Bugun 29 may, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Messimaniya". Uyg‘onayotgan qirol!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bahorda muxlislar Benzemaning "PSJ" va "Chelsi" bilan o‘yinlardagi ko‘rsatgan yutuqlaridan so‘ng xet-triklar sonini sanashdi. Bugungi kunga qadar “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar roppa-rosa o‘nta o‘yinda uchtadan gol urgan, Karim poker va penta-trikni faqat “tushida” qayd etgan.

Benzema "Real Madrid"da 13 mavsum o‘tkazgan eng yaxshi hujumchi, futbol tarixidagi eng yaxshi fransuz (425 gol), ammo Messi va Ronaldu bilan solishtirganda hali u qirol emasligi ma’lum bo‘ladi. Krishtianuda 60 ta xet-trik bor, bu jahon rekordidir, Lionel yakshanba oqshomida 56-marta bir o‘yinda uchta gol urdi. Ikkisi ham daho va haqiqiy qirol.

Yevropa terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida Messi o‘yin debyutida hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim oxirida dubl, ikkinchi bo‘lim boshida xet-trik qayd etdi. 71-daqiqada Leo poker muallifiga aylandi, besh daqiqadan so‘ng esa faoliyatidagi ikkinchi penta-trikni amalga oshirdi. Bir o‘yinda to‘rtta gol, yettita "Oltin to‘p" sohibi sakkizinchi martapokerini ham nishonladi. Shu sababli Leoning o‘sha 8 ta o‘yinini eslab o‘tamiz.

1.“Barselona” 4:1 “Arsenal” (Chempionlar ligasi 2009/10, chorak final) = 4 gol

Messi birinchi marta Chempionlar ligasining chorak finali doirasidagi o‘yinda uchtadan ko‘p gol urdi. Londonda bo‘lib o‘tgan birinchi chorak finalda “Barselona” hujumda Leo bilan juftlik hosil qilgan, Zlatan Ibrahimovichning dublidan so‘ng 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Bu ustunlikni saqlab qolishning iloji bo‘lmadi. Arsen Venger shogirdlari yakunda ikkita gol urib, hisobni tenglashtirdi.

Javob o‘yinida Gvardiola Zlatansiz tarkib tuzdi, Terri Anri zaxirada qoldi - hammasi Leo o‘zini imkon qadar qulay his qilishi uchun. O‘yin debyutida "Barsa" Bendnerni bo‘sh qoldirdi. Daniyalik vaziyatdan foydalandi. Ammo "Arsenal" hursandchilik 3 daqiqacha bo‘ldi: birinchi bo‘lim oxirida Leo xet-trik qayd etdi va 88-daqiqada hisobni 4:1 ko‘rinishiga olib keldi.

2. "Barselona" - "Valensiya" - 5:1 (Ispaniya chempionati 2011/12) = 4 gol

2011/12 yilgi mavsumda Messi 75 ta gol urdi, bu uning faoliyatidagi eng sermahsul mavsum, shuning uchun 2012 yil boshida biz birdaniga uchta super golli o‘yinni uchratamiz. Ulardan birinchisi “Valensiya”ning “Kamp Nou”dagi mag‘lubiyatidir. Argentinalik futbolchining faoliyatidagi birinchi va ikkinchi poker o‘yinlari ssenariylari ko‘p jihatdan o‘xshash: bu yerda ham raqib tezda hisobni ochdi (Pablo Piatti 8-daqiqadayoq Viktor Valdesni “dog‘da qoldirdi”), Messi esa golli uzatma bilan javob qaytardi. Keyin esa “Messimaniya” boshlandi. Leo o‘yinda 4 ta gol kiritdi. Yagona farq shundaki, “Arsenal” darvozasini faqatgina Messi ishg‘ol qilgandi. Bu o‘yinda esa Leoning jamoadoshlari ham bitta gol urgan.  

3. "Barselona" - "Bayer" - 7:1 (Chempionlar ligasi 2011/12, 1/8 final) = 5 gol

"Bayer" Chempionlar ligasi pley-offining birinchi bosqichida "Barselona"ga munosib qarshilik ko‘rsata olmadi va umumiy 2:10 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Messi “Kamp Nou”da  “dorichilar”ni ayab o‘tirmagandi. O‘yinda Messi 5 ta Telyo esa 2 bor raqib darvozasini ishg‘ol etgandi.

4. “Barselona” 4:0 “Espanyol” (Ispaniya 2011/12) = 4 gol

Messi fevralda “Valensiya”ni jazoladi, “Bayer” mart oyi boshida mag‘lub bo‘ldi, 5 mayda esa argentinalik futbolchi uch oy ichida uchinchi super-golli o‘yinni o‘tkazdi. Kataloniya klublari uchun barcha imkoniyatlar tengsizligi bilan bu mintaqadagi asosiy derbi edi. "Barselona"ning "Espanyol" ustidan ishonchli g‘alabasi ajablanarli emas edi, lekin Lionelning pokeri prinsipial qarama-qarshilik tarixida sezilarli ta’sirga aylandi. Darvoqe, Messining “PSJ”dagi amaldagi ustozi Maurisio Pochettino o‘sha paytlar “Espanyol”ni boshqargan.

5. "Barselona" - "Osasuna" - 5:1 (Ispaniya chempionati 2012/13) = 4 gol

Messining gol urishdagi muhim jihati: argentinalik futbolchining "Barselona" uchun 4+ gol urgan barcha o‘yinlari "Kamp Nou"da bo‘lgan. 2013 yilning yanvar oyida “Osasuna” yaxshi qarshilik ko‘rsatadiganlek ko‘ringan edi. Mendilibar jamoasi hatto Messining birinchi goliga  javob qaytarishgan. Biroq ikkinchi 30 daqiqaqalikda Leoning pokeri va Pedrining goli evaziga o‘yin 1:1dan, 5:1 ga aylangandi.

6. Barselona 6:1 Eybar (Ispaniya 2017/18) = 4 gol

7. “Barselona” 5:0 Eybar (Ispaniya 2020/21) = 4 gol

Messi PSJning bo‘lajak murabbiylari (Unai Emeri va Maurisio Pochettino) boshchiligidagi jamoalarga qarshi ikkita o‘yinda poker qayt etgan, biroq u uchun Xose Luis Mendilibar eng yoqimli raqib. Leo so‘nggi 10 yil ichida ushbu murabbiyning jamoalariga qarshi o‘tkazgan uchta o‘yinda poker qayd etgan. Hammasi 2013 yil boshida “Osasuna”dan uchralgan mag‘lubiyat bilan boshlandi va “Kamp Nou”da ikki marta Messidan to‘rtta gol o‘tkazib yuborgan mag‘rur “Eybar” bilan tugadi. Bu klubga qarshi o‘yinlarda Lionel umuman absurd statistikaga ega: 11 o‘yindan so‘ng 20 ta gol va 6 ta golli uzatma.

8. Argentina - Estoniya - 5:0 (o‘rtoqlik uchrashuvi) = 5 gol

Messi “Osasuna” bilan o‘yinda poker, “Osasuna” stadionida esa Argentina terma jamoasi uchun o‘yinda penta-trikka erishdi. UYEmblidagi Finalissimada g‘alaba qozonganidan so‘ng, Albiseleste Yevropa turnesini Pamplonada estoniyaliklarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi bilan yakunladi.

Estoniya terma jamoasi darvozasiga kiritilgan beshta gol Messini terma jamoalar to‘purarlari orasida to‘rtinchi o‘ringa olib chiqdi va yaqin kunlarda ba’zi nashrlarda Leo “Oltin to‘p”ni Benzemaning qo‘lidan tortib oldi, deb hazillashish ma’nosida postlar chiqarildi.

Manba: www.soccer.ru
Kiritildi: 17:56, 07.06.2022. O'qildi: 4776 marta. Fikrlar: 57 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик