Bugun 1 mart, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • 1:1
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • 3:1
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • 1:2
      • Napoli
      • 01.03.2026 00:45
      • Inter
      • -:-
      • Jenoa
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • 2:0
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • 4:1
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • 0:1
      • Real Sosyedad
      • 01.03.2026 01:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • 2:0
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • 3:4
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • 5:2
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • 2:3
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • 0:1
      • Manchester Siti
  • Superliga
      • 28.02.2026 18:45
      • Neftchi
      • 3:0
      • Mash’al
      • 28.02.2026 19:00
      • Lokomotiv
      • 3:1
      • Surxon
      • 28.02.2026 19:15
      • Dinamo
      • 1:2
      • Navbahor
      • 01.03.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 01.03.2026 19:15
      • Nasaf
      • -:-
      • Xorazm
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Andijon 1 3
2 Neftchi 1 3
3 Lokomotiv 1 3
4 Paxtakor 1 3
5 Navbahor 1 3
6 Buxoro 1 3
7 Bunyodkor 0 0
8 Nasaf 0 0
9 OKMK 0 0
10 Xorazm 0 0
11 Dinamo 1 0
12 Qo‘qon-1912 1 0
13 Surxon 1 0
14 Qizilqum 1 0
15 Mash’al 1 0
16 So‘g‘diyona 1 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
1-тур Andijon 4-0 So‘g‘diyona
1-тур Paxtakor 2-0 Qizilqum
1-тур Neftchi 3-0 Mash’al
1-тур Lokomotiv 3-1 Surxon
1-тур Dinamo 1-2 Navbahor

Navbatdagi o'yinlar.

01/03/26 OKMK - Bunyodkor
01/03/26 Nasaf - Xorazm

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Darvin Nunyes: «Yirtqichlar to‘dasi»da o‘ynash – orzu»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Liverpul» bir hafta muqaddam, ya’ni 14 iyun kuni «Benfika» hujumchisi Darvin Nunyes bilan shartnoma tuzganini rasman tasdiqladi.

Urugvaylik futbolchi endi «qizillar»ning 27-raqamli formasida maydonga tushadi. E’tiborlisi, «Liverpul» rasmiy sayti kelishuv imzolanganidan keyinoq Nunyesni alohida suhbatga tortdi.

- Darvin, «Liverpul» oilasiga xush kelibsiz! Ayni damda nimalarni his qilyapsiz?

- Rahmat! «Liverpul»dek megajamoa safiga qo‘shilish har qanday futbolchiga o‘zgacha tuyg‘ular bag‘ishlaydi, albatta. Avvalo, men uchun hamisha g‘urur manbai sanalgan mahbubam, ota-onam va o‘g‘limga minnatdorchilik bildiraman. Zero, ular professional fao­liyatimning turli bosqichlarida g‘oyat muhim rol bajarishdi. Bunday buyuk klubning bir qismiga aylanish yoqimli va cheksiz baxt!

- Klub bazasini, maydonni aylanib chiqdingiz, sovrinlarni ko‘rdingiz. Shu asnoda «Liverpul» tarixi haqida qo‘shimcha ma’lumot oldingiz. Hozirgi haqiqatni nechog‘li anglayapsiz?

- Ha, shubhasiz, shunday jamoa bilan shart­noma tuzganingizga birdan ishonishingiz qiyin. Bazaga kirgach, barchasi qanday tartibga solinganidan hayratda qoldim. Sovrinlar esa ruhimni ko‘tardi. Bu yerda ko‘proq sovrin yutishingizga ishonchingiz ortadi. Klub muzeyiga qarab, o‘z-o‘zidan pichirlaysiz: «O, endi shu jamoaning bir bo‘lagiman». Umuman, «Liverpul»ni tanlaganimning asosiy sababi ham shu - sovrinlar va unvonlarga ko‘milishni istayman.

- Hozirgi «Liverpul» aynan qaysi jihati bilan sizga mos tushadi?

- Jamoaga qarshi o‘ynab ko‘rganman, qolaversa, CHLdagi o‘yinlarini kuzatganman. O‘ylaymanki, klub uslub bo‘yicha menga juda yaqin. Tarkibda kuchli futbolchilar ko‘p va menimcha, o‘z o‘yinim bilan jamoaga kirishib ketishda uncha qiynalmasam kerak.

- «Enfild»da «Liverpul»ga qarshi o‘ynaganingizda qanday holatga tushgansiz?

- Arenadagi muhit ajoyib edi. Bunday shovqinli stadionda to‘p surish - katta tajriba. Bolalikdan aynan muxlislar bilan to‘lib-toshgan tribunalar ostida o‘ynashni orzu qilganman. Yashirmayman, o‘sha uchrashuvdan so‘ng bu yerda doimiy o‘ynash ajoyib bo‘lishi haqida o‘ylagandim. Qarang, endi «Enfild»daman va bunday imkoniyat yaratgani uchun klubdan minnatdorman.

- Virjil van Deyk sizni jahon futbolining asosiy iqtidorlaridan biri sifatida ta’riflagan videoni ko‘rdingizmi? Endi u bilan bitta jamoada o‘ynaysiz...

- Boshqa klub futbolchisidan maqtov eshitish hamisha yoqimli. Van Deykdek kuchli va tezkor himoyachining meni e’tirof etganidan o‘zgacha faxrlanganim ham rost.

- «Liverpul» haqida Luis Suares bilan ham gaplashdingizmi?

- Hali yo‘q. Lekin qo‘ng‘iroqlashamiz yoki yozishamiz, albatta. Unga klub bazasida tushgan suratimni yubormoqchiman. Bunda Suaresning surati ham kadrdan joy oladi. Ha, menda Luisga beradigan savollar ko‘p. Axir u «Liverpul»da tarix yaratgan urugvaylik, demak, ko‘p narsadan xabardor.

- Bosim sezilyaptimi yoki bunga shunchaki, imkoniyat sifatida qarayapsiz?

- Yo‘q, ortiqcha bosimni sezmayapman. «Benfika» libosini kiyganimda ham xuddi shunday savol berishgandi. O‘ylaymanki, futbolchi tashqi e’tiborga parvo qilmasligi, aksincha, o‘ziga bosim yaratishi kerak. Jamoada yo‘qolib qolmaslik uchun ishga to‘g‘ri yondashishda davom etishim, kamtarlikni unutmasligim va bir urinishda natija ko‘rsatishim kerak.

- Hali yoshsiz, lekin muxlislar darhol gollar kutishadi. Bunga tayyormisiz?

- Gol urish-urmasligim - ikkinchi masala. Birinchisi - jamoaga maksimal darajada naf keltirish. To‘g‘ri, hujumchi gol bilan tirik, buni tushunaman. Yaxshi boshlab olsam, bas. Qolgani o‘z-o‘zidan rivojlanadi. Ayni payt yigitlar bilan tanishish imkonini beradigan mashg‘ulotlar jarayo­ni boshlanishini intiq holda kutyapman.

- O‘tgan mavsum ko‘p gol urdingiz, ammo «Liverpul» hujumida raqobat juda baland...

- Jamoa hujumining bir qismi bo‘lishimni o‘ylasam, hayajon bosyapti. Yuqori sifatga ega mega futbolchilar - Firmino, Jota, Luis Dias, Saloh...To‘g‘risi, bunday «yirt­qichlar guruhi»da o‘ynash - orzu. Bolaligimdan Yevropaga intilganman, lekin hech qachon «Liverpul» darajasiga chiqishni o‘ylamagandim. Bu yerda hammasi yoqdi, sevgilim ham baxtiyor. Agar u quvnoq yursa, men ham baxttiyorlikni tuyaman. Chunki hammasining asosi - oila. Raqobatga kelsak, bu o‘sishimga yordam beradi, menimcha.

- Yurgen Klopp bilan ishlash imkoniyati haqida qanday fikrdasiz?

- Har qanday futbolchi uchun murabbiy munosabati muhim. O‘ylaymanki, Klopp o‘yi­nimni kuchaytirishda yaqindan yordam beradi. Firmino va boshqa tajribali futbolchilar ko‘magidan ham umidvorman. 22 yoshdaman va hali ko‘p o‘rganishim kerak. Bu masalada Klopp bilan ishlash - ayni muddao! Barchasi endi boshlanadi. Avvalo, oilam bilan biroz hordiq chiqaraman, keyin mavsumoldi mashg‘ulotlariga kirishaman. Oldinda meni zavqli ishlar kutib turganiga ishonchim komil.

- Oxirgi savol: muxlislar uchun biror inglizcha iborani o‘rgandingizmi?

- Hozircha ingliz tili bo‘­yicha no‘noqroqman, lekin o‘rganaman, albatta. Chunki futbolchi uchun til bilish muhim. Hozircha bitta ibora aytishim mumkin: «Boss!»

Darvin Nunyes «Liverpul» tarixidagi ikkinchi qimmatbaho futbolchiga aylandi. «Qizillar» birgina Virjil van Deyk transferiga urugvayliknikidan ko‘proq sarflashgan - 84,65 mln. yevro.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:58, 30.06.2022. O'qildi: 3440 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Андижон Dragan Cheran 1
2 Андижон Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 1
3 Пахтакор Doston Hamdamov 1
4 Пахтакор Piotr Pajishek 1
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 1
6 Навбаҳор Zabihillo O‘rinboyev 1
7 Локомотив Muhammadali Reimov 1
8 Локомотив Quvonchbek Abrayev 1
9 Локомотив Lazizbek Mirzayev 1
10 Сурхон Chinedu Stefan 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.