Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Messining Argentina terma jamoasi safidagi eng muhim 11 uchrashuvi (video)

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Lionel Messi bugun o‘zining 35 yoshini nishonlamoqda. U faoliyati davomida yettita "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, "Barselona"da mumkin bo‘lgan barcha rekordlarni yangiladi va hozirda "Pari Sen-Jermen" sharafini himoya qilmoqda. Biroq, ayni paytda Messining Parijdagi ishlari ko‘ngildagi kabi emas. Shunday bo‘lsa-da, u hamon terma jamoasining yetakchisi bo‘lib qolmoqda. Lionel Argentina safida 162 ta o‘yin o‘tkazib, 86 ta gol urgan. Bugun uning tug‘ilgan kuni bo‘lganligi sababli, Messining “albiseleste” libosi ostidagi eng esda qolarli 11 o‘yinini eslashga qaror qildik.

11. Argentina - Estoniya - 5:0 (o‘rtoqlik o‘yini, 2022 yil 5 iyun)

Keling, yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan boshlaylik. Shu oy boshida Argentina terma jamoasi Finalissimada italiyaliklarni mag‘lub etib (Leo ikkita golli uzatmada ishtirok etgan), bosh sovringa ega chiqdi. Shundan bir necha kun o‘tib, Janubiy Amerika chempioni o‘rtoqlik uchrashuvida estoniyaliklarni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Balki, raqib oddiyroq bo‘lgandir, ammo Messi bu o‘yinda o‘zining eng yaxshi uchrashuvlaridan birini o‘tkazdi. U nima qildi deysizmi? Leo Estoniya terma jamoasi darvozasiga javobsiz 5 ta gol urishni uddaladi.

 

10. Argentina – AQSH – 4:0 (Amerika kubogi yarim finali, 2016 yil 21 iyun)

Ha, to‘g‘ri o‘qidingiz. Argentina terma jamoasi haqiqatan ham Amerika Kubogining yarim finalida AQSHga qarshi o‘ynadi: KONMEBOLning 100 yilligiga bag‘ishlangan maxsus Amerika Kubogiga Shimoliy Amerikadan kuchli jamoalar taklif qilindi. Turnirning o‘zi ham AQSHda bo‘lib o‘tdi. Yarim finalda mezbon jamoa Messi boshchiligidagi “qonxo‘r” argentinaliklarga duch keldi. Leo o‘sha bahsda jarima zarbasidan dahshatli gol urgani bilan esda qolgan. Keyin esa Lavessi bitta gol urgan bo‘lsa, Iguainga dublni rasmiylashtirdi. Ammo, baribir AQSHga qarshi o‘yin Lionelning betakror goli bilan yodda qolgan.

 

9. Kolumbiya – Argentina – 1:2 (JCH-2014 saralashi, 2011 yil 15 noyabr)

Argentina JCH-2014 saralash bosqichidagi dastlabki uchta o‘yinning bittasida g‘alaba qozongan edi. Kolumbiyaga safar Alexandro Sabelya shogirdlari uchun yaxshi yakunlanmasligi mumkin edi. Ammo yana katta sahnaga Messi chiqib keldi. Uchrashuvning birinchi taymi 1:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. Biroq, ikkinchi taym Argentina dahshatli o‘yin namoyish etdi. O‘yin yakunlanishiga 10 daqiqa qolganda Leo hisobni tenglashtirdi va final hushtagi yangrashiga oldidan Serxio Aguyeroning g‘alaba golini nishonladi. O‘sha yili Messi Argentina terma jamoasi sardoriga aylangan edi.

8. Argentina – Ekvador – 3:0 (Amerika kubogi chorak finali, 2021 yil, 5 iyul)

Amerika Kubogi chorak finalida argentinaliklar Ekvador bilan to‘qnash kelishdi va o‘sha paytda terma jamoa bilan hali sovrinlarga ega bo‘lmagan Messi o‘yinni to‘liq o‘z zimmasiga oldi. Uning uzatmalaridan Rodrigo De Paul va Lautaro Martines gol urishdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtida Lionel jarima zarbasini chiroyli tarzda amalga oshirib, o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishni ham uddaladi.

7. Meksika – Argentina – 0:3 (Amerika kubogi yarim finali, 2007 yil 11 iyul)

O‘sha yili 20 yoshli Leo Karlos Teves va Xuan Roman Rikelme bilan ajoyib uchlikni shakllantirdi. Messi 2007 yilgi Amerika kubogi yarim finalida Meksika darvozasiga faoliyatidagi eng chiroyli gollaridan birini urgan edi. Buni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi.

6. Argentina – Bosniya va Gersegovina – 2:1 (JCH-2014 guruh bosqichi, 2014 yil, 15 iyun)

Argentina terma jamoasining JCH-2014 ning ochilish o‘yinida Messi Bosniya va Gersegovina terma jamoasi darvozasiga g‘alaba keltirgan golni kiritdi. Uchrashuvdan keyin Leo ushbu golning ahamiyati haqida gapirdi:

—2006 yilgi jahon chempionatida serblar darvozasiga gol urishga muvaffaq bo‘ldim, ammo jahon chempionatidagi ikkinchi golimni sakkiz yil kutdim. Biz turnirda g‘alaba qozonmoqchimiz. Bosniya ustidan g‘alaba qozonganimizdan xursandman.

5. Argentina – Serbiya – 6:0 (JCH-2006 guruh bosqichi, 2006 yil 18 iyun)

Gelzenkirxene bo‘lib o‘tgan o‘yinda Messi jahon chempionatidagi ilk golini urdi. Xose Pekerman uchrashuvning so‘nggi 20 daqiqasida 18 yoshli vunderkindini maydonga tushirdi. 80 daqida Leo uchun Ernan Kresponing goliga uzatma berish va  keyin o‘zi gol urib, o‘yinga nuqta qo‘yishi uchun yetarli bo‘ldi. Bu Messining Argentina terma jamoasi safidagi o‘ninchi o‘yini edi — 2 gol.

4. Argentina – Nigeriya – 3:2 (JCH-2014 guruh bosqichi, 2014 yil, 25 iyun)

Bosniya va Gersegovina ustidan qozonilgan g‘alabadan 5 kun o‘tib, Messi 90+1 daqiqada gol urib, terma jamoasiga Eron ustidan g‘alaba qozonishga yordam berdi. So‘nggi turda esa Amerika qit’asi vakillari Nigeriya bilan o‘ynadi. Leo afrikaliklarga qarshi bahsda Argentina terma jamoasini ikki marta hisobda oldinga olib chiqdi, biroq uning har bir goliga Ahmad Musa javob qaytardi. Uchrashuv oxirida esa Markos Roxoning goli Messi boshchiligidagi jamoaga g‘alaba keltirdi.

3. Argentina - Braziliya - 4:3 (o‘rtoqlik o‘yini, 2012 yil 9 iyun)

Janubiy Amerika klassikasi Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tdi. Argentina va Braziliya terma jamoasi o‘rtasidagi o‘yini 82 000 tomoshabin bevosita tribunadan tomosha qildi. Argentinaliklar o‘yin davomida ikki marta hisobda ortda qolishdi (0:1 va 2:3), Lionel Messi esa ikki marta uchrashuv ssenariyini o‘zgartirib, jamoasini oldinga olib chiqdi va uning xet-triga evaziga Argentina irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

2. Braziliya – Argentina – 0:1 (Final Amerika Kubogi, 2021 yil, 10 iyul)

Albatta, Messining terma jamoa libosidagi eng ajoyib o‘yini bu emas. Ammo, muhim va uzoq kutilgan g‘alaba: Anxel Di Mariyaning goli argentinaliklarga Amerika Kubogi finalida Braziliya ustidan g‘alaba qozonishga yordam berdi. Messi esa nihoyat terma jamoasi bilan ilk sovrini qo‘lga kiritdi.

1. Ekvador – Argentina – 1:3 (JCH-2018 saralashi, 2017 yil, 10 oktyabr)

Bu butun Argentina futboli tarixida qora kun bo‘lishi mumkin edi, lekin Lionel Messi bunga yo‘l qo‘ymadi. Argentina terma jamoasi JCH-2018 Janubiy Amerika qit’asi saralash bosqichining so‘nggi bosqichidagi to‘rtta o‘yinni g‘alabasiz yakunladi. Ular Rossiyadagi jahon chempionatini o‘tkazib yuborish xavfi juda yuqori edi, ammo... Mezbonlar birinchi daqiqadayoq hisobni ochishganidan keyin vazifa yanada qiyinlashdi. Argentina o‘yinga qaytdi deb ham aytmagan bo‘lardik, balki, Leo Messining yakka o‘zi barchasini hal qildi: uning xet-triki 3:1 hisobidagi irodali g‘alaba va jahon chempionati yo‘llanmasini ta’minladi.

Kiritildi: 22:02, 24.06.2022. O'qildi: 3497 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик