Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 3:2
      • Atletik Bilbao
      • 26.04.2026 17:00
      • Rayo Valyekano
      • 3:3
      • Real Sosyedad
      • 26.04.2026 19:15
      • Real Ovyedo
      • 1:2
      • Elche
      • 26.04.2026 21:30
      • Osasuna
      • 2:1
      • Sevilya
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 2:1
      • Selta
      • 28.04.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Levante
  • «A» Seriya
      • 26.04.2026 15:30
      • Fiorentina
      • 0:0
      • Sassuolo
      • 26.04.2026 18:00
      • Jenoa
      • 0:2
      • Komo
      • 26.04.2026 21:00
      • Torino
      • 2:2
      • Inter
      • 26.04.2026 23:45
      • Milan
      • 0:0
      • Yuventus
      • 27.04.2026 21:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Atalanta
      • 27.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Udineze
  • Superliga
      • 27.04.2026 19:00
      • Mash’al
      • 0:1
      • Buxoro
      • 27.04.2026 19:00
      • OKMK
      • 2:1
      • Lokomotiv
      • 28.04.2026 19:00
      • Andijon
      • -:-
      • Dinamo
      • 28.04.2026 19:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Surxon
      • 28.04.2026 20:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Nasaf
  • APL
      • 28.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 33 85
2 Real Madrid 33 74
3 Vilyarreal 33 65
4 Atletiko 33 60
5 Betis 33 50
6 Selta 33 44
7 Xetafe 33 44
8 Real Sosyedad 33 43
9 Osasuna 33 42
10 Atletik Bilbao 33 41
11 Rayo Valyekano 33 39
12 Valensiya 33 39
13 Elche 33 38
14 Espanyol 32 38
15 Jirona 33 38
16 Alaves 33 36
17 Malyorka 33 35
18 Sevilya 33 34
19 Levante 32 32
20 Real Ovyedo 33 28

O'tgan o'yinlar.

33-тур Atletik Bilbao 1-0 Osasuna
33-тур Malyorka 1-1 Valensiya
33-тур Real Madrid 2-1 Alaves
33-тур Jirona 2-3 Betis
33-тур Elche 3-2 Atletiko
33-тур Real Sosyedad 0-1 Xetafe
33-тур Barselona 1-0 Selta
33-тур Levante 2-0 Sevilya
33-тур Rayo Valyekano 1-0 Espanyol
33-тур Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

28/04/26 Espanyol - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Fantastik finalli faoliyat

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

23 aprelda Ispaniya kubogi umidida maydonga tushgan «Betis» asosiy vaqtdagi jangovar durang (1:1)dan so‘ng penaltilar seriyasida nufuzli sovrin sohibi bo‘lgandi.

Lekin qarama-qarshilikning asosiy qahramoni jamoa tarixidagi bosh yetakchi - Xoakin Sanches bo‘ldi. Bir oydan so‘ng butsalarini mixga ilishga qaror qilgan 40 yoshli faxriy «Betis» bilan 14 yillik faoliyatida ikkinchi marta kubokni qo‘lga kiritdi. Yashil maydon bilan xayrlashish uchun bundan-da ulug‘vor, dabdabali syujet bo‘lishi mumkinmi?

Xoakin Sanches - o‘zgacha mezondagi futbolchilar toifasidan. Ya’ni, navqiron Ronaldinyo va Raullar endi katta futboldagi tetapoya qadamlarini tashlayotgan, «Ayaks» YECHL finalida maydonga tushgan, «Liverpul» Carlsberg logotipi bilan to‘p surgan davr vakili. Unga suyukli o‘yinchilari xususida savol berilsa, «qaysi davrdagi o‘yinchilarni aytay, o‘tmishdagimi yoki zamonaviylari», deya aniqlik kiritib olishi bejiz emas. 

2000 yili «Betis»da debyutini nishonlagan futbolchi ilk o‘yindayoq betakror driblingi bilan barchani lol qoldirgandi. O‘ta chaqqon vinger kutilmagan qarorlari bilan bir nechta raqiblarini ortda qoldirar va juda ko‘p samarali uzatmalarni amalga oshirardi. Biroq navqironlik paytida Xoakin nafaqat assistlar va dribling, balki rok-n-rolcha turmush tarzi bilan tanilgandi. Himoyachi Xuanitoning aytishicha, vinger tungi bazmlarni xush ko‘rar, kechalarni bedor o‘tkazishi sababli kunduzi ko‘p uxlardi. 


«Chelsi»ga o‘tish imkoniyati

Dribling va kashfiyotchilik qobiliyatini gollar va assist­larga aylantirgan futbolchi 2001|2002 yillar mavsumida La Liganing eng yaxshi yosh o‘yinchisi unvoniga loyiq topildi, keyingi mavsumda 12ta gol bilan «Betis»ning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Sermahsullik bobida u faqat «Real» tarbiyalanuvchisi Fernandodan ortda qolgandi.

2004 yilda 23 yoshli Xoakinda «Chelsi»ga o‘tish va Angliya chempioni bo‘lish imkoniyati paydo bo‘lgandi. Tomonlar transfer bahosini (40 mln. yevro) kelishib olishgan, Joze Mourinyo Piter Kenyon bilan Sevilyaga tashrif buyurgandi. Ularning «Betis» prezidenti va Xoakin bilan uchrashuvlari shahar mehmonxonalaridan biriga belgilangandi. Lekin Sanches uchrashuvga kelmadi. Keyinchalik futbolchi Mou bilan telefon orqali bog‘lanib, uzrini aytdi.

«Joze bilan ko‘p uchrashganman. U qancha maosh olmoqchi ekanligim haqida so‘ragandi, ammo gap pulda emasdi. Londonda o‘ynash va yashashimni tasavvur qilolmadim. Chunki Sevilyada baxtli bo‘lishni istardim», - degandi Xoakin keyinchalik. Mou Sanchesning javobidan xafa bo‘lmadi, uni faoliyatidagi eng samimiy inkor sifatida qabul qildi.

O‘sha yili «Real» ham Xoakinga xaridor bo‘lgandi, lekin yakunda transfer amalga oshmadi. Mish-mishlarga ko‘ra, de Lopera bilan Peresning o‘zaro munosabatlari ancha keskin ekan. «Betis»da qolgan Xoakin samarali o‘yinni davom ettirdi, 20 (5}15) ball bilan jamoa tarixidagi ikkinchi kubok va YECHL yo‘llanmasi qo‘lga kiritilishiga munosib hissa qo‘shdi. Aytgancha, taqdir taqozosi bilan «Betis» nufuzli turnirda «Chelsi»ga qarshi kuch sinashib, tarixiy g‘alabaga erishdi. Uzoq yillik tanaffusdan so‘ng qo‘lga kiritilgan kubokdan mamnun bo‘lgan de Lopera Xoakinning nikoh to‘yiga kubok bilan tashrif buyurdi. Qo‘shimchasiga, nufuzli sovrinni hech kim ko‘rmaydigan joyga qo‘ygani uchun ruhoniydan xafa bo‘ldi.


«Qizil furiya» - Xoakinning armoni

Ispaniya terma jamoasidagi debyutini Xoakin Sanches 2002 yilda nishonlab, tez orada JCHga yo‘l olgandi. Janubiy Koreyadagi dastlabki uchrashuvda u Raulni samarali uzatma bilan ta’minlab, JAR ustidan erishilgan g‘alabaga sezilarli ulush qo‘shdi. Lekin musobaqa «qizil furiya» uchun omadsiz yakunlandi: penaltilar seriyasigacha cho‘zilgan mezbonlarga qarshi chorak final bahsida koreyslar darvozaboni Xoakinning zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi va ispanlar yarim final yo‘llanmasini boy berishdi.

Keyin Xoakin Yevro-2004 va JCH-2006 turnirlarida qatnashdi. Yevro-2008 saralash bosqichida Luis Aragones negadir qahramonimizni chaqirmay qo‘ydi. Bundan qattiq ranjigan futbolchi bu murabbiyning ishonchini hech qachon his etmagani, terma jamoada tartibsizlik hukmron ekanligini radiointervyuda ma’lum qilgandi. Nihoyat, 2007 yil yozida Aragones shogirdini afv etib, qatorasiga 8 uchrashuvda maydonga tushirdi, lekin Yevroga olib ketmadi.

Eng achinarli jihati shundaki, aynan 2008 yildan Ispaniya termasining «ketmoni uchib», qatorasiga 3ta yirik musobaqada shohsupadan joy oldi. «Evropa chempionatidan keyin yigitlar qo‘ng‘iroq qilib, muvaffaqiyatda mening ham ulushim borligini aytishdi. Lekin zafar quvonchini jamoa bilan tuymaganim sababli, ma’yuslikdan qutula olmadim. G‘alabani ko‘z yoshlarim bilan yuvdim», - deydi Xoakin.

Shundan beri futbolchi terma jamoaga jalb etilmadi. Murabbiylar almashsa ham, unga bo‘lgan munosabat o‘zgarmadi. Lekin tan olish kerak, Xoakin doimo qaytish umidi bilan yashadi. 2017 yilda u «Instagram» orqali Luis Enrikega hazilnamo murojaat yuborgandi: «Luis, ro‘yxatda nomim yo‘qligidan xavotirdaman. Lekin telefonimda 2ta o‘tkazib yuborilgan notanish raqam paydo bo‘lib qoldi. Agar bu siz bo‘lsangiz, qaytadan qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘rayman». Tabiiyki, murabbiy qo‘ng‘iroq qilmadi.


«Betis» - yagona muhabbati

Xoakin Sanches 22 yillik faoliyatining 14 yilini «Betis»da o‘tkazdi. «Valensiya», «Malaga» va «Fiorentina» tufayli yuzaga kelgan uzilishlar qisqa bo‘lsada, besamar ketmadi. «Valensiya»da u Ronald Kuman bilan jang qildi, ammo o‘zining ikkinchi Ispaniya kubogiga ega bo‘ldi. «Malaga»da shayxlar juda tez futboldan zerikkan bo‘lsalar, Sanches YECHL chorak finaligacha ko‘tarildi, hatto gol urishga ulgurdi. «Fiorentina»da navqiron Muhammad Salohga zaxira o‘rindig‘idan joy berib, «Florensiya to‘liq bitkazilgan emas», deya hazillashdi. Ammo hech qayerda o‘zini «Betis»dagidek baxtiyor his eta olmadi. Tez orada buni o‘zi ham tushungach, 2015 yilda qadr­don klubiga qaytdi.

Xoakinning «Benito Vilyamarin»dagi taqdimot marosimi 19 ming muxlisni jam qildi. Jamoa tarixida hech qaysi futbolchini bunchalik ulkan olomon kutib olmagandi. Lekin dastlabki ikki mavsum u va «Betis» uchun o‘ta murakkab kechdi, hatto jamoa La Ligani tark etishiga sal qoldi.

2017 yilda Kike Setyen bosh murabbiy etib tayinlangach, vaziyat keskin o‘zgardi. Chunki u jamoaviy o‘yinni qaytadan shakllantirdi, Xoakinni yangi parvozga ilhomlantirdi. Natijada futbolchi 2018 yilda La Ligadagi 500-uchrashuvini o‘tkazdi, keyin afsonaviy Alfredo Di Stefanodan o‘zib ketdi va eng keksa yoshdagi (38 yil, 40 kun) «xet-trik» muallifiga aylandi. 2021 yil oktyabrida 40 yilu 89 kunlik vinger 40 yoshdan katta kasbdoshlari orasida XXI asrda samarali uzatmani amalga oshirgan dastlabki futbolchi bo‘ldi. O‘yindagi joziba ham yo‘qolgani yo‘q - burchak zarbasidan «Valensiya» darvozasiga urilgan gol bunga misol bo‘la oladi. 

O‘tgan yilning kuzida 40 yoshli faxriy o‘zining oxirgi mavsumini o‘tkazayotganini e’lon qilgandi. Yashil maydonni u Ispaniya TVsidagi shou sahnasiga almashtirishi mumkin. Balki qadrdon klubining prezidentiga aylanar - Xoakin klub aksiyalarining ma’lum foiziga ega. 2004|2005 yillar mavsumida Sanches o‘zining gollari va assistlari bilan «Betis»ga dastlabki YECHL yo‘llanmasini taqdim etgandi. Uning so‘nggi mavsumida jamoa ushbu turnirda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritganida, o‘ziga xos ramziy ma’no kasb etgan bo‘lardi. Lekin «Betis» YEL chiptasi bilan kifoyalandi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 14.07.2022. O'qildi: 1719 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 14
7 Реал Мадрид Vinisius Junior 13
8 Атлетико Aleksandr Serlot 12
9 Барселона Robert Levandovski 12
10 Алавес Lukas Boye 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик