Chig‘atoydagi sport bazasida "Andijon" va O‘zbekiston U-20 jamoalari o‘rtasidagi rejalashtirilgan nazorat uchrashuvi o‘tkazildi.
Andijonliklar bosh murabbiyi Viktor Kumikov asosiy tarkibda yoshlarga imkoniyat berish orqali ularni yana bir bor sinovdan o‘tkazib olishni maqsad qildi.
O‘yin qiziqarli ruhda o‘tdi."Burgutlar" safida tug‘ilgan kunini nishonlagan Malikshoh Rasulov birinchi bo‘limda o‘zining aniq zarbasi bilan hisobni ochdi.
Tanaffusdan keyin Ravshan Haydarov terma jamoa tarkibida kerakli o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Natijada zaxiradan maydonga tushirilgan Aziz Xolmurodov bilan Abbos Fayzullayev Xurshid Xodjayev qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilishdi va yakunda 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
O‘zbekiston U-20: Humoyun Sayotov, Zafar Hakimov, Mirkomil Abdurazzoqov, Izzat Po‘latov, Mahmudjon Mahamadjonov, Shahzod Ne’matjonov, Umarali Rahmonaliyev, Shaxriyor Jabborov, Shoxjahon Xayrullayev, Sherzod Esonov, Rustam Turdimurodov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Aziz Xolmurodov, Abbos Fayzullayev, Abubakr Ashurov.
“Andijon”: Xurshid Xodjayev, Abduvohid G‘ulomov, Ahmad Anvarov, Islom Mamatkazin, Ilhom Alijonov, Ahror Inoyatov, Asilbek Aysarov, Ibrohim Muxtorov, Malikshoh Rasulov, Izzat Abdulhakov, Oyatillo Obidjonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Azamat Isroilov, Abdurahmon Komilov, Farhod Sohibjonov, Muhammadkarim Toirov, Ildar Mamatkazin.