Братский кубок. ЦСКА (Россия) - "ОФК Белград" (Сербия). Прямая трансляция.
      20:10 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:55 LIVE Профессиональный бокс. RCC Boxing. Прямая трансляция.
      01:20 LIVE Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 9 в Юджине, США. Прямая трансляция.
      03:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:55 Д/ф "Век Динамо".
      04:55 Профессиональный бокс. Мелбет Лига бокса. Сборная "Динамо" - Сборная мира.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 05.07.2025

      07:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 9 в Инсбруке, Австрия. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      09:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Обзор.
      10:00 Велоспорт. "Тур де Франс" 2024. Этап 21. Монако - Ницца. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      11:30 Велоспорт. "Тур де Франс" 2024. Лучшие моменты.
      12:30 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Филадельфии, США. День 2.
      14:00 Велоспорт. "Eurosport Cycling Show".
      14:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Представление команд.
      16:00 LIVE Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 1. Лилль - Лилль. Прямая трансляция.
      21:15 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Валь-ди-Соле, Италия. Мужчины. Даунхилл.
      22:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 1. Лилль - Лилль.
      23:00 LIVE Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 8 в Монако. Прямая трансляция.
      01:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 1. Лилль - Лилль.
      03:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Валь-ди-Соле, Италия. Мужчины. Даунхилл.
      04:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 1. Лилль - Лилль.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bekobod «beki»ga aylangan futbolchi yoxud Zohid Abdullayev faoliyatiga bir nazar

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bekobod futboli – “Metallurg”PFK deganda muxlislar ko‘z o‘ngiga shubhasiz Zohid Abdullayev keladi. Shu yurtning qoramag‘izdan kelgan o‘g‘loni tom ma’noda Bekobod futbolining yorqin timsoliga aylangan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.    

Bekobod shahridagi 12-mikrorayonida 1984 yilning may oyida – 25-sanasida murg‘akkina, mitti chaqaloq dunyoga keldi. Qo‘ng‘iroqdek jarangdor ovozi bilan qo‘ni qo‘shnilar va yaqinlari e’tiborini o‘ziga tortgan bu go‘dakning tez orada ushbu zamin dovrug‘ini yashil maydonlarda dong tarataman, deganini o‘shanda kim ham tushinibdi deysiz.

Bu paytda Bekobodda millionlar o‘yini – futbol ancha rivojlangan, “Metallurg” jamoasi O‘zbekiston birinchiligida qatnashar, bundan tashqari Bekobod shahri va tumanida bir nechta jamoalar faoliyat yuritardi. Millionlar o‘yinining jozibasi yosh Zohidni ham futbolga yetakladi. O‘rta maktabda o‘qib yurgan kezlari shaharning qoq markazida faoliyat yurituvchi xususiy jamoaga – birinchi murabbiyi G‘ulom aka G‘ofurov huzuriga shoshar, ertalabdan kechgacha to‘p ortidan yugurishdan charchamasdi. 15 yoshida “Sementchi” jamoasiga qabul qilindi. Bu yerda charm to‘p sirlarini Ilhom Asadovdan o‘rganishni davom ettirdi. Shuning barobarida respublika miqiyosidagi musobaqalarda Bekobod shahri sharafini himoya etishga kirishdi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach O‘zbekiston chempionati bilan bir qatorda mamlakat birinchiligi bahslari ham tashkil etildi. Bekobod shahrining bosh jamoasi – “Metallurg” futbol klubi O‘zbekiston birinchiligidagi ishtirokini boshladi. Jamoa birinchilikdagi olti yillik faoliyatidan so‘ng nihoyat 1997 yilda ikkinchi o‘rinni egalladi va Oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bugungi kunda Bekobod futbolining yuzi, obro‘siga aylangan Zohid Abdullayevning “Metallurg” jamoasiga qabul qilinishi birmuncha kech amalga oshirildi. Zohidni 2007 yilgi mavsumda Bekobodning bosh jamoasiga tajribali mutaxassislar – Vagif Rustamov hamda Yakov Kaprovlar chaqirishgan.



O‘sha mavsum “Metallurg” uchun ancha omadsiz boshlangan, jamoa ketma ket ikkita o‘yinda mag‘lubiyatga uchragandi. Uyda “Paxtakor”ga (0:4), safarda “To‘palang” (0:2) ga imkoniyat boy berildi.  3-turda esa Bekobodga Oliy liga debyutanti – o‘z oldiga katta vazifalarni qo‘ygan, mamlakatning eng kuchli va tajribali o‘yinchilarini jamlab olgan – “Quruvchi” kelayotgandi. Zohid Abdullayevning “Metallurg” tarkibidagi debyuti aynan shu uchrashuvga – debyutantga qarshi o‘yinga to‘g‘ri keldi. Chempionlik yo‘lida “Paxtakor”ning asosiy raqibiga aylangan o‘yinda “Metallurg” o‘yingohi – A.Anoxin nomidagi stadion muxlislar bilan liq to‘ldi. Jamoa esa o‘z muxlislari qarshisida yana yutqazayotgandi. Uchrashuvning 22-daqiqasida Rashid G‘ofurov hisobni ochdi. Bu gol esa o‘yin yakuniga qadar yagonaligini saqlab turgandi. 86-daqiqada murabbiylar shtabi maydonga 23 yoshli Zohid Abdullayevni tushirishga qaror qilishdi. U tajribali yarim himoyachi Jamshid Mirabdullayev o‘rnini egalladi. Shu tariqa Zohidning O‘zbekiston chempionatlaridagi faoliyati boshlandi.

2007 yilgi mavsum “Metallurg” uchun juda og‘ir kechdi. Jamoa 30 ta o‘yinning 19 tasida imkoniyatni boy berdi. 5 ta uchrashuvda durang o‘ynadi. 6 ta o‘yinda esa g‘alaba qozondi va 16 jamoa o‘rtasida 15-pog‘onani band etdi. Chempionatdagi debyutini o‘tkazgan Zohid Abdullayev asosan zahiradan maydonga tushirilar, unga jamoa o‘yinini kuchaytirish, jamoani mag‘lubiyatdan qutqarib qoluvchi o‘yinchi sifatida qaralardi. Birinchi mavsumning o‘zidayoq 21 ta o‘yinda maydonga tushgan Zohid raqiblar darvozasiga 7 ta gol urishni uddaladi. Bu esa o‘sha mavsumdagi “Metallurg” to‘purarlari orasidagi eng yaxshi natija edi. Yosh Zohid tajribali jamoadoshlari Bahrom Umarov va Mirg‘olib Raimovlarni bittadan golga ortda qoldirib ketdi.



Zohid Abdullayev O‘zbekiston chempionatidagi birinchi golini urgan kunini hech qachon yodidan chiqarmaydi. XVI milliy chempionatning 9-turi 5 may sanasiga to‘g‘ri kelgandi. Shu kuni “Metallurg” o‘z maydonida G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasini qabul qilayapti. 4000 tomoshabinga mo‘ljallangan stadionda bo‘sh joy yo‘q. Ketma ket 6 ta mag‘lubiyatdan keyin nihoyat “Metallurg” dastlabki ochkolarni qo‘lga kiritdi. Jamoa avvaliga o‘z uyida “Vobkent” bilan nursiz durangga erishgan bo‘lsa (0:0), 8-turda Toshkentda “Lokomotiv” bilan jangovor durangga imzo chekib kelgandi – 3:3. Aziz Haydarov (dubl) va Ilhom Mo‘minjonovning gollariga Bahrom Umarov, Yashar Mutalibov hamda Jamshid Mirabdullayevlar javob qaytarishgandi. Ayniqsa hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Jamshid Mirabdullayevning jarimadan kiritgan chiroyli goli “Metallurg” muxlislarining keyingi o‘yinda g‘alabaga bo‘lgan umidini oshirgan va ularni stadionga chorlagandi. G‘uzorliklar esa bu paytda 8 ta o‘yinning 3 tasida g‘alaba qozongan, 1 ta uchrashuvda durang o‘ynagan va 4 ta o‘yinni boy bergandi. Jamoa musobaqa jadvalining oltin o‘rtaligida borayotgandi.

Uchrashuv bosh hakami samarqandlik Xushvaqt Muxtorovning hushtagi yangrashi bilan muxlislarning tinimsiz qo‘llab quvvatlashlari ostida “Metallurg” futbolchilari oldinga tashlanishdi. Yoppasiga uyushtirilayotgan hujumlar g‘uzorliklarni shoshirib qo‘ydi. Raqib himoya chizig‘idagi parokandalik esa bekobodliklarga qo‘l keldi. Tezkor gol kiritildi. 4-daqiqa yakunlanib ulgurmasidan jamoadoshining ajoyib to‘p oshirishidan Zohid Abdullayev unumli foydalandi. Tajribali Aleksandr Korneychuk bilan yakkama yakka chiqqan Abdullayev posbonni ham aldab o‘tib, to‘pni bo‘sh qolgan darvoza to‘riga yo‘lladi. A.Anoxin nomidagi stadion oyoqqa qalqdi. Zohid Abdullayev hisobni ochdi. Shu tariqa keyinchalik bekobodlik futbol ishqibozlarining yoqimtoyiga, erkatoyiga aylangan Zohid Abdullayev O‘zbekiston chempionatlaridagi ilk golini kiritdi. Uchrashuv esa “Metallurg”ning yirik – 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Abdullayevdan tashqari Jamshid Mirabdullayev, Jonibek Hamdamov hamda Otabek Pirmatovlar muvaffaqiyat qozonishdi.



Yil o‘tgan sayin Zohid Abdullayev kuchlilar safidagi o‘z nomi va mavqeini tiklab bordi. “Metallurg”ning haqiqiy goleador o‘yinchisiga aylandi. Muxlislar va murabbiylarning unga bo‘lgan ishonchi ortdi. 2008 hamda 2010 yillarda Zohid “Metallurg” tarkibida eng ko‘p maydonga tushgan o‘yinchiga aylandi. 2008 yilda 5 ta, 2009 yilda 6 ta, 2010 yilda 7 ta gol urishga erishdi. Keyingi mavsumlarda ham sermahsullik borasida “Metallurg”da Zohidning oldiga tushadigan o‘yinchi topilmadi. 2011 yilda raqiblar darvozasini 7 marta aniq nishonga olgan Abdullayev keyingi mavsum o‘z hisobiga 9 ta gol yozdirib qo‘ydi. Ayniqsa bu gollar “Metallurg”ning yutuqlariga xizmat qilganligi Zohidning muxlislarning sevimli o‘yinchisiga aylanishiga sababchi bo‘ldi.

Tabiiyki, oliy liganing kuchli jamoalaridan bu hujumchiga qiziqishlar ortib bordi. Uni o‘z safida ko‘rishni xoxlovchilar topildi. “Metallurg”ga nisbatan ko‘proq imtiyozlar taklif etilishi bois Zohid qisqa muddat qadrdon jamoasidan uzoqlashdi. 2013 yilgi mavsumni Qarshining “Nasaf”ida o‘tkazdi. Undan keyingi mavsumda esa mamlakatimizning eng nomdor klublaridan biri – “Neftchi”ga yo‘l oldi. Ammo “Metallurg” to‘purarining boshqa jamoalarda ishi unchalik yurishmadi. Qashqadaryoning bosh jamoasi tarkibida Zohid 22 ta uchrashuvda 5 ta gol urgan bo‘lsa, 2014 yilning birinchi davrasini Farg‘onada o‘tkazgan Abdullayev faqat 4 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. O‘yin amaliyotisiz qolishi, o‘zining sevimli mashg‘uloti – raqib darvozasigi gol urishi keskin kamayib ketishi Zohidni ham, uning muxlislarini ham qanoatlantirmasdi. O‘sha paytda “Metallurg”da bosh murabbiy bo‘lib ishlayotgan Rustam Mirsodiqov, jamoa boshlig‘i Shavkat Saidovlar Bekobod o‘g‘loni Zohid Abdullayevni ortga qaytarishga qaror qilishdi. Qadrdon jamoadan chorlov Zohidga qanot bag‘ishladi. Ikkinchi davrada 6 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 2 marta yo‘l topishga erishdi. Qadrdon jamoaga qaytish, sevimli muxlislari qarshisida to‘p surish Zohidning qisqa fursatda jismoniy tayyorgarligini tiklab olishiga, qaddini rostlashiga yordam berdi.



Keyingi mavsumlarda Zohid Abdullayev muxlislari va murabbiylari ishonchini to‘liq oqladi. Nafaqat “Metallurg”ning, balki chempionatimizning yorqin to‘purarlaridan biriga aylandi. Ayniqsa 2016 yilgi mavsum juda omadli bo‘ldi. Zohid Abdullayev 28 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 18 ta gol kiritdi. Bu mavsum to‘purari bo‘lgan Temirxo‘ja Abduxoliqovning natijasidan keyingi – ikkinchi ko‘rsatkich edi. Oradan bir yil o‘tib Abdullayev yana to‘purarlar ro‘yxati yetakchilaridan biriga aylandi.

Yillar davomida doimo raqib darvozasini ishg‘ol etishga odatlangan Zohid Abdullayev 2019 yili nihoyat o‘zining bosh maqsadiga erishdi. Goleadorlarni  birlashtirib turuvchi – “Gennadiy Krasniskiy klubi” a’zosiga aylandi. Zohidning O‘zbekiston chempionati va mamlakat kubogi bahslaridagi gollari soni 100 tadan oshdi. E’tiborli jihati Abdullayev o‘zining ilk golini Bekobodda kiritganligini yuqorida esladik. “Gennadiy Krasniskiy klubi” eshiklarini ochgan 100-golini ham Zohid Abdullayev qadrdon shahrida, suyukli muxlislari qarshisida – Bekoboddagi “Metallurg” markaziy stadionida kiritdi. XXVIII milliy chempionat oldidan Zohid Abdullayevning hisobida 98 ta gol bor edi. Hali yuzlik davonga ikkita gol yetmayotganligi qaramasdan 4-turdan o‘rin olgan “Metallurg” – “Qizilqum” uchrashuviga muxlislar yaxshi niyat bilan stadionga maxsus bannerlarni ko‘tarib kelishdi. Ularda Zohid Abdullayevning portreti va 100 raqami tushirilgandi.



Mavsumni Termizda “Surxon”ga qarshi durang bilan boshlagan “Metallurg” 2-turda o‘z maydonida “Buxoro”dan ustun keldi – 2:0. 3-turda esa Samarqandda “Dinamo”ga imkoniyat boy berildi (1:2). Mazkur uchta uchrashuvda jamoa bosh murabbiyi Andrey Shipilov Zohid Abdullayevga 43 daqiqa vaqt berdi xolos – Termizda 29, “Buxoro”ga qarshi o‘yinda esa 14 daqiqa. Ishqibozlar esa murabbiylar shtabidan Abdullayevni ilk daqiqalardan maydonga tushirishni talab etishardi. Va nihoyat “Qizilqum”ga qarshi o‘yinda muxlislarning talab va istaklari inobatga olindi. Zohid boshlang‘ich tarkibga kiritildi. Uchrashuvdagi birinchi gol 19-daqiqada penaltidan kiritildi. 11 metrlik jarima zarbasini Stanislav Andreev bexato amalga oshirdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan mehmonlar yarim himoyachisi Mirjalol Qosimov vaziyatni tenglashtirdi. Ana shu lahzalarda sahnaga Zohid Abdullayev ko‘tarildi. Ishqibozlarning tinimsiz qo‘llab quvvatlashlari Zohidga kuch-quvvat, qanot bag‘ishladi. 35-daqiqada u navoiyliklar posboni Yevgeniy Cheremisin bilan yakkama yakka chiqib, darvozabonga imkoniyat qoldirmadi. “Metallurg” hisobda oldinga o‘tib oldi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Zohid Abdullayev yana jamoadoshlari quchog‘ida qoldi. Bu gal “Metallurg” to‘purari jamoadoshi Islombek Isoqjonov boshlab bergan kombinasiyani golga aylantirdi. YUZLIK dovon zabt etildi!!! Uchrashuvning so‘nggi soniyalari o‘tib borayotganda Bahrom Abdurahimov o‘yinga mantiqiy nuqtani qo‘ydi – 4:1. Shu tariqa Zohid Abdullayev bekobodlik futbolchilar orasidan birinchi bo‘lib “Gennadiy Krasniskiy klubi” a’zosiga aylandi. Zohid Abdullayevning milliy chempionatimizdagi gollari soni 95 tani tashkil etadi. O‘zbekiston kubogidagi gollari ham qo‘shib hisoblasak, barcha gollar soni 110 tadan oshadi.



“Gennadiy Krasniskiy klubi” ro‘yxatni 265 ta goli bilan Anvar Berdiyev boshqarib kelmoqda. Klub a’zolari soni esa 30 nafardan oshib ketdi. Ro‘yxatda mamlakatimizning juda ko‘plab taniqli futbolchilari bor: Anvar Soliyev, Shuhrat Mirxoldirshoyev, Zafar Xolmurodov, Ravshan Bozorov, Ja’far Irismetov, Oybek Usmonxo‘jayev, Baxtiyor Hamidullayev, Umid Isoqov shular jumlasidandir. Zuhro yulduzi kabi porlagan hujumchilar safida Bekobod o‘g‘lonining ham borligi “Metallurg” ishqibozlariga quvonch, g‘urur bag‘ishlaydi.

Zohid Abdullayev “Metallurg” futbol klubining “gvardiyachisi” ham sanaladi. U O‘zbekiston chempionatlarida jamoa tarkibida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchilardan biri hisoblanadi. Zohid Abdullayev bugungacha mamlakat chempionatlarining o‘zida 315 ta uchrashuvda to‘p surishga muvaffaq bo‘lgan. O‘zbekiston kubogi bahslaridagi uchrashuvlarini ham qo‘shib hisoblasak, kuchlilar safidagi jami o‘yinlari soni 350 tadan oshib ketadi.

Shu yilning may oyi 25 sanasida 38 yoshni qarshilagan Zohid Abdullayev katta futboldagi faoliyatini yakunlayapti – “butsasini mixga osayapti”. Aslida u o‘tgan mavsumdayoq katta futbol bilan xayrlashishni diliga tuggandi. Biroq qiyin vaziyatda jamoasini tashlab ketishga ko‘zi qiymadi. 21 ta uchrashuvda maydonga tushdi: 11 ta uchrashuvda boshlang‘ich tarkibga kiritildi, 10 ta o‘yinga zahiradan qo‘shildi. Raqiblar darvozasiga chempionatda 3 ta, O‘zbekiston kubogi bahslarida 2 ta gol kiritdi.

Futbolga – “Metallurg”ga sadoqat bilan xizmat qilgan Zohid Abdullayevning kelajakda ham Bekobod futboliga foydasiga tegishiga shubha qilmaymiz. Ehtimol murabbiy sifatida, ehtimol boshqa lavozimda faoliyat yuritar, ammo qaysi vazifada mehnat qilmasin uning dilida, yuragida “Metallurg”ga mehri, sadoqati hamisha jo‘sh urib turishi aniq. O‘z navbatida klub muxlislari ham ishqibozlar qalbini zabt etgan Zohid Abdullayevni doimo qalblari to‘rida saqlashlariga aniq.

Shu o‘rinda ishqibozlarimiz diqqatiga: Zohid Abdullayevning katta futbol bilan xayrlashuv o‘yini 2022 yilning 11 iyun kuniga rejalashtirilayotganligini aytib o‘tmoqchimiz. 38 yoshli futbolchining xayrlashuv o‘yini xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi maqomida bo‘lib, unda Bekobodning “Metallurg” jamoasi Tojikiston Respublikasining “Xo‘jand” jamoasini qabul qiladi. Bekobodning porloq yulduzini yashil maydondan munosib kuzatish uchun Siz azizlarni “Metallurg” markaziy stadionida kutamiz. Albatta keling!

“Metallurg” PFK matbuot xizmati

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 06:52, 06.06.2022. O'qildi: 2417 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 10
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Насаф Husayn Norchayev 8
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
5 Бунёдкор Luis Kachorri 6
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 5
9 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
10 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.