Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
  • Superliga
      • 22.04.2026 18:00
      • Surxon
      • 2:1
      • Mash’al
      • 22.04.2026 20:15
      • Buxoro
      • 0:1
      • Paxtakor
      • 23.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 23.04.2026 19:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 23.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • OKMK
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 9 24
2 Neftchi 8 21
3 Navbahor 8 18
4 Bunyodkor 8 16
5 Buxoro 9 14
6 Nasaf 8 12
7 Xorazm 8 12
8 Lokomotiv 8 11
9 OKMK 8 11
10 Surxon 9 11
11 Qizilqum 8 9
12 Qo‘qon-1912 8 8
13 Andijon 8 7
14 Dinamo 8 7
15 So‘g‘diyona 8 5
16 Mash’al 9 0

O'tgan o'yinlar.

9-тур Surxon 2-1 Mash’al
9-тур Buxoro 0-1 Paxtakor

Navbatdagi o'yinlar.

23/04/26 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04/26 Nasaf - Lokomotiv
23/04/26 Dinamo - OKMK
24/04/26 Xorazm - Neftchi
24/04/26 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04/26 Bunyodkor - Andijon

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xolandni APLga otasining qasosi chorlamoqda — Kin va Alf Inge voqeasi yodingizdami?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Erling Xolandning «Manchester Siti»ga transferi yakunlandi. Ma’lumki, u ilgari shu klubda to‘p tepgan otasi Alfa-Inge izidan boradi. Quyida Xolandning otasi «Manchester Siti»da qanday o‘ynaganini qisqacha eslaydi.

«Manchester Siti» Erling Xolandni tanishtiruv jarayonida uning bolaligida klub formasini kiygan suratlarini namoyish etdi. Darhaqiqat, hujumchi bolaligidanoq «shaharliklar» lageriga intilganini tan oldi. Hujumchining otasi «Manchester Siti»da o‘ynagan paytlarga uncha ko‘p bo‘lmagan. Alf-Inge 2000 yilda «shaharliklar» safiga ko‘chib o‘tgan. Biroq Erling otasini bu klub libosida ko‘rmagan, chunki u 2000 yilda tug‘ilgan va 2003 yilda Alf-Inge allaqachon «Manchester Siti»ni tark etgan edi.

Alf Xoland himoyaga asoslangan yarim himoyachi sifatida o‘ynadi. Ba’zida u markazroqda va himoyaning o‘ng qanotida harakat qilgan. 

Faoliyatini vatanida, «Bryune»da boshlagan. Qizig‘i shundaki, Xoland hech qachon bu klub tarkibida yuqori divizionga chiqmagan. Biroq, bu uning Angliya premyer-ligasiga o‘tishiga to‘sqinlik qilmadi. Buning sira ham ajablanadigan joyi yo‘q, chunki Xoland o‘shanda terma jamoada o‘ynab yurar edi. 1994 yilgi jahon chempionatida u Meksika va Italiya termalariga qarshi 90 daqiqa harakat qilgan. Skandinaviyaliklar o‘shanda pley-offga chiqa olishmagan.

1994 yilning qishida yarim himoyachi «Nottingem Forrest»ga ko‘chib o‘tdi. Asta-sekin Xoland jamoaning asosiy o‘yinchisi va yetakchilaridan biriga aylandi. 1996/1997 yilgi mavsum oxirida «o‘rmonchilar» Premyer-ligani tark etishdi, ammo norvegiyalik «Lids» lageriga ko‘chib o‘tdi hamda uch yil davomida elitada qolishga muvaffaq bo‘ldi.

«Tovuslar» endigina yuksalishni boshdan kechirayotgan edi, jamoa Angliyani hayratda qoldirdi. Biroq Xoland 1999/2000 yilgi mavsumga kelib jamoadagi o‘z o‘rnini yo‘qotdi, shuning uchun uni o‘sha yorqin jamoaning yetakchisi deb atab bo‘lmaydi. 2000 yilning yozida Xoland elitaga qaytgan «Manchester Siti» lageriga o‘tdi. «Shaharliklar» safida yarim himoyachi asosiy tarkibdan joy oldi va jamoa yetakchilaridan biriga aylandi. «Shaharliklar» o‘shanda nomlar doirasidan ancha yaxshi tarkib yig‘gan edi – Andrey Kanchelskis, Jorj Vea, Paulo Vanchope, Pol Dikov, Shon Rayt-Filips endigina o‘z faoliyatini boshlagan edilar. Biroq rossiyalik yarim himoyachi o‘sha jamoada tartib-intizom bilan bog‘liq muammolar borligi, bu esa jamoaning quyi ligaga tushib ketishiga sabab bo‘lganini tan olgan.

Umuman olganda, Xolandlarning kattasi yodga olinganda uning Roy Kin bilan bog‘liq o‘sha mashhur voqeasi xayolga keladi. U aynan Roy Kin tomonidan yetkazilgan jarohat tufayli faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lgan. Bu «jang»ning tarixi ham qiziq. 1997 yilning sentyabrida norvegiyalik futbolchi hali ham «Lids»da o‘ynab yurgan paytlari «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda irlandiyalik futbolchi oyog‘ining g‘ayritabiiy tarzda egilishi oqibatida yiqilib tushdi. Xoland esa Kinni soxta harakatlarda aybladi va uni turishga undadi. Irlandiyalik futbolchini zambilda olib ketishdi, yarim himoyachining esa tuzalishiga deyarli bir yil muddat ketdi. 2001 yilning 21 aprelida Manchester derbisida Kin revansh olishga qaror qildi. 85-daqiqada u oyog‘i muallaq holatda Xalandga zarba berdi. Zarbaning kuchi shunday ediki, norvegiyalikning oyoqlari osmonga ko‘tarildi va futbolchi chalqanchasiga yiqildi. Kin qizil kartochka oldi va norvegiyalikga nimadirlar deb, maydondan chiqib ketdi.

Keyinchalik Kin o‘z tarjimayi holida bu ataylab qilingan qaror ekanligini tan oldi.

Bularning barchasi Xoland faoliyatini aynan shu tufayli yakunlagan degan fikrni yuzaga keltiradi. Biroq, unday emas. «Manchester Siti» bosh murabbiyi Jo Royl o‘zining avtobiografiyasida ushbu epizodni esladi, ammo jarohat yo‘qligini aytdi. Qolaversa, Manchester derbisidan bir hafta o‘tib norvegiyalik futbolchi «Vest Xem»ga qarshi 68 daqiqa o‘ynagan va Premyer-liganing ikki o‘yini oralig‘ida Norvegiya terma jamoasi uchun ham mashg‘ulotlarda qatnashishga muvaffaq bo‘ldi. 2001 yilning yozida Xoland tizzasidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Bir necha yil o‘tgach, Xoland Kinning zarbasi jarohat olib kelishi mumkinligini tan oldi, chunki zarba garchi u boshqa oyog‘iga tekkan bo‘lsa ham, unga jiddiy muammo tug‘dirgan.

Keyingi mavsum Chempionshipda o‘ynagan Xoland atigi 3 ta o‘yin o‘tkazdi va bu jami 47 daqiqani tashkil etadi. Shundan so‘ng «Manchester Siti» norvegiyalik futbolchi bilan tibbiy sabablarga ko‘ra shartnomani bekor qilishga qaror qildi. 2011 yilda Xoland Norvegiyaning uchinchi divizionida bir nechta o‘yinlarni o‘tkazdi, ammo bu hech qanday voqea bilan eslashga arzigulik emas.

Kiritildi: 12:09, 14.06.2022. O'qildi: 7293 marta. Fikrlar: 10 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 6
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 5
3 Сурхон Chinedu Stefan 5
4 Нефтчи Stipe Perisa 4
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 3
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 3
8 Нефтчи Alisher Odilov 3
9 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
10 Нефтчи Zoran Marushich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик