Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Taqdir 16 yildan keyin Karim Benzemaga yana bir mukofot taqdim etdi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Benzema keyingi mavsumda 50 ta gol urishi kerak”. O‘tgan yil yangi mavsum oldidan bildirilgan Anchelottining fikrlariga hatto murabbiyning o‘zi ham ishonmagan bo‘lsa kerak. 2020/21 yillarda Zinedin Zidan boshchiligidagi “qirollik klubi” gollar borasida ko‘plab muammolarga duch kelgandi. “Qaymoqranglilar” futbolchilari butun mavsum davomida bor-yo‘g‘i 88 ta gol urgan, shundan 30 tasi Benzemaning nomiga yozilgan edi. Anchelotti Karimni bu raqamlar sonini yanada ko‘paytirishga undadi. Qolaversa, italiyalik qo‘l ostida birinchi mavsumidayoq 22 gol urgan Vinisius paydo bo‘ldi.

Vinisiusning muvaffaqiyati Karlo Anchelotti xohlaganidek 50 ta gol urgan Karim Benzemaning eng yaxshi mavsumiga ajoyib sovg‘a bo‘ldi. Karim "Real Madrid" safida 46 ta o‘yinda 44 ta gol urgan bo‘lib, La Liga va Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purariga aylandi. Shuningdek, u Fransiya terma jamoasi safida ham 6 gol muallifiga aylangan: 2021 yilgi Millatlar ligasida Belgiya va Ispaniyaga qarshi o‘yinda ikkita marta o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Jahon chempionati saralashida doirasidagi bahslarda 3 marta raqib posbonini xafa qilgan. Karim hozir davom etayotgan Millatlar Ligasi-2022 turniri doirasidagi Daniyaga qarshi o‘yinda ham 1 gol muallifiga aylandi.

"Real Madrid"da Mbappe va Xoland bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan bo‘lsa-da, Karim hozircha ularning yo‘qligini sezdirgani yo‘q. Agar, madridliklar yozgi transfer oynasi paytida yangi futbolchi sotib olmasa, yana fransiyalik forvardning xizmatlariga tayanishga majbur bo‘ladi.

Karimning “Real” bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, klub forvard bilan uni uzaytirishiga shubha qilmayapti. Bizningcha ham shartnomani yangilashda hech qanday muammo bo‘lmaydi. Bir necha kun oldin shartnomasi uzaytirilgan Luka Modrich ham buning yaqqol isbotidir. Karim ham, Luka ham, Kurtua va Vinisius ham Madrid klubida ajoyib mavsum o‘tkazdi. Ularning barchasi klub tarixida abadiy qolishni istaydi va shuning uchun ularning yaqin orada jamoani tark etishi imkonsiz.

Karim allaqachon Raulga yetib oldi va Madrid klubi tarixidagi ikkinchi to‘purarga aylandi. Endi uning asosiy vazifasi Krishtianu Ronaldu bo‘lib, uning maqsadi portugaliyalikning 451 golli natijasi orasidagi farqni yo‘qotishdir. Benzemaning so‘nggi mavsumlardagi ajoyib mavsum o‘tkazayotganiga qaramay, bu juda qiyin vazifa hisoblanadi. To‘rt yil oldin Krishtianu Madridni tark etganiga qaramay Karim bu natijani yangilashi imkonsiz. Ronaldu ketganidan keyin Benzemaning eng yomon mavsumi 2019/20 yillarda kuzatilgan bo‘lib, o‘sha mavsum u 27 ta gol urgan. Keyingi yillarda esa fransuz 30 talik dovonni oshib o‘tdi. Bu safar Fransiya terma jamoasi hujumchisi Messi va Ronaldu katta sahnani tark etganidan keyin faqat Robert Levandovski bilan to‘purarlik borasida kurash olib bordi.

Taqdir Karim Benzema uchun yana bir mukofot tayyorladi: u klubdagi 16 yillik faoliyatidan so‘ng birinchi jamoa sardoriga aylanadi. Marselo ketganidan keyin hozircha bog‘ichga fransuzdan ko‘ra loyiqroq futbolchi yo‘q. Endi bu sharafli burch Karim zimmasiga o‘tadi. U yakunlangan mavsumda ham jamoaning asosiy sardor bo‘lgan. Sababi, Marselo tez-tez zaxirada qolib, Karimga maydonda Madrid yetakchisi sifatida maydonga tushish imkonini berdi. Biroq, "Real Madrid" mavsum davomida yutgan uch kubokni ham aynan Marselo ko‘targanini unutmaslik kerak. Hojatbaror Marselo esa La Ligadagi g‘alabani Karim bilan bo‘lishdi, ikkala o‘yinchi ham “Bernabeu”dagi marosimda kubokni birga ko‘tardi.

 

Kiritildi: 10:26, 15.06.2022. O'qildi: 7184 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик