Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Dinamo 15 29
3 Bunyodkor 15 27
4 Neftchi 14 27
5 OKMK 15 27
6 Paxtakor 15 26
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 15 15
13 Xorazm 14 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro
15-тур Andijon 0-1 Bunyodkor
15-тур Mash’al 0-1 OKMK
15-тур Paxtakor 2-0 Navbahor
15-тур Dinamo 2-2 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

07/07/25 Neftchi - Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 07.07.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Фенербахче".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Кубок Испании. 1/32 финала. "Сант-Андреу" - "Реал Бетис".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Самсунспор".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Кубок Италии. 1/32 финала. "Салернитана" - "Специя".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      15:30 Новости футбола.
      15:35 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бешикташ".
      17:35 Новости футбола.
      17:40 Кубок Испании. 1/32 финала. "Саламанка" - "Сельта".
      19:40 Новости футбола.
      19:45 Кубок Италии. 1/32 финала. "Фрозиноне" - "Пиза".
      21:45 Новости футбола.
      21:50 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Фенербахче".
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Кубок Испании. 1/32 финала. "Сант-Андреу" - "Реал Бетис".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Самсунспор".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Кубок Италии. 1/32 финала. "Салернитана" - "Специя".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 07.07.2025

      06:05 Автоспорт. DTM. Этап 4 на трассе Норисринг, Германия. Гонка 2.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 4 в Тюмени, Россия.
      09:40 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли".
      10:35 "Формула-1. Гаснут огни".
      11:05 BMX. Альфа-Банк Чемпионат России. Фристайл-парк.
      13:00 Спортивная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Мужчины. Многоборье.
      16:15 Д/с "Век нашего спорта".
      16:45 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 1 м.
      17:55 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Трамплин 1 м.
      19:20 Д/ф "Царица Тамара. Быкова".
      20:30 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 2 в Ижевске, Россия.
      22:30 "Вопреки всему".
      23:00 "Сюрпляс".
      23:30 LIVE Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Д/с "Век нашего спорта".
      01:35 Спортивная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Мужчины. Многоборье.
      04:35 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 1 м.
  • MATCH-TV
    • Sana: 07.07.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Спортивная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Век нашего спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Д/с "Сила воды".
      11:25 "Культовые".
      12:30 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Деррик Льюис против Сергея Спивака.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:20 "География спорта". Зеленоград.
      16:50 "Лучшие из лучших".
      17:20 Новости.
      17:25 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. "Динамо" (Беларусь) - "Салават Юлаев" (Россия). Прямая трансляция.
      18:10 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:20 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. "Металлург" (Магнитогорск) - "Авангард" (Омск). Прямая трансляция.
      19:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:15 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. "Ак Барс" (Казань) - "Трактор" (Челябинск). Прямая трансляция.
      20:00 LIVE Громко. Прямой эфир.
      21:15 Д/ф "Двенадцатый игрок".
      23:30 LIVE Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Бокс голыми кулаками. Bare Knuckle FC on DAZN Hollywood в США. Джаред Уоррен против Майка Ричмана.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:55 "Культовые".
      03:55 Д/ф "Четыре мушкетёра".
      04:55 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Деррик Льюис против Сергея Спивака.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 07.07.2025

      07:00 Снукер. Players Championship в Телфорде, Великобритания. Финал.
      10:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 8 в Монако.
      11:30 BMX-фристайл. Urban Sessions в Брюсселе, Бельгия. Женщины. Финал.
      12:30 BMX-фристайл. Urban Sessions в Брюсселе, Бельгия. Мужчины. Финал.
      13:30 Снукер. Players Championship в Телфорде, Великобритания. Финал.
      15:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 2. Ловен-Планк - Булонь-сюр-Мер.
      16:00 LIVE Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 3. Валансьен - Дюнкерк. Прямая трансляция.
      21:00 Велоспорт. Женщины. "Джиро д'Италия". Этап 2. Обзор.
      22:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 5. Broken Arrow Skyrace в Олимпик-Вэлли, США. Обзор.
      22:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 6. Tepec Trail в Уаска-де-Окампо, Мексика. Обзор.
      23:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 8 в Монако.
      01:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 3. Валансьен - Дюнкерк.
      03:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 3.
      04:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 3. Валансьен - Дюнкерк.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Pulni tejashning yangicha qoidasi

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Avval rejalashtirilganidek, UEFA kelgusi mavsumdan yangi moliyaviy tartib o‘rnatadi.

Bahorda o‘zgarishlar nimalardan iborat bo‘lishi haqida gaplashgandik, hozir esa ko‘p narsaga aniqlik kiritildi. Futbol iqtisodiyotidagi eng yaxshi medialardan biri hisoblangan SwissRamble yangiliklarni tushunarli tarzda keltirib o‘tdi. Quyida shu mavzuga to‘xtalamiz.

** Moliyaviy feyr-pley endi yo‘q. Uning yangi nomi - «Moliyaviy barqarorlik qoidalari». Bu tasodif emas, UEFA avvalgi me’yorlar o‘yinning adolatli kechishiga to‘liq ta’sir o‘tkazolmaganini tan oldi, yangilari ham shunday bo‘ladi. «Raqobat muvozanatini faqatgina moliyaviy qoidalar bilangina ta’minlash imkonsiz. Mazkur muammoni boshqa choralar evaziga yechish mumkin. Shu sababli ham nomni o‘zgartirdik. «Toza o‘yin» atamasi teng sharoit yaratishni anglatadi», - deya tushuncha berdi UEFA direktori Andrea Traverso.

** Endi uch yillik davrdagi maksimal ziyon miqdori avvalgidek 30 mln. yevro emas, 90 mln.ni tashkil etadi. Umuman, limit faqat ikki martaga - 60 mln. yevroga oshgan. Bunda ortiqcha 5 mln. yevro klub egasining aksionerlik mablag‘lari evaziga qoplanadi («PSJ» va «Manchester Siti» buni maroq bilan bajarishmoqda). Ammo klubning moliyaviy holati yaxshi bo‘lsa, unga uch yillik davr uchun yana 30 mln. minusga kirishiga ruxsat beriladi. Biroq! Endilikda ziyonlarni hisoblash payti infrastruktura, yoshlar va ayollar futboliga qilinayotgan xarajatlar ham qo‘shiladi. Avvallari bunday emasdi.

** UEFA qarzlar uchun jazolamaydi, faqat muddati uzaytirilgan kreditorlik qarzlari bo‘lmasligi lozim (2021 yilda «Barsa», «Chelsi» va «Tottenxem» shu tariqa milliardlab qarzga botishgandi). O‘z navbatida, yangi qoidalar xo‘jayinlarning klubga berayotgan qarzlarini emas, aksionerlik jamg‘armasiga yo‘naltirayotgan investisiyalarini rag‘batlantiradi.

** Yangi qoidalarning yangi kriteriyasi: endi klublarga maoshlar, transferlar va agentlarni mukofotlash uchun (jumladan, futbolchilar sotuvidan tushadigan) daromadlarning faqat 70 foizini sarflashga ruxsat beriladi. Bu qoida maosh vedomosti 30 mln.dan oshadigan yevrokuboklar ishtirokchilariga taalluqli. UEFA top-klublar ushbu limitga moslashishda qiynalishlarini yaxshi tushunadi, shu bois, eng yirik miqdor bos-qichma-bosqich o‘zgartiriladi:  mavsum-2023|2024da 90 foiz, mavsum-2024|2025da 80 foiz va mavsum-2025|2026dan boshlab 70 foiz. Maoshlar deganda faqat erkaklar tarkibi, murabbiylar, shuningdek, bonuslar va iste’fodan keyingi turli kompensasiyalar nazarda tutiladi. Odatda, bu klubdagi umumiy maosh fondining qariyb 90 foizini tashkil etadi.

Darvoqe, 70 foizlik ko‘rsatkich avvalgi qoidalarda ham bo‘lgan, biroq me’yordan oshish darhol jazo qo‘llash emas, qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish uchun asos vazifasini o‘tagan.

Eslatma, transfer xarajatlari bir vaqtning o‘zida emas, amortizasiya hisobiga baholanadi. Ya’ni, futbolchi shartnomasining to‘liq muddatiga qarab ish ko‘riladi. Misol uchun, o‘yinchini 100 mln.ga sotib olib, 5 yillik kelishuv imzolangan bo‘lsa, uning klubdagi har bir yili uchun 20 mln.dan belgilanadi - hisobot shunday ko‘rinish oladi. Agar uni bir yildan so‘ng 90 mln.ga sotib yuborishsa, demak, klub 10 mln. foyda ko‘radi. Sodda hisob-kitob-larda klubga minus yozilardi. Chunki sotuv payti futbolchining narxi 80 mln. yevroga teng bo‘lgan. Formula shunday: 90 (sotuv narxi) - (100-20).

Mazkur holatda futbolchining sotuvi vedomostga darhol kiritiladi. Ya’ni, birgina qimmatbaho kelishuv evaziga klub ishlarini maromiga keltirish mumkin.

** Turli mamlakatlar soliq stavkalaridagi nomutanosiblik muammosi hal etilmadi. Demak, soliqlarning kattaligidan (top-5ning boshqa mamlakatlari bilan solishtirganda) Fransiya klublari ko‘proq aziyat chekishadi.

** 70 foizlik xarajatlarga amal qilmaslik uchun qo‘llanadigan sanksiyalar qoidabuzarlik darajasi hamda 4 yillik davrda me’yordan oshish soniga bog‘liq bo‘ladi. Limitdan 10 foizga chiqilgani uchun umumiy summaning 10dan 25 foizigacha bo‘lgan miqdorda jarima belgilanadi. Agar ko‘rsatkich 30 foizdan oshsa, jarima 75-100 foizni tashkil etadi.

Qoidalar hozirdan ishga tushsa, qanday bo‘ladi? Bu yerda bizga yana SwissRamble hisoboti yordam beradi. Hozircha faqat pandemiya davrida o‘tkazilgan mavsum-2020|2021 bo‘yicha ma’lumotlar bor. O‘shanda klublarning tijoriy daromadlari sezilarli pasaygani, lekin maoshlar va transfer xarajatlari o‘z holicha qolganini inobatga olish darkor.

** Faqat ikki top-klub 70 foizlik ko‘rsatkichga mos ravishda faoliyat yuritdi - «Bavariya» (63 foiz) va «Real» (65 foiz).

** Uchta klub 100 foizlik ko‘rsatkichdan oshib ketdi - «Barselona» (109 foiz), «Inter» (104 foiz), «PSJ» (102 foiz).

** «Arsenal» va «Chelsi»dan me’yorni oshirish ko‘rsatkichi 90 foizni tashkil etdi.

** «MYU», «Milan» va «Yuventus»da - 80 foizdan ko‘proq.

** «Atletiko», «Manchester Siti», «Liverpul», «Borussiya» Dortmund va «Tottenxem»­da - 70 foizdan ko‘proq.

** Pandemiya ta’sir etmagan mavsum-2018|2019ni olsak, faqat to‘rt klub 70 foizlik ko‘rsatkichdan o‘tdi - «Milan» (99 foiz), «Chelsi» (85 foiz), «Yuventus» (72 foiz) va «Manchester Siti» (71 foiz).

Umuman, ushbu ko‘rsatkichga ichki TV-shartnomalar summasining ta’siri katta. Misol uchun, APL klublari mavsum-2020|2021da maoshlar va transferlarga daromadning o‘rtacha 80 foizini sarflashgan, Ispaniyada bu ko‘rsatkich 84 foiz, Italiyada 92 foiz, Fransiyada esa 102 foizni (pandemiya tufayli vujudga kelgan TV-qiyinchiliklarni yaxshi eslaymiz) tashkil etdi. Eng yaxshi o‘rtacha ko‘rsatkich Germaniyaga tegishli - 68 foiz. Bundesliga hozirning o‘zida yangi qoidalarga tayyor.

Lekin «boylar» va «qashshoqlar» o‘rtasidagi farq yanada ortishi mumkin. Ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratsangiz, top-6 va boshqalar o‘rtasidagi tafovut juda katta ekanligiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Yana bir jihatni unutmaslik kerak, homiylik kelishuvlarining «bozor holati» bo‘yicha baholanishi bilan bog‘liq muammo hozircha hal etilmagan. Avvallari «Manchester Siti» va «PSJ» bundan maroq-la foydalanishgan - yaqin hamkor kompaniyalar bilan oshirilgan narxlarda shartnomalar imzolashgan. Endi qoidalar ko‘lami kengaydi - UEFA kelgusida har bir o‘tkazmani (faqat kelishuv ishtirokchilari jalb etilgan holatlar bilan cheklanmagan holda) tekshiradi, lekin hozircha bunday bayonotlar ishonarsiz ko‘rinmoqda.

UEFA vakillarining ta’kidlashlaricha, yangi qoidalar «badavlatlar» va «qashshoqlar» o‘rtasidagi farqni qisqartirmaydi, shunchaki, top-klublarni katta qarzlar va bema’ni transfer xarajatlaridan saqlaydi. Bir jihatdan, buni ochiqchasiga tan olishayotgani yaxshi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:18, 23.07.2022. O'qildi: 2234 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Бунёдкор Luis Kachorri 8
4 Насаф Husayn Norchayev 8
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 5
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.