Bugun 23 aprel, 2026 yil, payshanba.

  • APL
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Nottingem Forest
  • La-liga
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
      • 24.04.2026 00:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Real Madrid
  • Superliga
      • 22.04.2026 18:00
      • Surxon
      • 2:1
      • Mash’al
      • 22.04.2026 20:15
      • Buxoro
      • 0:1
      • Paxtakor
      • 23.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 23.04.2026 19:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 23.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • OKMK
      • 24.04.2026 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Neftchi
      • 24.04.2026 19:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 24.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Andijon
  • «A» Seriya
      • 24.04.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 9 24
2 Neftchi 8 21
3 Navbahor 8 18
4 Bunyodkor 8 16
5 Buxoro 9 14
6 Nasaf 8 12
7 Xorazm 8 12
8 Lokomotiv 8 11
9 OKMK 8 11
10 Surxon 9 11
11 Qizilqum 8 9
12 Qo‘qon-1912 8 8
13 Andijon 8 7
14 Dinamo 8 7
15 So‘g‘diyona 8 5
16 Mash’al 9 0

O'tgan o'yinlar.

9-тур Surxon 2-1 Mash’al
9-тур Buxoro 0-1 Paxtakor

Navbatdagi o'yinlar.

23/04/26 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04/26 Nasaf - Lokomotiv
23/04/26 Dinamo - OKMK
24/04/26 Xorazm - Neftchi
24/04/26 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04/26 Bunyodkor - Andijon

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Faqat rekordlar! Ronaldu o‘zidan-da oshib bormoqda

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ronaldu faoliyati davomida ko‘plab rekordlarni qayd etgan. Biz esa quyida ularni qisqacha eslab o‘tamiz.

“Raqamlar doimo men bilan birga yuradi. Men ularni ta’qib qilmayman, aksincha, ular mening oldimga kelishadi”, - deydi Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” klubi saytiga bergan intervyusida.

Krishtianu qanday rekordlarni yangilagan? Keling, kuzatamiz.

Chempionlar ligasi va yevrokuboklar

• Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar - 140

Bu borada ikkinchi o‘ringa 125 ta gol bilan Leo Messi joylashgan bo‘lsa, Karim Benzema va Robert Levandovski (86 ta gol) hali ta’qibchilaridan ancha uzoqda.

• Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi assistent - 42 golli uzatma

Bu yerda ham ikkinchi o‘rinda Messi (36 golli uzatma) Anxel Di Mariya atigi bitta kam ko‘rsatkich qayd etgan. Kuchli beshlikdan yana ikki afsona bor - Giggz (31) va Xavi (30) joy olishgan.

• Chempionlar ligasida bir mavsumda 17 ta gol urgan yagona futbolchi

O‘tgan mavsumda Karim Benzema 15 ta gol bilan bu rekordga yaqin kelgan edi. Biroq na unga va undan avvalgi mavsumda ham fantastik mavsum o‘tkazgan Levandovskiga ushbu rekordni takrorlash nasib etmadi.

• UYEFA musobaqalaridagi eng yaxshi to‘purar - 224

• Yevropada 100 ta gol urgan birinchi futbolchi

• Bir klub safida Chempionlar ligasida 100 ta gol urgan birinchi futbolchi

• Yevropa musobaqalarida urilgan gollar bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich egasi - 143 ta

Chempionlar ligasidagi o‘yinlar bo‘yicha peshqadam - 187 ta

Bu borada ikkinchi o‘rinda Kasilyas turibdi, uni yaqinda Krishtianu ortda qoldirdi, qolganlar esa hali juda uzoqda - hatto Messining ham bunga yetib olishi yaqin yillar ichida dargumon.

• Chempionlar ligasining bir guruh bosqichida eng ko‘p gol urgan futbolchi - 11 ta

• Chempionlar ligasi pley-off bosqichida eng ko‘p gol urgan futbolchi - 58

• Chempionlar ligasida 37 ta turli jamoaga gol urgan ilk futbolchi

• Chempionlar ligasi tarixida penaltidan eng ko‘p gol urgan futbolchi - 19 ta

• Chempionlar ligasi tarixidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima zarbasidan eng ko‘p gol urgan futbolchi - 12 ta

• Ketma-ket uch mavsum Chempionlar ligasida 15 ta gol urgan birinchi va yagona futbolchi

• Chempionlar ligasining pley-off bosqichida ketma-ket ikki marta xet-trik qayd etgan birinchi futbolchi

• Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi barcha oltita o‘yinda gol urgan birinchi futbolchi

• Chempionlar ligasining bir mavsumida uchta xet-trik qayd etgan birinchi futbolchi

• Chempionlar ligasida ketma-ket olti mavsumdan beri yagona to‘purar.

Xususan, Krishtianu chempionlar ligasiga oid kichik bosqichlarda ham o‘zini ko‘rsatib kelgan va e’tiborimizni faqatgina raqamlar o‘ziga jalb qiladi. U YECHLning chorak final (22) va yarim finallaridagi gollar soni bo‘yicha ham (14 ta) yetakchi hisoblanadi.

Ronaldu Chempionlar ligasining uchta finalida gol urgan yagona futbolchi (2008, 2014, 2017) bo‘lib ushbu rekordni takrorlash ancha mushkul. Chunki yaqin orada qaysidir klubning ketma-ket ikki bor chempion bo‘lishi qiyin masalaga aylangan. Biz esa faktlarga e’tibor qaratishda davom etamiz:

• Chempionlar ligasidagi yagona raqib – “Yuventus” darvozasiga 10 ta gol urgan birinchi futbolchi

• Chempionlar ligasida 30 yildan so‘ng xet-triklar bo‘yicha peshqadam – 6

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati

• Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati tarixidagi eng yaxshi to‘purar - 7 ta gol

• Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida ketma-ket ikkita gol urgan birinchi futbolchi

Shaxsiy mukofotlar

• Yilning eng yaxshi FIFAPRO jamoasi tarkibidan 14 marta joy olgan.

• FIFA tomonidan beriladigan yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini uch marta qo‘lga kiritgan yagona futbolchi.

Uch xil ligada - Premyer-liga, A Seriya va La Ligada "Oltin butsa"ni qo‘lga kiritgan tarixdagi birinchi futbolchi

• Eng ko‘p - 15 marta UYEFA tomonidan yilning eng yaxshi jamoasi tarkibiga kiritilgan ilk futbolchi

• UYEFA tomonidan eng ko‘p yilning eng yaxshi o‘yinchisi sovrinini qo‘lga kiritdi - 4 ta

• Ichki liga, mamlakat kubogi, Chempionlar ligasi, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, Liganing eng yaxshi o‘yinchisi, "Oltin butsa" va "Oltin to‘p"ni ikki klubda - "Manchester Yunayted" va "Real Madrid"da yutgan yagona futbolchi.

La Liga va Real Madrid

Ronalduni sportdagi brendini oshirgan klub shubhasiz, "Real". Bu yerda u faqat va faqat kuchli degan nom bilan eslanib kelinadi. Quyida uning "qaymoqranglilar" safida qayd etgan rekordlari xususida ma’lumot beramiz:

• "Real Madrid" tarixidagi eng yaxshi to‘purar - 450 gol

• "Real Madrid"ning Chempionlar ligasi to‘purari - 105 ta gol

• La Ligadagi xet-triklar bo‘yicha yetakchi - 25 ta

• La Ligada penaltidan gol urish bo‘yicha peshqadam - 61

• La Ligada 150 ta gol urgan eng yosh to‘purar - 140 ta o‘yin.

Kiritildi: 18:18, 06.06.2022. O'qildi: 10505 marta. Fikrlar: 37 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 6
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 5
3 Сурхон Chinedu Stefan 5
4 Нефтчи Stipe Perisa 4
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 3
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 3
8 Нефтчи Alisher Odilov 3
9 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
10 Нефтчи Zoran Marushich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик