Bugun 23 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • 1:1
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Al Hoji Diuf: «Fransuzlar bizni 8:0 hisobida yengishni o‘ylagandilar...»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Bundan 20 yil oldin (2002 yilning 31 may kuni) Fransiya milliy jamoasi jahon va Yevropaning amaldagi chempioni sifatida Janubiy Koreya/YAponiya maydonlarida tashkillashtirilgan JCH ochilish o‘yinida turnir debyutanti - Senegal termasiga qarshi maydonga tushgandi.

O‘shanda guruh autsayderidek ko‘ringan «sherlar» Seulda katta shov-shuv ko‘tarishgan - 1:0. Asosiysi, fransiyalik Bruno Metsyu boshqaruvida jamlangan jamoa o‘yin sifati bo‘yicha ham Fabyen Bartez, Lilian Tyuram, Marsel Desayi va Tyerri Anri (Zayniddin Zidan jarohat tufayli maydonga tushmagandi) kabi yulduzlarni lol qoldirgandi. 2013 yili hayotdan ko‘z yumgan murabbiy shogirdlari mundialning keyingi o‘yinlarida ham go‘zal futbol namoyish etib, millionlar mehrini qozonishgandi. Debyut o‘yinining 30-daqiqasida al Hoji Diuf chap qanotdan yorib kirib, mukammal uzatma bilan Pap Buba Diop goliga assistentlik qilgandi (darvoqe, yagona gol muallifi 2020 yili vafot etdi). FIFA rasmiy sayti o‘sha unutilmas o‘yin va Senegal termasining 1/8 finalgacha bo‘lgan qoyilmaqom yurishini eslash uchun «Sosho», «Lans», «Liverpul», «Bolton», «Reynjers» kabi klublar futbolkasini kiygan, jismoniy quvvatiyu, tezkorligi bilan xotiralarga muhrlangan sobiq hujumchi al Hoji Diufni suhbatga chorladi.

- Janob Diuf, 2002 yilgi mundialdan so‘z ochilsa, birinchi navbatda, nimalarni eslaysiz?

- Avvalo, qur’a natijasini! O‘sha payt «Lans» tarkibida Monakoga borgandik va murabbiyimiz Joel Myuller yigitlarni qur’a tashlash marosimini ko‘rish uchun jamladi. Qarangki, jamoamiz Fransiya termasi bilan 1ta kvartetga tushdi. «Lans»da Bruno Rodriges, Siril Rule, Daniel Moreyra va Giyom Varmyuz kabi Fransiya termasiga nomzod yigitlar bilan birga o‘ynardim. Xullas, chempionatda fransuzlar bilan o‘ynashimiz oydinlashgani hamono hamma o‘rnidan turib, meni kalaka ostiga ola boshladi. «Bo‘ldi, hukm o‘qildi, Senegal termasida zarracha imkoniyat yo‘q» qabilidagi so‘zlar yangradi. Lekin bizda kuchli jamoa shakllanayotganini yaxshi bilardim. To‘g‘ri, tarkibimizda hech kim chinakam yulduz emasdi, muhimi, mundialni uzoq kutgan butun Senegalga quvonch ulashish va tarix bitish ishtiyoqida yonayotgan ahil guruh edik. Yashirmayman, Fransiya termasiga qarshi ilk o‘yindagi durang ham mamlakatimiz uchun katta sovg‘a hisoblanardi. Zero, hamma fransuzlar bizni bir zarbadayoq «yanchib» tashlashlarini taxmin qilgandi. O‘zimiz esa 2002 yilning 31 mayi biz uchun alohida kun bo‘lishi mumkinligiga ich-ichimizdan ishonganmiz.

- Aytingchi, jamoa o‘sha kuni, ya’ni maydonga tushishdan oldin qanday holatda edi?

- Fransiya termasi bir kun oldin o‘yin bo‘ladigan stadionga kelmagani va rasmiy mash­g‘ulot o‘tkazmaganiga e’tibor qaratdik. Bilmadim, fransuzlar Senegal termasini raqib o‘rnida ko‘rmay, mashg‘ulotga ehtiyoj sezmagandirlar. Fransiya matbuoti esa o‘ta dahshatli hisobni bashorat qilgan - 8:0.... Bu kabi kamsituvchi taxminlar shu qadar ko‘p yangradiki, jamoa ichida o‘zimizni alohida shaylantirdik: «Hoy, yigitlar, biz tovuq emas, shermiz! Xo‘roz sherni qanaqasiga yeydi? Bu mumkin emas!» O‘zim esa klubdoshlarim meni qanday kalaka qilishgani, o‘z oldilaridan haydab solishganini esladim. Xullas, mag‘rur kompaniya edik va mamlakatimiz, oilamiz hamda o‘zimizga baxtiyorlik ulashishga bir ovozdan so‘z berdik. Oddiy aytganda, butun Senegal biz bilan chinakamiga faxrlanishini istagandik.

- O‘sha kungi voqeliklar miyangizga qattiq muhrlangandir...

- Uchrashuvdan oldin qanday suhbatlashganimiz hamon esimda: Bruno Metsyu kiyinish xonasiga kirishi bilan odatiga ko‘ra, sochlarini taradi. Keyin ohista so‘z boshladi: «Bugun sizlarga nima deyishim mumkin? Anchadan buyon birgamiz, hammangizni yaxshi bilaman. Aqldan ozgan guruhmiz. Bilaman, o‘yin tugagach, kechqurun butun dunyoda sizlarni gapirishadi. Marhamat, o‘rningizdan turing va aslida nimalarga qodirligimizni ko‘rsating». Ajo­yib nutq. Brunoning ortiqcha gapirishi shart ham emasdi. U bizga bir qarashda g‘alaba qozonish qo‘limizdan kelishini tushungandi.

- Diop hisobni ochgach, fransuzlar quturib ketishlaridan cho‘chimadinglarmi?

- Tanaffusga 1:0 hisobidagi ustunlik va tabassum bilan chiqdik. Albatta, bir-birimizga «besh» tashlashni ham unutmadik. Lekin Bruno biroz bezovta edi, ancha jiddiylashgandi: «Yigitlar, hali o‘yin tugamadi, yana 45-50 daqiqa bor. Sumkamizda hozircha hech narsa yo‘q. «Besh» tashlash final hushtagidan keyin. Hozircha shoshilmaymiz». Yovqur jamoamizga ayni zarur gaplar... 

- Tarixiy g‘alabadan ke­yingi kunlar qanday o‘tdi?

- Mehmonxonaga qaytib, televizorni yoqsak, barcha kanallarda chindan ham, bizni gapirishayotgandi. Xitoy, Osiyoning boshqa hududlari va Janubiy Amerika telekanallari - butun dunyoda Senegal termasi ovoza! Shunda g‘ayrioddiy ishni amalga oshirganimizni tushundik.

- O‘sha g‘alaba va mundial-2002dagi ajib yurish hayotingizni nechog‘li o‘zgartirdi?

- Al Hoji Diuf aynan JCH-2002da jahon miqyosidagi futbolchi sifatida namoyon bo‘ldi. CHL yoki katta ligalarda o‘ynash ajoyib, ammo terma jamoa libosida yaxshi o‘ynaganlar - eng kuchli futbolchilar. O‘sha mundial hayotimni butkul o‘zgartirgani ham ayni haqiqat. Deylik, FIFA tomonidan top-100 ro‘yxatiga kirdim, Pele esa meni amaldagi eng zo‘r futbolchilar qatorida e’tirof etdi. Aniq fakt bor - agar JCHga bormaganimda, AFK va FIFA afsonalaridan biriga aylanolmasdim.

- Senegal termasi bo‘yicha do‘stlaringiz bilan hali ham aloqadamisiz?

- Yo‘q, shunchaki, do‘stlar emas, haqiqiy birodarlarmiz. Barchamiz Senegal oilasining bir bo‘lagiga aylangan arslonlarmiz. O‘zaro uchrashganda, bir gapni ko‘p takrorlaymiz: «Sher har doim sherligicha qoladi». Hozirgacha birgamiz - WhatsApp tarmog‘ida alohida guruhimiz bor. Afsuski, ayrimlar oramizda yo‘q. Lekin ular ham biz bilan birgalar. Barchamizni madaniyatimiz va vatanga sodiqlik bilashtirib turadi.

Dakarda tug‘ilgan al Hoji Diuf hozir 41 yoshda. Senegal milliy jamoasining 70ta o‘yinida maydonga tushib, 24ta gol urgan sobiq hujumchi ayni payt o‘z mamlakatining barcha yosh toi­fasidagi terma jamoalari elchisidir. U shuningdek, Senegal milliy jamoasi bosh murabbiyi Aliu Sisse (JCH-2002da jamoa sardori edi)ning maslahatchisi rolida ishlamoqda.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:00, 15.06.2022. O'qildi: 3785 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик