Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Orelyen Tchuameni: «Bir soniya ham ikkilanmadim...»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Monako»da ko‘zga tashlangan iqtidor Orelyen Tchuameni avvalgi hafta «Real» futbolchisi sifatida rasman tanishtirildi.

«Monako»da ko‘zga tashlangan iqtidor Orelyen Tchuameni avvalgi hafta «Real» futbolchisi sifatida rasman tanishtirildi. Fransiyalik futbolchi marosimdan keyin maxsus matbuot anjumanida ham qatnashib, jurnalistlar savollariga bafurja va ishonch bilan javob qaytardi.

- Orelyen, aytingchi, «Madrid»ga o‘tishda nechog‘li ikkilandingiz? 

- Avvalo, bu yerda sizlar bilan ko‘rishib turganimdan bag‘oyat xursandman. «Real» formasini kiyish orzum ushaldi, nihoyat. «Madrid» - dunyodagi eng yaxshi klub. Albatta, yanada ko‘proq sovrin yutib, klub tarixini boyitishda davom etishdan umidvormiz. Ha, oldimda boshqa variantlar ham bor edi, ammo «Madrid» taklifini eshitgach, mutlaqo ikkilanmadim. Futbolda yorqin iz qoldirishni istayman. O‘ylaymanki, buning uchun eng yaxshi klub - «Real». Zero, eng kuchli futbolchilar hamisha shu jamoaga intilishadi. Shunday ekan, tanlovimda g‘ayrioddiy tomoni yo‘q.

- Taklifni qabul qilishda hamyurtlaringiz Kamavinga va Benzema fikrlariga qiziqdingizmi?

- Benzema va Kamavinganing bu yerda o‘ynashayotgani - mening omadim. Deylik, Eduardoning qisqa vaqtda qanchalik kuchaygani yaqqol ko‘zga tashlandi. Benzema esa hozirgi kunda dunyo futbolidagi eng kuchli hujumchidir. Savolingizga kelsak, muzokara jarayoni boshlangach, Karimning o‘zi menga xat yozib, «Real»da ishlar qanday yo‘lga qo‘yilganini tushuntirdi.

- Umuman, «Madrid» qo‘n­g‘irog‘ini qanday qabul qildingiz?

- Yashirishga hojat yo‘q, bosh­qa klublar bilan muzokaraga kirishgan bo‘lsamda, «Real»dan taklif kutayotgandim. Nihoyat, klub vakillari aloqaga chiqishgach, bir soniya ham ikkilanmadim. Xususan, agentimga darhol kelishuvga erishish zarurligini tayinladim. Mana, endi «Madrid» futbolchisiman - bu fantastika.  Axir bolalik orzum ro‘yobga chiqdi.

- «Qirollik klubi»dagi raqobat taftiga to‘liq tayyormisiz?

- Dunyoning eng yaxshi klubi safiga qo‘shildim, demak, mashg‘ulotlarda aslida nimalarga qodirligimni ko‘rsatishim shart. Tabiiyki, maydonda o‘z joyimni topish uchun qattiq ishlashim kerak. Ha, bu oson emas, lekin agar hozirdan nafaqat noyabrda boshlanadigan JCH, balki kundalik mashg‘ulotlar va «Real»ning o‘yinlari haqida ham bosh qotirsam, o‘ylaymanki, maqsadga erishaman. Umuman, «Real»da o‘ynash - yangi chaqiruv.

- «Yangi Kazemiro» ta’rifiga munosabatingiz...

- Kazemiro butun faoliyati davomida aql bovar qilmas darajada o‘ynadi. Yoshligimdan «Madrid» o‘yinlariga alohida qiziqqanman va aynan tayanch yarim himoyachilarning harakatlaridan o‘zgacha ilhomlanardim. Endi klubda o‘z sahifamni to‘ldirishim kerak - agar 5ta yevrokubok yutsam, tarixim juda zo‘r chiqardi.

- Karlo Anchelotti bilan ishlash qandayligini bilasizmi?

- Murabbiy bilan bir necha hafta oldin gaplashdim, uning men haqimda qanday fikrda ekanligiga qiziqdim. Don Karlo barchasini to‘g‘ri tushuntirdi: «Agar o‘sishda davom etib, dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biriga aylanishni istasang, aynan «Real»ga o‘tishing kerak. Jamoada buning uchun barcha sharoitlar mavjud». Shartnoma ostiga imzo chekkanimdan keyin ham Anchelotti meni o‘z jamoasida ko‘rishdan baxtiyor ekanligini aytdi. Yaxshi murabbiy va shunday inson!

- Boshqa takliflar haqida ham ma’lumot bera olasizmi?

- Fransiya terma jamoasidagi do‘stim Mbappe mavsum yakunida «Monako»dan ketishim aniqligini bilardi. U «PSJ» safiga qo‘shilishimni so‘radi. Lekin o‘zim «Real»ni hamisha birinchi o‘ringa qo‘yganman. Kilian buni to‘g‘ri tushundi va men uchun xursand bo‘ldi.

- Xo‘sh, «Real» o‘yiniga qanday yangilik olib kirishingiz mumkin?

- Jamoaga o‘zgacha uzatmalar, to‘pni olib qo‘yish bilan yordam berishimga ishonaman. Yana jismoniy tomondan raqiblar hujumlarini bartaraf etishda samarali harakatlanaman. O‘ylaymanki, bu yerda yo‘qolib qolmayman.

- Maydonning qaysi hududida erkinroq to‘p surasiz?

- Bolaligimdan markazda, yarim himoyachiga duet bo‘lib o‘ynaganman. «Madrid»ning 4-3-3 taktik chizmasida «6-raqam» pozisiyasida harakatlanarman balki. Lekin «8-raqam» sifatida ham o‘ynay olaman, xuddi terma jamoada bo‘lgani kabi.

- Nega aynan 18-raqamni tanladingiz?

- Faoliyatimda asosan 8-raqam ostida o‘ynadim: kanterada, klubda, terma jamoada. Bu yerda esa «8»ning egasi bor - Toni Kroos. Shuning uchun bo‘sh raqamlardan birini tanlashimni aytishdi va «8»ga o‘xshashi tufayli «18»ni oldim.

- Kumirlaringiz haqida ham gapirib bersangiz...

- Zidan - nafaqat «Madrid», balki butun Fransiya uchun bosh kumir. 2006 yilgi JCHni juda yaxshi eslayman, o‘shanda jamoamiz finalni boy bergan, ammo Zidan ajo­yib taassurot qoldirgandi. Shuningdek, aql bovar qilmas ishlarni davom ettirayotgan Karim Benzema faoliyati ham e’tiborimda. Qisqasi, fransiyalik sifatida aynan Benzema va Zidanga kumir sifatida qaraganman.

- Kun tartibingizda nimalarga alohida e’tibor qaratasiz?

- Amerika madaniyatidan ilhom olaman. Kobi Brayant va Maykl Jordan ishtirokidagi o‘yinlar videosini ko‘p tomosha qilaman - ular afsonaviy sportchilar. Dam olish yo‘q, minimal harakat bilan ham katta muvaffaqiyatga erishishni o‘ylash - xato. Shuning uchun har doim maksimal darajada ter to‘kish, o‘z ustimda ko‘proq ishlashga intilaman. Ayniqsa, «Madrid» kabi jamoalarda muvaffaqiyatga eltadigan boshqa yo‘l yo‘q.

- «Real» bisotidagi 14ta «shalpangquloq» kubok ham faqat oldinga undasa kerak... 

- Albatta. Bu «Madrid»ning chindan ham, maqtovlarga munosibligidan dalolat. Prezident bilan gaplashdim, u klubga yangi sovrinlar kerakligini aniq tushuntirdi. «Real»ning sovrinlar xonasi aql bovar qilmaydigan darajada juda ta’sirli, albatta.

- Transferingiz bahosi bosim yuklamayaptimi?

- Transfer summasi haqida gapirmayman. Bu klublar o‘rtasida masala. Bugungi transferlar bozori avvalgidek emas, lekin ochig‘i, raqamlar meni umuman qiziqtirmaydi. Chunki vazifam boshqa - maydonda eng zo‘rlar qatoriga kirish.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:54, 02.07.2022. O'qildi: 2525 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик