Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Selta 0-0 Malyorka
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Vilyarreal 0-0 Valensiya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Liverpul"dagi janjal: ikki asosiy yulduz jamoani tark etmoqchi. Mane va Saloh nimadan norozi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bir necha hafta oldin "Liverpul" o‘ziga xos yutuq - bir mavsumda to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritgan klub nomiga da’vogarlik qilayotgan edi. Biroq Yurgen Klopp shogirdlari buni uddalay olmadi – Chempionlar ligasi finalida “Real”ga mag‘lub bo‘ldi, shuningdek, APLdagi chempionlik uchun kurashda “Manchester Siti”ga imkoniyatni boy berdi.

Endi “Liverpul” oldida yana bir muammo turibdi - jamoaning ikki asosiy yulduzi va hujumkor o‘yinchilari hisoblangan Muhammad Saloh va Sadio Maneni saqlab qolish. Ikkalasi ham tez orada klubni tark etishi mumkin. Hozir biz sizlaraga nima uchun bu sodir bo‘layotganini va "Liverpul" o‘z yetakchilarini saqlab qolish uchun qanday imkoniyatlarga ega ekanligini haqida biroz ma’lumot beramiz.

Saloh ketadimi?

Muhammadning "Liverpul" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida tugaydi va hozircha tomonlar hamkorlikni uzaytirish borasida kelishib olishmagan. Futbolchiga hozirda “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” kabi klublar qiziqish bildirmoqda. Daily Mirror nashri xabariga ko‘ra, agar mersisaydliklar rozi bo‘lsa, u shartnomasi yakunlanganidan keyin "Barselona" rahbariyatiga ko‘chib o‘tish uchun va’da bergan.

The Athletic nashri xabariga ko‘ra, “qizillar” va misrlik futbolchi dekabr oyidan beri muzokara olib bormayapti, chunki hujumchi keyinchalik boshqa klubga o‘tishi mumkinligini inkor qilmagan. Nashrning yozishicha, klub yaqinda Salohga maoshi 15 foizga ko‘tariladigan yangi shartnoma taklif qilgan (hozirda  haftasiga 220, qo‘shimcha bonuslar bilan hisoblaganda 250 ming funt oladi). Bu taklif futbolchiga yoqmadi - uning fikricha, bunday summa dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga to‘g‘ri kelmaydi. Mish-mishlarga ko‘ra, Saloh haftasiga 300 dan 500 ming funtgacha maosh olmoqchi.

"Anig‘ini bilmayman. O‘ylaymanki, muxlislar nima istayotganimni yaxshi bilishadi, lekin shuni aytishim mumkinki, gap pulda emas. "Liverpul" men uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan klub hisoblanadi. Bu yerda futboldan zavq olaman va klub uchun borimni berishga tayyorman. Mening oilam shu yerda” — deydi Muhammad.

May oyida Saloh yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar qanday yakunlanishidan qat’i nazar, yana bir mavsumni "Liverpul"da o‘tkazishiga va’da berdi. Ammo uning kelajagi noaniqligicha qolmoqda.

 

Mane ketadimi?

Salohdan farqli o‘laroq, Mane imkon qadar tezroq "Liverpul"ni tark etishga harakat qilmoqda. The Telegraph nashrining yozishicha, Sadio umuman yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormayapti va jamoani tark etishini klub rahbariyatiga ochiq aytgan. Katta ehtimol bilan senegallik futbolchi faoliyatini "Bavariya"da davom ettiradi. Sababi, myunxenliklar anchadan beri Sadio borasida “qizillar” bilan muzokara olib bormoqda. Sport1.de nashri xabariga ko‘ra, nemis klubi Manega "Liverpul"ga qaraganda ko‘proq, soliqlarni hisobga olmaganda 20 million yevro maosh to‘lashga tayyor.

Manening o‘zi ham ketishga bir necha bor shama qildi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida unga shunday savol berildi:

“Onlayn ovoz berish natijalariga ko‘ra, senegalliklarning 70 foizi sizning "Liverpul"dan ketishini xohlayotganiga qanday munosabat bildirasiz?”.

 “Men ular xohlagan narsani qilaman. Tez orada hammasiga to‘liq javob beriladi”, - deydi Mane.

Ma’lum bo‘lishicha, Maneni jurnalistlar noto‘g‘ri tushunishgan. Keyinchalik, Sadio bu savolga hazil bilan javob berganini va "Liverpul"ni juda hurmat qilishini aytdi. Biroq uning yaqin orada ketishi haqidagi mish-mishlar to‘xtagani yo‘q.

So‘nggi yillarda "Liverpul" doimiy ravishda Takumi Minamino, Diogo Jota va Luis Diasning transferlari hisobiga hujum chizig‘ini kuchaytirib bordi. Ammo klub tez orada transfer bozoridan kamida yana bitta qanot hujumchisi izlashiga to‘g‘ri kelishi ehtimol katta.

Ha, do‘stlar! Mane - Firmino - Salohning afsonaviy triosi asta-sekin tarixga aylanib bormoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 20:30, 09.06.2022. O'qildi: 10286 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.