Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xoland va Nunyes APL grandlarining dastlabki transferi yoxud qaysi futbolchi kuchli

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Angliyada yozgi transfer oynasi ochilishi bilan “Manchester Siti” va “Liverpul” o‘z safiga ikki top futbolchilarni qo‘shib oldi. “Shaharliklar” bir necha mavsumdan beri futbol jamoatchiligi e’tiborida bo‘lgan Erling Xolandni sotib olgan bo‘lsa, “qizillar” Urugvay terma jamoasi forvardi Darvin Nunyes bilan shartnoma imzoladi. Shu sabab bugun biz APL grandlarining mazkur transferlari haqida batafsil to‘xtalmoqchimiz.

"Manchester Siti" APLning so‘nggi mavsumida 99 ta gol urdi, "Liverpul" - 94. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mazkur jamoalarning eng yaqin ta’qibchi "Chelsi" bo‘lib, londonliklar 76 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Shunga qaramay, “Manchester Siti” ham, “Liverpul” ham yangi forvard sotib olishga qaror qildi. Erling Xoland va Darvin Nunyes yangi jamoalariga barcha to‘lovlarni hisobga olgan holda 100 million yevrodan ko‘proqqa tushdi. Qizig‘i, transfermarkt nashrining yozishicha, Nunyesning tovon puli avvaldan yuqoriroq bo‘lgan, ammo norvegiyalik haqida bunday deya olmaymiz.

Garchi ikkala klub ham hujumchilar uchun juda ko‘p pul ajratgan bo‘lsalar-da, hali ikki forvarddan qanchalik foydalana olishi noma’lum.

"Manchester Siti" tayyor yulduzni sotib oldi. Balki Erling Xoland top-bo‘lmagan klublarda eng yaxshi futbolchi bo‘lgandir. Sababi “Borussiya D”ga hurmat saqlagan holda shuni aytishimiz mumkinki, nemis klubi Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga da’vogar emas edi. Ammo, nima bo‘lgan taqdirda ham, Xoland jahon darajasidagi futbolchi hisoblanadi. Deyarli hamma yangi mavsumda Xolanddan ajoyib o‘yin kutadi. Norvegiyalik allaqachon Germaniya chempionati va Chempionlar ligasida o‘z darajasini ko‘rsatgan. Uning fonida Nunyesdan ko‘p narsa kutilmasligi mumkin. Ha, Darvin o‘tgan mavsum ko‘p gol urdi, lekin bu Portugaliya chempioantida yuz berganini esdan chiqarmaslik kerak. Qolaversa, urugvaylik futbolchi faqatgina bir mavsumgina muvaffaqiyatli o‘ynadi. Xoland esa “Zalsburg”da o‘ynab yurgan paytdayoq Chempionlar ligasida gollar urib, Yevropani hayratda qoldirgan edi.

Balki, klublar o‘zlarining xaridlariga turlicha munosabatda bo‘lishi ham mumkin. Ehtimol, “Manchester Siti” Xolandni asosiy tarkib futbolchisiga aylantirar?! Sababi, “shaharliklar” safidan unga raqobatchilar deyarli yo‘q. Nunyesga kelsak, qimmat bo‘lishiga qaramay, hech kim unga asosiy tarkibdan joyni kafolatlamagan. Sadio Mane ketgan taqdirda ham mersisaydliklar uch o‘rin uchun hujum chizig‘ida beshta kuchli futbolchi bor. Shu bilan birga, Salohning asosiy tarkib futbolchisi deb qarasak, ikkita pozisiya uchun jami to‘rtta ijrochi kurash olib boradi. Albatta, kelgusi mavsumdagi tig‘iz taqvim Nunyesning foydasiga ishlaydi, shuning uchun u ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga shubha yo‘q. Biroq urugvaylik futbolchi mavsum boshida zaxira o‘yinchisi bo‘lishi ehtimoli ham bor.

Ingliz futboliga qaysi futbolchi tez ko‘nikishi mumkin? Nunyesda moslashish uchun vaqt ham imkoniyat ham yetarli. Bu esa uning foydasiga ishlashi tayin. Xoland dastlabki o‘yinlardanoq o‘zini ko‘rsatishi kerak. Bu shuni ko‘rsatadiki, Germaniya to‘purarlariga Angliyada har doim ham oson bo‘lmaydi. Mavsumlarning birida Bundesligada 28 ta gol urgan (Xolandning eng yaxshi natijasi 27 ta), lekin bu natijani Premyer-ligada takrorlay olmagan Timo Vernerni esdan chiqarmaslik kerak.

Transferlarning muvaffaqiyatiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan yana bir jihat bor. Nunyes tizimga tezda moslashishi va kuchli uchlikdan joy topishi kerak. Qolversa, dastlabki yillardanoq undan eng yaxshi to‘purar nomini kutish shart emas. Xolandga kelsak, undan faqat bitta natija kutiladi - "Manchester Siti"ning to‘purari. Shu bilan birga, Xosep Gvardiolaning tizimida “ yolg‘on to‘qqizlik” bo‘lgan, bu esa yangi mavsumda “shaharliklar”ning o‘yin tizimida o‘zgarish ko‘rishimiz mumkin.

Xolandda Nunyesga qaraganda ko‘proq bosim bo‘ladi va bu urugvayliklarning foydasiga ishlaydi. Boshqa tomondan, janubiy amerikalik shuni tushunishi kerakki, agar Xoland to‘purarlik mahoratini namoyish etishni boshlasa, matbuot "Benfika" sobiq hujumchisining transfer narxiga ishora qilib, undan ham xuddi shunday natijani talab qiladi. Nima bo‘lganda ham Nunyes bo‘shashmasligi kerak.

Albatta, qog‘ozda Xoland raqibiga qaraganda kuchiroq. Biroq, Nunyesning moslashishi uchun barcha narsa bor. Agar norvegiyalik futbolchi "Manchester Siti" hujumlari yetakchisiga aylanishi kerak bo‘lsa, Nunyes muvaffaqiyatga erishish uchun top hujumchilar orasidan o‘z o‘rnini topishi kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 17:00, 17.06.2022. O'qildi: 6423 marta. Fikrlar: 59 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик