Bugun 16 may, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Buyuk klubning sehrli/mojaroli qaytishi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Nihoyasiga yetgan mavsum-2021|2022ni Chempionship turnir jadvalida 1-2-o‘rinlarda yakunlagan «Fulxem» va «Bornmut» klublari to‘g‘ridan-to‘g‘ri APLga yo‘llanma oldi.

Elita uchun ajratilgan yana bir chipta taqdiri esa 3-6-pog‘onalardan joy olgan 4ta ishtirokchi o‘rtasidagi «pley-off» bosqichida hal qilindi. O‘ziga xos mini turnirda esa «Nottingem Forest» g‘olib chiqdi. To‘g‘ri, vaqtida Yevropaning eng kuchli klubi sifatida e’tirof etilgan buyuk «Forest»ning elitaga qaytishi mojaro bilan uyg‘unlashib ketdi.

Hakam 2ta yaqqol  penaltini belgilamadi...

«Pley-off» bosqichi finalida kutilganidek, Chempionshipning 3 («Xaddersfild») va 4 («Nottingem Forest»)-jamoalari maydonga tushdi. Muhtasham «Uembli»da tashkillashtirilgan va murosasiz tus olgan bahs taqdirini «rikoshet» holatidan yuzaga kelgan yagona gol hal qildi. Xullas, «Xaddersfild» avtogol tufayli APL qatnashchilari ro‘yxatiga kirolmadi. Vaholanki, bu jamoa mavsumning yakuniy 2 oyi davomida mag‘lubiyat nimaligini bilmagandi. Umuman, «Xaddersfild» butun ikkinchi davra masofasini bir maromda bosib o‘tgandi. Hal qiluvchi o‘yindan keyin muxlis va mutaxassislar asosan 2ta vaziyatni muhokama qildilar. Gap uchrashuvning 73 va 83-daqiqalarida kuzatilgan holatlar haqida ketmoqda. Xulosalarga qaraganda, hakam har ikkisida «Forest» darvozasi tomon penalti belgilashi lozim edi. Chunonchi, «Xaddersfild» hujumchilarini «Forest» himoyachilari o‘z jarima maydonlari ichida chalib yiqitishdi, boz ustiga, to‘pga teginolmadilar. O‘yin qoidasi buzilgani yaqqol ko‘rinib turgan bo‘lsada, VAR hakami Pol Tirni referi Jonatan Mossni monitor qarshisiga taklif etmadi negadir. E’tiborli tomoni, har ikkisi APLning doimiy hakamlari guruhida.

Aytish o‘rinli, Angliyada monitorga taklif etilgan hakam takroriy lavhalarni ko‘rganidan keyin o‘z qarorini o‘zgartiradi, albatta. Raqamlarda aytsak, APLning avvalgi mavsumida referilar 120 marta monitorga yaqinlashdilar va barcha holatlarda boshlang‘ich qarorlarini bekor qilishdi. Qisqasi, turli ligalardan farqli ravishda, APLda VAR faqat yaqqol xatolik aniqlangan palladagina bosh hakamni ekranga chaqiradi. APLdagi hakamlik ishlarini muhokama qilib boruvchi ESPN jurnalisti Deyl Jonsonning fikricha, dastlabki vaziyatda VAR ishga aralashmasa ham bo‘laverardi, lekin 2-holat shubhasiz, penaltiga tortardi: «VAR ikkinchi vaziyatda 11 metrlik nuqtaga ishora qilishi shart edi». Qizig‘i, 51 yoshli Mossning hakamlik faoliyati shu mojaroli o‘yin bilan nihoyasiga yetdi. Uning finaldan ke­yin APL hakamlari menejeri lavozimini egallashi oldindan e’lon qilingandi. Qisqasi, Chempionship «pley-off» bosqichi finali Moss­ga xayrlashuv uchrashuvi sifatida topshirilgandi.


«Nottingem Forest»  180 mln. funt oladi
Ha, APLning 3-yo‘llanmasi sohibi yetakchi uchlik vakiliga xos o‘yin ko‘rsatolmagan bo‘lsada, yakunda katta rag‘batga ega chiqdi. Umuman, mavsum davomida ham «Forest»ning elitaga qaytishiga ishonch yo‘q edi. Tarkibning umumiy qiymati bo‘yicha Chempionshipda 5-klub sanalgan Nottingem drujinasi natija bobida yetakchi beshlikdan chetda qoldi. Masalan, ochkolar soni bo‘yicha 6-natijani qayd etdi, lekin naq 11ta jamoadan ko‘proq gol qo‘yib yubordi. To‘g‘ri, «Forest» mahsuldorlik bobida ancha tetik ko‘rindi - 73ta gol (ligada 3-yaxshi ko‘rsatkich. 

Jamoa o‘yinidagi ijobiy o‘zgarishlar bosh murabbiy lavozimiga Stiv Kuperning tayinlangani bilan izohlanadi. U 2021 yilning sentyabr oyida boshqaruvni qo‘lga olganida, «Forest» 8ta turdan keyin so‘nggi - 24-o‘rin (!!!)da borayotgandi. O‘sha payt klubning elitaga chiqishidan ko‘ra, Chempionshipda qolish-qolmasligi muhimroq masala edi o‘z-o‘zidan. Qarangki, «Forest» yakunda APL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Kuper ochiq futbol tarafdori - bunga uning jamoasi ko‘p gol urish barobarida ko‘p qo‘yib yuborgani ham dalolat. Murabbiy bu borada unga ispaniyalik kasbdoshi Xose Segura kuchli ta’sir ko‘rsatganini oshkora tan olgandi. Ular «Liverpul» akademiya­sida hamkorlik qilishgan. Hujumkor uslub futbolchilar mahoratini oshirishda ham muhim rol o‘ynagani ta­yin. Endi «Forest» vakillariga xaridorlar ko‘p. Jamoa Angliya kubogida «Arsenal» va «Lester» kabi raqiblarni mahv etgach, e’tibor darajasi yanada oshdi. Deylik, o‘ng qanot himoyachisi Jed Spens anchadan buyon APLning kuchli klublari nazarida. Aslida «Forest»ning eng qimmatbaho futbolchisi - hujumkor yarim himoyachi Brennan Jonson (15 mln. yevro). Uels terma jamoasi safida 10 marta maydonga tushishga ulgurgan 21 yoshli iqtidor 19ta gol va 9ta samarali uzatma bilan Chempionshipning eng effektli yosh futbolchisi bo‘ldi. Hozirda Jonsonga «Everton» befarq emas, lekin «Forest»da o‘z yetakchilarini qo‘yib yuborish niyati yo‘q. Chunonchi, klub byudjeti transferlarsiz ham sezilarli darajada kattalashdi. Har holda, «Forest» Chempionship «pley-off» bosqichi finalidagi g‘alaba va APLga chiqqani ortidan 180 mln. funt oladi.

Kloppni nega uyaltirishdi? 
Yakunlangan mavsum «Arsenal» va «Lester»ni Angliya kubogi turniridan chiqarib yuborgan «Forest» keyinchalik nufuzli sovrinning bo‘lajak sohibi «Liverpul»ga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. O‘sha uchrashuv arafasida kasb­doshlarimiz Yurgen Kloppga «Forest» haqida savol berishganida, u raqib haqida hech qanday ma’lumoti yo‘qligini aytdi: «Nottingemni faqat bolalik payti o‘qilgan Robin Gud orqali bilaman...». Klopp mazkur sha’masi tufayli muxlislarning jiddiy tanqidlariga uchradi: «Nottingem»da Yevropaning eng yaxshi jamoasi maqomi senikidan ko‘proq, Yurgen

«Forest» YECHKning ikki karra g‘olibi
Ha, 1979 va 1980 yillarda asosiy  yevrokubok - YECHK turnirida aynan «Nottingem Forest» g‘alaba nashidasini surgan. E’tiborlisi, «Malmyo» (Shvesiya) ham, «Gamburg» (Germaniya) ham finalda Ang­liya chempioniga bir xil - 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. O‘sha zafarning bosh ijodkori - Brayan Klaf. Ushbu mutaxassis muxlislarni juda ko‘p lol qoldirgan: ikkinchi ligadan chiqqan «Derbi Kaunti» boshqaruvida Angliya chempionatida g‘olib chiqqan murabbiy maqomida «Forest»ni qabul qilgani, yangi jamoasini elitaga olib chiqqani va bosh sov­rin sari yetaklagani bilan. Klaf shundan keyin klub futbolidagi eng nufuzli sovringa ham qo‘l cho‘zgandi. Tabiiyki, o‘rni kelganda, Kloppga  «Forest» noshud jamoa emasligini ham tushuntirib qo‘yishdi. Shu tariqa germaniyalik murabbiy may oyi oxirida to‘satdan «Nottingem Forest»­ni eslab qoldi va taqdimot marosimida xatosini tan oldi: «Barcha kasbdoshlarimga kattakon rahmat. Misol uchun, Stiv Kuperning amalga oshirgan ishi aqlga sig‘mas hodisalar sirasiga kiradi». Darhaqiqat, Stiv Kuper jamoasining mavsum startidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin APLga yo‘l olgani - aql bovar qilmas voqelik.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:25, 25.06.2022. O'qildi: 1623 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик