Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Valensiya 24 26
15 Jirona 23 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Liverpul»ga o‘tgan Fabiu Karvalyu kim o‘zi?

Baho:
+ | -1
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘tgan hafta «Liverpul» yangi transferini e’lon qildi - «Fulxem» a’zosi Fabiu Karvalyu bilan shartnoma imzolandi.

Bu futbolchi o‘zi kim, uning «qizillar»ga qanday nafi tegishi mumkin, kelishuvga qancha sarflandi? Shu va boshqa savollarga javob topamiz.


BU KIM O‘ZI?

Fabiu Karvalyu - Angliya yoshlar termasi a’zosi, ammo familiyasidan payqash qiyin emaski, uning asl vatani Portugaliya hisoblanadi. Futboldagi ilk qadamlarini aynan shu mamlakatda, aniqrog‘i, «Benfika» akademiyasida qo‘ygan. O‘smirlik chog‘larida uning oilasi Angliyaga ko‘chib o‘tdi, yigitcha esa «Fulxem» bilan shartnoma imzoladi. 

Fabiu asta-sekin o‘sishga erisha boshladi, grandlarning e’tiborini qozondi, 17 yoshida APLda debyutini nishonlagach, qiziqish bir necha karra oshdi. Gap-so‘zlarga ko‘ra, uning transferiga «Real», «Liverpul», «Chelsi» va Yevropaning bir nechta top-klublari qiziqqan, lekin Karvalyu voqealar rivojini tezlashtirmaslik maqsadida «Fulxem» bilan yangi kelishuv tuzdi.

Mavsum-2020|2021da uning jamoasi elitani tark etdi, bu esa Karvalyuga qo‘l keldi. Futbolchi Chempionship-2021|2022dagi ishtirok or­qali asosiy tarkibga muqim joylashdi. Umumiy hisobda, kelib chiqishi portugaliyalik bo‘lgan futbolchi 31ta to‘liq o‘yinda jami 2839 daqiqa to‘p surib, 10ta gol va 8ta assist muallifiga aylandi - 19 yoshli yigitcha uchun chakkimas.


«LIVERPUL» QANCHA SARFLADI?

Mersisaydliklar yana bir bor transfer bozorida samarali yurish qilishdi, ko‘pchilikning diqqat markazida turgan yosh futbolchiga ega bo‘lishdi. Aytishlaricha, xarid jami 5 mln. yevroga tushdi, Fabiuning turli ko‘rsatkichlari evaziga «Fulxem» yana 3 mln.ga ega bo‘lishi mumkin. Bu mablag‘ kamdek ko‘rinishi mumkin, biroq APLga endigina qaytgan klub yanada ko‘proq pul so‘rolmasdi, zero Karvalyuning shartnomasi shu yozda yakunlanardi.


UNING USTUNLIGI NIMADA?

Karvalyu - maydon markazida to‘p suradi, lekin ba’zan yarim himoya qanotida foyda keltirishi mumkin. Mabodo, unga «Liverpul»da yangi rol topib berishgan taqdirda ham, bu muammo bo‘lmaydi, zero Fabiu notanish ko‘rsatmalar asosida yangi pozisiyaga osongina moslasha olishini avvalroq namoyish etib ulgurgan. Karvalyu yaxshigina texnika sohibi, zarbalari kuchli, chaqqon, futbolni tushunish borasida yoshiga xos bo‘lmagan salohiyatga ega.

Katta ehtimol, Yurgen Klopp unga hozirning o‘zida boshlang‘ich tarkibdan joy kafolatlamaydi, biroq Karvalyuning tarkibni boyitishi, shuningdek, «Liverpul» markaziy chizig‘ini yoshartirishi aniq. Fabinyo, Nabi Keyta, Milner, Xenderson, Tiago, Oksleyd-CHemberlen - bular ayni payt Klopp tanlashi mumkin yarim himoyachilar tarkibi. Yuqorida nomi keltirilgan futbolchilarning minimal yoshi 27 (ayrimlari 30dan oshgan)ga teng, ba’zilari mavsumlar oralig‘ida klubni tark etishlari mumkin. Shunday ekan, Karvalyu o‘z imkoniyatiga ega bo‘lishi turgan gap.

Ko‘pchilik Karvalyuni Kou-tinyoga qiyoslamoqda, uni braziliyalikka voris sifatida ko‘rishmoqda, ammo «Liverpul»ning yangi futbolchisini Roberto Firminoga o‘xshatsak, to‘g‘ri bo‘ladi. Hujumdagi foydali harakatlardan tashqari, Fabiu himoyaviy ishlarni ham esdan chiqarmaydi. Bu esa Saloh, Mane va boshqa hujumkor futbolchilar uchun ayni muddao.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:06, 09.06.2022. O'qildi: 4891 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.