Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Selta 0-0 Malyorka
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Vilyarreal 0-0 Valensiya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Messi barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi yohud buyuklikning 5 isboti

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Lionel Messi futbol olamida yutish mumkin bo‘lgan deyarli barcha sovrinni qo‘lga kiritdi (Jahon chempionligidan tashqari) va hech bir o‘yinchi erishmagan cho‘qqilarni zabt etdi. O‘tgan yil yozda Messi o‘zining bolalikdagi uyi “Barselona”ni tark etganidan so‘ng, 2021-2022 yilgi mavsum “Pari Sen-Jermen”da biroz muvaffaqqiyatsiz o‘tdi, ammo muxlislar u keyingi mavsumda o‘zining eng yaxshi formasiga qaytishiga umid qilishmoqda.

Faoliyati davomida Messi juda ko‘p hayajonli lahzalarni boshdan kechirdiki, ularni sanab o‘tish uchun bir kundan ko‘proq vaqt ketadi, lekin biz faqat beshtasini tanlab oldik.

5. 2021 yilda Argentinani Amerika kubogi g‘olibligi tomon boshlab bordi

Janubiy Amerikaning futbol yetakchilaridan biri bo‘lishiga qaramay, Argentina oxirgi marta Amerika kubogini 1993 yilda o‘tgan musobaqada qo‘lga kiritgan edi.

Ko‘plab xeyterlar Messining xalqaro maydondagi sovrinlari yo‘qligi sabab uni GOAT (barcha davrlarning eng zo‘r futbolchisi) maqomini ololmasligiga sabab qilib ko‘rsatishdi. Ammo o‘tgan yilgi Amerika kubogida Messi bu masalani hal qildi.

U turnirning oltita uchrashuvida to‘rtta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. 35 yoshli futbolchi turnirning eng yaxshi to‘purari va assistentiga aylandi. Shuningdek, Messi turnirning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Bu “albiseleste” kubok muzeyidagi qurg‘oqchiligining munosib yakuni va Messining faoliyatidagi yana bir ajoyib sahifa bo‘ldi.

4. 2011 yilgi Chempionlar ligasi finali (“Manchester Yunayted”ga qarshi)

Ser Aleks Fergyuson 2007 yildan 2011 yilgacha "Manchester Yunayted"ni uch marta Chempionlar ligasi finaliga olib chiqqan. Biroq, “qizil iblislar” shu davr mobaynida faqat bir marta g‘alaba qozonishgan – 2007/08 yilgi mavsumda, finalda “Chelsi penaltilar seriyasida mag‘lub etilgan edi.

“MYU” 2008/09 va 2010/11 yilgi Chempionlar ligasi finalida “Barselona”ga yutqazishgan. 2011 yil “Uembli”da o‘tgan finalda mankunianliklarda g‘alaba qozonish uchun shunchaki imkoniyat yo‘q edi, chunki Messi sport formasining eng yuqori cho‘qqisida edi va uni qanday to‘xtatib bo‘lmasdi.

3. “Real Madrid”ga qarshi ko‘tarilgan libos

Messi-Ronaldu va “Real Madrid”-“Barselona” raqobati 2016/17 yilgi mavsumda o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilgan. 24 aprel kuni “Santyago Bernabeu”da bo‘lib o‘tgan “El-klasiko”da Messi qo‘shib berilgan vaqtda gol urib, “Barselona”ga 3:2 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi. Aytgancha, bu Messining o‘yindagi ikkinchi kataloniyaliklar safidagi 500-goli bo‘ldi.

O‘sha paytga kelib Messi “Real Madrid” muxlislarini qanday xafa qilishni yaxshi bilardi. U futbolkasini yechdi va “Real” muxlislariga o‘z ismini ko‘rsatdi. Bu Messining “dushman” hududida o‘z ustunligini ko‘rsatish usuli edi va bu holat abadiy “El-klasiko” tarixidagi eng yorqin daqiqalardan biri bo‘lib qoladi.

2. Messi 2012 yilda 91 ta gol urgan.

2012 yilga kelib Messi to‘xtatib bo‘lmas holga keldi. O‘sha yili u o‘zining to‘purarlik qobiliyati bilan tarixga kirdi – argentinalik futbolchi klub va terma jamoa safida 91 ta gol urdi.

Messining o‘sha mavsumdagi raqamlarini tushunib bo‘lmaydi – u La Liganing 38 o‘yinida 59 ta gol urdi (2011/12 yilgi mavsumning ikkinchi, 2012/13 yilgi mavsumning birinchi davrasi) va Chempionlar Ligasining 12 o‘yinida yana 13 ta gol kiritdi. U 1972 yilda o‘rnatilgan Gerd Myullerning 85 goldan iborat uzoq yillik rekordini yangilagan edi.

Uning eng yaqin ta’qibchisi va azaliy raqibi Krishtianu Ronaldu o‘zining eng yaxshi to‘purarlik yilida (2013) bor-yo‘g‘i 69 ta gol ura oldi.

1. Yettinchi bor “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi

Lionel Messi 2021 yilda rekord miqdorda – yettinchi marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi. 2020/21 yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda 47 o‘yinda maydonga tushib, 38 gol urdi va 14 golga assistentlik qildi.

Ammo uning eng katta yutug‘i Argentina bilan 2021 yilgi Amerika kubogidagi g‘alaba bo‘ldi.

Messining eng yaqin ta’qibchisi Ronaldu beshta “Oltin to‘p”ga ega. To‘g‘ri, Messi so‘nggi marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritganda aksariyat muxlislar e’tiroz bildirdi. Chunki bir yil avval marosim bekor qilinib, o‘sha yili super o‘yin kshrsatgan Robert Levandovski mukofotdan mahrum etilgan, buni esa Leoning o‘zi ham aytib o‘tgan edi. Biroq bir narsani tan olish kerak, bugun 35 yoshni qarshi olgan futbolchi dunyo futboli rivojini yuksak pog‘onalarga ko‘tardi. Bu fiklar sohilning narigi tomonida turgan muxlislar uchun yoqmasligi aniq. Lekin Messining futbol uchun isbotlashi kerak bo‘lgan narsasi qolmadi. Xuddi Ronaldu kabi.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 20:48, 24.06.2022. O'qildi: 6972 marta. Fikrlar: 61 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.