“Vest Xem” yangi mavsumda Konferensiya ligasida g‘alaba qozonishga va APLda kuchli to‘rtlik kirishga tayyorlanmoqda
Mavsum yakuniga ko‘ra, “Vest Xem” APLda yettinchi o‘rinni egalladi va Yevropa ligasining yarim finaliga yo‘l oldi. Devid Moyes jamoasi bundanda ko‘proq narsaga erishishi mumkin edi, ammo klub tarkibdagi rang-baranglik masalasida oqsadi. “Bolg‘achilar” yozda aynan shu narsa ustida ishlashadi. “Renn” markaziy himoyachisi Naif Ager allaqachon shartnoma imzolagan va Areolya shartnomasida ba’zi kichik tafsilotlarni ishlab chiqish kerak. Fransiyalik darvozabon o‘tgan mavsumni “Vest Xem”da ijara asosida o‘tkazgan bo‘lsa, endilikda londonliklar “PSJ”dan Alfonsni sotib olishadi va u bilan 5 yillik shartnoma imzolashadi.
Muxlislar, ayniqsa, Maykl Antonio yakka o‘rnashib olgan markaziy hujumchi pozisiyasida yangi iqtidorlarni kutishmoqda. So‘nggi mish-mishlarga qaraganda, jamoada “Napoleon rejasi” bor. “Bolg‘achilar”ning qisqa ro‘yxatidan hujumchi Armando Broya, vingerlar Jessi Lingard (erkin agent) va Arno Danjuma (“Vilyarreal”), shuningdek, markaziy yarim himoyachi Jeyms Uord-Prouz ham bor. Agar “Vest Xem” ushbu futbolchilarning barchasini o‘z safiga qo‘shib olsa, keyingi mavsumda Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashishi shart bo‘ladi.
“Manchester Yunayted” transferlar masalasida o‘zining sustkashligi bilan ten Xagning muvaffaqqiyatga erishish imkonyaitlarini pasaytirmoqda
Bugun “Manchester Yunayted”dagi vaziyat atroflicha muhokama qilinyapti. “MYU”da hali transferlar yo‘q, ular faqat orzu qilishlari mumkin. Jamoa Frenki de Yongni qo‘lga kiritmoqchi, Kristian Eriksenni taklif qilmoqchi. Erik ten Xag taklifi bilan “Ayaks” futbolchilariga ko‘z tikmoqda. Aytgancha, Gollandiyada “Manchester Yunayted”da ishlash ten Xag uchun katta umidsizlikka aylanadi, degan fikr ommalashib bormoqda. Gollandiyalik jurnalist Marsel van der Kranning fikricha, Erikni dahshatli mavsumoldi jarayyonlari kutmoqda, chunki “Manchester Yunayted” birorta ham o‘yinchi bilan shartnoma imzolamagan va jamoa katta qiyinchiliklarga dosh berishga tayyor emas.
“Arsenal”da uchta rasmiy, yana uchta noramiy transfer: eng katta yulduz – Gabriel Jezus
“MYU”dan farqli o‘laroq, “Arsenal” Chempionlar ligasiga yo‘l olmagani va yevrokuboklarga qaytmagani uchun transfer bozorida keskin yurishlarni amalga oshirmoqda. Iyun oyida “kanonirlar” avvaliga 19 yoshli “San-Paulu” vingeri Markinyosning transferi bo‘yicha kelishib oldi, keyin “Portu” hujumkor yarim himoyachisi Fabio Viyeyra bilan 35 million yevroga shartnoma imzoladilar va bugun AQSHning “Nyu Inglend Revolyushn” klubidan darvozabon Mettyu Tyornerni sotib olish bo‘yicha kelishuvni yakunladilar.
Bunday faollikka qaramay, “Arsenal”ning yozgi asosiy transferlari hali oldinda: Argentina terma jamoasi himoyachisi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Londonga kelishi kerak. Ma’lum bo‘lishicha, “Arsenal” “Ayaks” bilan Lisandro Martinesni sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Hozircha kelishuvga erishilmagan, ammo klublar keyingi muzokaralarda murosaga kelishlari mumkin. Ayni paytda ishonchli manbalar “Arsenal” va “Man Siti” Gabriel Jezus bo‘yicha 45 million funt sterling evaziga prinsipial kelishuvga erishilganini tasdiqladi.
Antonio Konte “Tottenxem”ni buyuk jamoaga aylantirmoqchi.
Konte “Tottenxem” transfer bozorida juda ishbilarmon va yetuk, umidsiz loyihani qabul qilmaydigan Antonio Kontening ta’sirini his qilish mumkin. “Shporlar” Ivan Perishich va Freyzer Forster bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolashdi va “Brayton” yarim himoyachisi Iv Bissuma uchun 29 million yevro to‘lashdi. “Tottenxem” bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas, bugun esa londonliklar “Everton”ga “paket taklif” tayyorlayotgani malum bo‘ldi.
“Tottenxem” Mersisayd klubidan ikki futbolchini – braziliyalik hujumchi Risharlison va 21 yoshli qanot himoyachisi Entoni Gordonni xarid qilishga urinib ko‘radi. Jamoa ularni kelajak uchun to‘g‘ri tanlov, deb hisoblaydi. Qolaversa, Antonio Kontega yana bir markaziy himoyachi kerak. Nomzodlar orasida “Barselona”dan Kleman Langle va “RB Leypsig”dan Yoshko Gvardiol bor. “Tottenxem” yangi mavsumda o‘zini qandaydir sovrin yutmoqchidek tutadi.
“Chelsi” Rahim Sterling bo‘yicha “Man Siti”ga taklif bilan chiqdi
“Chelsi”ning texnik direktori va sport maslahatchisi bo‘lgan Petr Chex klubni tark etdi. “Aristokratlar” turli transfer yo‘nalishlarida paydo bo‘lmoqda, hozircha jamoa hali hech bir futbolchi bilan shartnomani yakunlagani yo‘q. Ammo londonliklar yangi yulduzni qidirmoqdalar.
“Chelsi” Rahim Sterlingni “Manchester Siti”dan olib ketishga harakat qilmoqda. “Shaharliklar” muloqotga ochiq, biroq hozircha o‘zlariga to‘liq mos keladigan taklif olgani yo‘q. Rahimning “Siti” bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi va uning ketish istagi klubni harakat qilishga majbur qilmoqda.
Tomas Tuxel allaqachon Sterling bilan futbol o‘ynash masalalarini ishlab chiqmoqda, biroq birinchi navbatda pul “gapirishi” kerak. “Manchester Siti” o‘z futbolchisi uchun 50 million funt talab qilmoqda, “Chelsi” esa narxni pasaytirmoqchi. Sterlingga qiziqish nihoyatda jiddiy, ammo nomzodlar orasida Risharlison va “Barselona” bilan shartnomasi shu hafta yakuniga yetadigan Usmon Dembeleni uchratish mumkin.
“Liverpul”ning kelasi yil uchun maxsus rejalari bor
Barcha narsani oldindan rejalashtirgan bitta klub bo‘lsa, u ham “Liverpul”dir. Ushbu yozda “qizillar” Sadio Maneni “Bavariya”ga qo‘yib yubordi va Darvin Nunyesni markaziy hujum chizig‘iga qo‘shib oldi. Shuningdek, mersisaydliklar “o‘sish uchun” ikkita transferni amalga oshirishdi, 19 yoshli Fabio Karvalyu va 18 yoshli Kalvin Remzi birgalikda 10 million yevroga tushdi. “Liverpul”da ustuvor transfer vazifalari qolmagan, ammo kelajak uchun ulkan rejalar mavjud.
Mersisaydliklar Muhammad Salohning ketishiga tayyor bo‘lishi kerak, klubda misrlik futbolchining o‘rniga nomzodlar ro‘yxati allaqachon mavjud. 2023 yilda esa Yurgen Klopp Dortmundning “Borussiya” klubidan Jud Bellingemni sotib olmoqchi. Gvardiola ham yosh angliyalikni hayratda qoldiradi, ammo “Manchester Siti” Kalvin Fillipsni sotib olib, yarim himoyachilar borasida ulkan raqobatini yaratadi. Klopp esa Judni boshlang‘ich tarkib va’dasi bilan jalb qilmoqchi. Biroq “Liverpul”ning boshqa davlatdan xavfli raqib bor: “Real” Bellingemni 2023 yilgi transfer rejalariga kiritgan.
“Manchester Siti” nafaqat sotadi, balki sotib ham oladi
“Shaharliklar” ikki futbolchini APLning “katta oltilik” klublariga qo‘yib yuborishi mumkin: Sterlingni “Chelsi”ga, Jesusni “Arsenal”ga. Gvardiola aytganidek, u o‘z jamoasida norozi o‘yinchilarni ko‘rishni istamaydi. Ammo norozi bo‘lgan futbolchidan qutulsa, o‘z o‘rnidan qoniqadigan o‘yinchi bilan shartnoma imzolashi kerak. “Manchester Siti” allaqachon Erling Xolandni qo‘lga kiritdi va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Kalvin Fillips navbatdagi transfer maqsadi bo‘lib turibdi. “Lids” bilan kelishuv yakunlanish arafasida va bu transfer Angliya chempioniga 45-50 million yevroga tushadi.