Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Tottenhem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Murabbiylar: Katta savol – plyusmi yoki minus?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Savol: Joze Mourinyoning mavsum-2021|2022dagi faoliyatiga qanday matematik belgi qo‘yish kerak - minusmi yoki plyus?

 Bu bir qarashda o‘ta jo‘n, ikkinchi tomondan ancha murakkab masala. Birinchidan, «Roma» boshqaruvini qo‘lga olgan portugaliyalik Italiya «A» seriyasida kutilgan natijani ta’minlay olgani yo‘q. Ikkinchidan, «Benazir» o‘z kolleksiyasiga yana bir yevrokubokni qo‘shib qo‘ydi. Ha, Konferensiyalar Ligasi Yevropada grand­lar tan oladigan turnir emas, ammo fakt shuki, bu yevrokubok, baribir.


ENDI TOP-4 HAM  ORZU...

Joze Mourinyo yoxud «Benazir»ning murabbiylik fao­liyati oldingidek emasligi tayin. Har holda, portugaliyalik mutaxassis «A» seriyada «Roma»ni Rim kutgan darajaga ko‘tara olgani yo‘q. Ha, «bo‘rilar» uning boshqaruvida Konferensiyalar Ligasi g‘olibiga aylanishdi, lekin bu boshqa masala. Binobarin, rimlik tiffozilar Eldor Shomurodov jamoasidan avvalo, «A»da yuksalishni kutishgandi. Yakuniy 6-o‘rin esa ular kutgan natija emas, albatta. Chunonchi, Mourinyoni Rimga jamoani loaqal sov­rindorlar qatoriga yetaklashidan umidvor holda taklif etishgandi. Umuman olganda, Joze Mourinyo murabbiylik ishida jamoalari bilan qatorasiga 2-marta milliy liganing kuchli 4taligiga kirolmadi. «Benazir»ning faoliyatida bunday omadsiz seriyasi birinchi marta kuzatilganini ham aytish kerak. Eslatma, Joze mavsum-2020|2021ni «Tottenxem» bilan APLning 7-o‘rnida yakunlagandi. Aynan shu uning mustaqil ish davridagi eng past natija hisoblanadi. Qolaversa, Joze Mou milliy chempionatlarda atigi 3 marta kuchli 4talikni zabt etolmagan, xolos (2 marta 6-o‘rin va 1 marta 7-o‘rin). Shu omadsizliklarning barchasi oxirgi 4 mavsumga to‘g‘ri kelgani uning murabbiylik falsafasi eskirganidan dalolatmi? Aytish qiyin.

* Joze Mourinyo uchun fao­liyatidagi dastlabki 4 mavsum oltin davr hisoblanadi. Zero, u bu oraliqda «Portu» va «Chelsi» bilan 2 martadan chempionlik nashidasini surgandi.

* Mavsum-2009|2010 Joze Mourinyo uchun eng omadlisi sanaladi. Portugaliyalik o‘shanda «Inter»ni «trebl» sari boshlagandi.

* Joze Mourinyo mustaqil murabbiylik faoliyatidagi dastlabki 10 mavsumda milliy chempionatlarda 2-o‘rindan pastini tan olmagan. U bu orada 4ta chempionat (Portugaliya, Angliya, Italiya va Ispaniya)da 4ta klubni boshqargandi.


YEVROKUBOK KERAKMI, MOUNI CHAQIRING! 

Joze Mourinyoning murabbiylik faoliyati voqealar va turli-tuman faktlarga boy. Ijobiy faktlardan biri esa, yevrokuboklarga daxldor. Mana, portugaliyalik mutaxassis bu yil «Roma»ni 50 yildan keyin Yevropa miqyosidagi turnirda g‘alaba tomon yetakladi. Ha, Rim klubi naq yarim asrdan buyon yevroarenada sovrin nimaligini bilmayotgandi. Qarang, Joze keldi, ko‘rdi va birdaniga klubning 1961 yili boshlangan «quruq» seriyasiga qarata zarba berdi («Roma» oxirgi marta Yarmarkalar kubogida zafar quchgandi). Aytish joiz, muayyan jamoaning yevroarenadagi omadsizligiga chek qo‘yish Mou uchun o‘ziga xos odatga aylanib ulgurgan. Har holda, u naq 4ta klubning qit’a miqyosidagi «quruq» seriyasiga barham bergani bilan alohida maqtanishga haqli. Oddiy aytganda, «Benazir» bunga qadar «Portu»ni 16 yil, «Inter»ni 12 yil, «MYU»ni esa 9 yillik tanaffusdan keyin yevrokuboklarda g‘alaba tomon boshlagandi. Mana, Mou bu safar «Roma»ning 50 yillik omadsizligiga nuqta bosdi. Demak, Yevropa jamoalari prezident yoki rahbarlariga xitob: «Evrokuboklardagi omadsiz seriyani uzish kerakmi? Unda Joze Mourinyoga qo‘ng‘iroq qiling!»

* Joze Mourinyo «MYU»ni afsonaviy Aleks Fergyusondan keyin Yevropa maydonlarida g‘alaba sari yetaklagan yagona murabbiy. 

REYTINGDA 3-O‘RIN! 

Konferensiyalar Ligasi kubogi Joze Mourinyo uchun faoliyatidagi 25-sovrin bo‘ldi! O‘ziga xos yubiley! 2000 yildan buyog‘ini hisobga olsak, Mou Yevropada jami jamoaviy sovrinlar soni bo‘­yicha 3-o‘rinda. Hozirda ushbu reytingni ispaniyalik Xosep Gvardiola boshqarib turibdi - 32ta sovrin. Lekin Pep butun faoliyatini elit guruhga mansub jamoalarda o‘tkazmoqda. Har holda, «Barselona», «Bavariya», «Manchester Siti» bilan sovrin yutish va «Portu» yoki «Roma»ni g‘alaba sari yetaklash o‘rtasida farq katta, baribir. Eng sov­rindor murabbiylar reytingida ikkinchi bo‘lib turgan ruminiyalik Mircha Luchesku esa asosan Ukrainada muvaffaqiyat qozongan. Shu faktlarning o‘zi Joze Mourinyo chindan ham «Benazir» maqomiga munosib ekanligiga dalolat! 

* 21-asrda Yevropada atigi 6 nafar mutaxassis 20ta jamoaviy sovrin marrasiga yetgan, xolos.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:29, 01.07.2022. O'qildi: 1880 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик