Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mane “Liverpul”dan ketdi: bundan Klopp yutdimi yoki yutqazdi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Sadio Mane "Liverpul"ni tark etdi. Senegallik futbolchi faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishga qaror qildi. Achinarlisi shundaki, “qizillar” safidagi Saloh, Mane va Firmino kabi futbolchilardan tashkil topgan super uchlik endi yo‘q. Shu sabab bugun biz Manening hamda “Liverpul”ning kelajagi haqida biroz suhbatlashishga qaror qildik.

Sadio Manening “Liverpul”ni tark etishi Chempionlar ligasi finalidan keyin ma’lum bo‘ldi. Shu uchrashuvdan keyinoq senegallik sheriklari bilan xayrlashib, klub rahbariyatidan ketish uchun ruxsat so‘ragani haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi. Mersisaydliklar Maneni jamoada olib qolish uchun ortiqcha harakat qilmadi. Senegallik futbolchining ingliz klubi bilan shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi. Shu sababdan Sadioning bu qarori “qizillar” rahbariyatiga juda ham ma’qul kelgan bo‘lsa kerak.

Mane faoliyatining eng yaxshi yillarini aynan "Liverpul"da o‘tkazgan. Uni 30 yoshida boshqa klubga ketishini tasavvur qilish qiyin. Chunki u butun faoliyati davomida “qizillar” safida o‘ynagandek tuyuladi. Albatta, Germaniyada boshqa atmosfera bor, bu Manening tezroq tiklanishiga imkon beradi. Shunga qaramay, senegallik “Enfild”da ko‘rsatgan o‘yinlarini Bundesligada ham namoyish etishi dargumon.

Mane uchun "Liverpul"da raqib jamoalardan tashqari, boshqa bir konkurent ham bor edi. Senegallik forvard uchun eng omadsizlik — faoliyati davomida Saloh o‘ynash bo‘lgan, bizningcha. Ha, to‘g‘ri ular birgalikda mersisaydliklarni g‘alabalar sari yetaklashdi, odatdagidan ko‘p gol urdi va Klopp jamoasini haqiqiy liderga aylantirdi, lekin hamma vaqt muxlisoar misrlikni yetakchi va kuchliroq futbolchi deb hisoblar, Sadio esa doimo chetda qolar edi. Shu sababli Mane hech qanday shaxsiy mukofotga da’volik qilmadi. Hatto Afrika qit’asida ham Saloh sobiq jamoadoshiga nisbatan ko‘proq e’tirofga sazovor bo‘lgan. Senegallik esa bu yil o‘zining hamkor-raqobatchisining “burnini ikki marta yerga ishqab qo‘ydi”: Mane Senegal bilan birga Afrika kubogi finalida Misr ustidan g‘alaba qozondi va Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun yo‘llanmani yana o‘sha Misrdan tortib oldi.

Yurgen Klopp Maneni ishontira oldi va u kimlar uchun emas, “Liverpul” uchun o‘ynashni boshladi. Biroq, ikkala afrikalikning ham shartnomasi tugashi arafasida vaziyat keskinlashishi mumkin edi. Natijada Mane ketishga qaror qildi va endi kiyim almashtirish xonasidagi vaziyat biroz tinchib qolsa kerak.

O‘yin nuqtai nazaridan, "Liverpul" Manening ketishiga tayyor edi. Ayni paytda senegallikka o‘rinbosar topish qiyin emas. Salah - Firmino - Mane super triosi yondirayotgan paytda mersisaydliklarda muammo bor bo‘lgan, chunki jamoada ularning biri o‘rnini bosadigan hech kim yo‘q edi. Klopp uzoq vaqt davomida sifatni yo‘qotmagan holda bu uchlikdan biriga o‘rinbosar qidira boshladi. Starrij, Solanke, Origi nemis mutaxassisini ishontira olmadi, Shakiri va Minamino ham Liverpulga keldi, Oksleyd-CHemberlen sinab ko‘rildi, akademiyadagi yoshlarga imkoniyat berdi. Biroq, hech qaysi bu futbolchilarga o‘rinbosar bo‘la olmadi.

Shunga qaramay Klopp izlagan “xazinasini” topdi. Birinchi bo‘lib Firminoni zaxira o‘rindig‘iga o‘tirdi. Uning o‘rniga qanotlarda ham, maydon markazida ham o‘ynay oladigan Jota keldi. Qishda "Liverpul" Luis Diasni sotib oldi va bu transfer ham muvaffaqiyatli bo‘ldi. Kolumbiyalik futbolchi jamoani kuchaytirdi. Natijada yozga kelib, “Liverpul” tarkibida Saloh, Jota va Dias, shuningdek, jamoaga istalgan  paytda yordam bera oladigan Firmino bor edi. Mersisaydliklar shu bilan to‘xtab qolmadi. Ular yozgi transfer oynasi ochilishi bilan yosh Darvin Nunyesni “Benfika”dan sotib oldi. Urugvaylik futbolchiga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmagan, lekin usiz ham “Liverpul” hujumi kuchli va yuqori o‘rinlar uchun kurashishga tayyordek ko‘rinmoqda.

Xulosa qilib aytganda, vaziyat deyarli ideal bo‘lib chiqdi. "Liverpul" shartnomasi bir yildan keyin yakuniga etgan faxriy futbolchi bilan xayrlashdi va bir necha o‘n million yevro ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi (40 million yevro). Ayni vaqtda jamoada unga o‘rinbosar tayyor. Ha, jamoaning asosiy yulduzi Saloh endi erkin nafas olishi mumkin bo‘ladi.

Qog‘ozda "Liverpul" Manening ketishidan umuman yutqazmagandek ko‘rinadi. Ammo, bu shunchaki taxminlar, xolos. Yangi mavsum boshlansa, vaziyat qay darajada to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligiga guvoh bo‘lamiz.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:56, 19.06.2022. O'qildi: 9773 marta. Fikrlar: 32 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик