Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kazemironing «MYU»ga qanday foydasi tegadi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Hammasidan ham, Kazemironing bir necha yil avvalgi bir intervyusidan parcha yoqdi: “Men o‘yin tugagach, necha marta raqibdan to‘p olib qo‘yganim va shunga o‘xshash ko‘rsatkichlarga qarayman. Bu men uchun gollar va assistlardan ham muhimroq. Albatta, futbolchiga baho berishda uning to‘p bilan amalga oshirgan harakatlari e’tiborni tortadi, lekin aslida o‘yin 90 daqiqa davom etadigan bo‘lsa, futbolchida bunday daqiqalar ko‘pi bilan atigi 2-2,5 daqiqani tashkil qiladi. To‘psiz paytda ham futbol o‘ynaysiz – to‘g‘ri harakatlanib, sheriklaringizga hujum uyushtirish imkonini berasiz, raqib foydalanishi mumkin bo‘lgan ochiq zonalarini to‘ldirasiz, ularning hujum uyushtirishiga qarshilik qilasiz,  to‘p uchun kurashasiz va hokazo. Bu yanada muhim”.

Xo‘p, endi, transfer deyarli aniq bo‘lgach, foydali tomonlariga yuzlanamiz. Albatta, pullarni bir chetga surgan holda.

Kazemironing transferiga faqat uning 30 yoshda ekanligi va to‘langan pullar rakursidan qaraganda, salbiy baho berish mumkin xolos, aslida u — ayni paytda o‘z ampluasida dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Aynan shu amplua “Manchester Yunayted”ning so‘nggi yillardagi, balkim yosh Maykl Karrikdan so‘ng, asosiy muammosi ekanini inobatga olsak, top-transfer.

To‘g‘ri, Erik ten Xag o‘z jamoasini qurayotgani va buning uchun ancha yoshroq futbolchilar kerak bo‘lishi ko‘p aytilmoqda, lekin murabbiyda, umuman klubda ushbu jarayondan tashqari, joriy natijalar uchun ham mas’uliyat bor. Agar g‘alabalar, hech bo‘lmasa, YECHL yo‘llanmasi uchun munosib kurash bo‘lmasa, har qanday jarayon havoga uchadi, hatto Ten Xagning ham kursisi qimirlaydi, bu shunaqa klub.

Shunday ekan, bir paytlar Brendon Rojersning ayni shunday holatlar haqidagi fikrini eslaymiz. “Top klubda yangi jamoa qurish jarayoni uchib ketayotgan samolyotni tuzatishga o‘xshaydi” – degandi u “Liverpul”da ishlab yurganida. Biz Potterning “Brayton”idan yoki Moyesning “Vest Hem”idan qanchalik hayratga tushmaylik, u butunlay boshqa ish – sizga sabr qila olishadi. Hatto Erik ten Xag ham “Ayaks”da osonroq vaziyatda bo‘lgan, zero Erdiviziyada bu qadar kuchli va ayovsiz qarshilik yo‘q. Uning dastlabki ikki o‘yindan keyin, har qanaqa yoshdagi, har qanaqa futbolchilarning kelishiga rozi bo‘lishini tushunish oson – unga imkon qadar ko‘proq ijrochi kerak. Fred va Maktominey top-6 dagi birorta jamoa tugul “Vulverhempton”ning asosiy tarkibiga kira olishmasdi, ularning o‘rniga tushishi mumkin bo‘lganlar esa – Zidan Ikbol va Jeymi Garner.

Xullas, bu nyunslar bilan fikrlaganda, Kazemiro – top transfer. Hatto De Yongdan ham zarurroq. U ten Xag kelajakda quradigan yangi va balki kuchli jamoaning asosiy tarkibida bo‘lmasligi mumkin, ammo ayni paytda, o‘sha jamoaning qurilishida u yordam beradi. Yuqorida bu jarayon samolyotga o‘xshatildi-ku, qayerdadir, kemaga ham o‘xshatilganini ko‘rdim – "Suzib ketayotgan kemani ta’mirlash qiyin emas, agar unda teshiklar bo‘lmasa, barcha mehnat o‘sha teshiklardan chiqayotgan suv bilan kurashishga ketib qolavermasa...”.

Kazemiro o‘sha teshikni yopishi kerak.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 20:20, 19.08.2022. O'qildi: 7049 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик