Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • 3:2
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • 1:1
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • 2:1
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • 0:1
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • 1:1
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • 0:1
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • 3:0
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • -:-
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
  • «A» Seriya
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • 0:2
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • 0:3
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 0:1
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • -:-
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • -:-
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 35 48
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Adidas va Nike mutlaqo teng!

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Kirmang
Rukn: Yangiliklar
A A A

Mana, navbatdagi yevromavsumni ham boshlab oldik. Bugun jamoa­lar amalga oshirgan transferlar yoki o‘yin uslublari emas, balki ularning formalari haqida gaplashamiz.

Aniqrog‘i, qit’aning kuchli 5ta ligasi ishtirokchilarini qaysi kompaniyalar «kiyintirayotgani»ni ko‘rib chiqamiz. Aytish kerak, hozirgi holatda ekipirovka olamining ikki nahangi - Adidas va Nike o‘rtasida mutlaq tenglik yuzaga kelgan. Macron esa Puma brendini kuchli uchlikdan chiqarib yubordi. Yana bir muhim xulosa: Italiyada mahalliy brendlarga ishonch katta.

 

UMUMIY MANZARA

Avvalo, yevrofutbol markazi, ya’ni kuchli 5ta ligadagi umumiy manzarani ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Demak, jami 98ta klubdan naq 34tasi an’anaviy yetakchilar - Adidas va Nike qanoti ostida. E’tiborli tomoni, Germaniya va AQSH brendi o‘rtasida mutlaq tenglik bor - har ikkisi 17tadan jamoaga «ega»lik qilmoqda. Ammo navbatdagi mavsum oldidan kuchli uchlikda o‘zgarish kuzatildi - Puma o‘z o‘rnini Macron kompaniyasiga bo‘shatib berdi. Xullas, endilikda kuchli uchlikda Italiya brendi ham bor. 

Umuman, Adidas va Puma (Germaniya) hamda Nike (AQSH)­ning yevrofutbol markazidagi to‘liq hukmronlik davri allaqachon o‘tmishda qoldi. Endilikda «katta uchlik» asosan eng sara klublarga e’tibor qaratmoqda. O‘rta va past bo‘g‘inga mansub jamoalar esa hali uncha mashhurlashmagan brendlar qanoti ostiga o‘tmoqda. Chunki ularga eng ma’qul individual hamkorlik variantini aynan hali keng tanilmagan guruhlar taklif etmoqda. Umumiy hisobda aytsak, Adidas, Nike va va Puma yangi mavsumda jami 44ta klubni ekipirovka bilan ta’minlaydi, qolgan 54ta jamoa boshqalar tasarrufida. Ha, bu masalada o‘tgan asrning 90-yillarida kuzatilgan xilma-xillik qaytmoqda. O‘shanda futbol bozorida «katta uchlik»dan tashqari, Kappa, Umbro, Fila, Admiral va Hummel kompaniyalari ulushi bor edi. Faqat endi Fila va Admiral o‘rnida yangi «o‘yinchilar»ni ko‘ryapmiz. Masalan, New Balance, Castore, Mizuno va «Armani YEA7» imperiyasining sport liniyasi.


ITALYANCHA SAKRASH

Alohida aytish kerak, Italiya brendi - Macron kuchli uchlikda Puma o‘rnini ilk marta egallayotgani yo‘q. IQUII Sport 2019 yili Yevropaning kuchli 6ta chempionati (Portugaliya ligalari ham qo‘shilgandi)da ishtirok etuvchi 237ta klub ekipirovkasi bo‘yicha umumiy tadqiqotini e’lon qilgandi. O‘shanda bozorning 9,7 foizi Macron guruhiga tegishli ekanligi va 8,86 foiz ulushga ega Puma Italiya firmasidan ortda qolayotgani ma’lum bo‘lgandi. IQUII Sport reytingi yuqorisida esa Nike (15,61 foiz) va Adidas (10,97 foiz) qayd qilingandi. To‘g‘ri, Macron bozorda faqat o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalaridan ko‘zga tashlana boshlagan. Vaholanki, Bolonya kompaniyasi 1971 yilda tuzilgan, ammo uzoq vaqt davomida Amerika sport brendlarining Italiyadagi vositachisi maqomi bilan cheklangan. Ushbu brend 1994 yilga kelibgina mustaqil ishlab chiqarish yo‘liga o‘tgandi. Shu tariqa 2001 yili o‘z tarixida birinchi homiylik shartnomasini rasmiylashtirdi. Albatta, mahalliy «Bolonya» klubi kompaniyaning ilk mijoziga aylandi.

 

NIKE VA ADIDAS  GURUHLARIGA YANGI CHORLOV

Dadil yurishni davom ettirayotgan yana bir guruh - bu Castore. Diqqat qiling, Britaniyaning ushbu brendiga 2015 yili aka-uka- Tomas va Filipp Bixonlar asos solishdi. Ular o‘sha vaqt atigi 25 va 22 yoshda bo‘lishgan. E’tiborli tomoni, 2 yilcha oldin ham Castore futbol bozorida biror klubga «ega» emasdi, lekin keyin katta sarmoya evaziga rivojlanish sari qadam tashladi. Natijada 2020 yili «Reynjers» bilan shartnoma tuzgan kompaniya oradan ko‘p o‘tmay, APLga bosh suqdi va «Vulverxempton» hamda «Nyukasl» kabi klublarni o‘z tomoniga og‘dirdi. Joriy yozda esa «Aston Villa», «Bayer», «Sevilya», «Almeriya», «Charlton Atletik» va «Solford Siti» jamoalari ham Castore bilan bog‘landi. Britaniya guruhining keyingi maqsadi «Roma», «Atletik»«Jenoa», «Gamburg», «Feyenoord» kabi klublarni o‘z qanoti ostiga olish. Umuman, inglizlar shu bilan ham to‘xtab qolmaydilar. Castore asoschilari hozirda eng yaxshi brendlarni shablonlar va innovasion yechim yo‘qligi yuzasidan keskin tanqid qilishmoqda. Ular o‘z firmalarini eng ma’qul muqobil variant sifatida ko‘rsatib, klublarga homiylik kelishuvi masalasida yangicha yondashuv taklif etishyapti. Bunday harakat klublarga yoqmoqda va kompaniya bozorda doimiy ravishda yangi-yangi nuqta topmoqda. Ha, futbol bozorida yosh brend ikki nahangga qarshi chiqmoqda. U allaqachon APLni qamrab olishga tushdi va odatiy shablonlarni yo‘qotish harakatida. 


YAPON BELGISI

Yangi mavsumda «A» seriya («Lasio») va Bundesliga («Boxum»)ga kirib olgan Mizuno brendiga ham alohida to‘xtalish kerak. Yaponiyaning ushbu kuchli guruhiga ham aka-ukalar asos solishgan, xuddi Castore kabi. To‘g‘ri, Rizo va Rixati Mizuno deyarli 110 yil oldin (1906 yil) ish boshlashgan. Dastlab faqat beysbolga ixtisoslashgan yapon firmasi ke­yinchalik qanotlarini yoyib, deyarli barcha sport turlarini qamrab oldi. Mizuno jumladan, 1980 yili Moskva Olimpiadasining rasmiy ekipirovkachisi bo‘ldi, Sidney-2000da ham xuddi shu rolni bajardi. O‘tgan yili esa yaponlar Yevropa futbol bozoriga bosh suqishdi. Bunda Mizuno bilan lisenzion shartnoma tuzgan Future Performance Sport kompaniyasi tashabbus ko‘rsatdi. Yapon firmasi nomidan jamoa­lar bilan ishlash huquqi aynan shu guruh qo‘lida. Bu futbol bozorida sinalgan amaliyotdir. Hattoki, Puma va Umbro ham ba’zi holatlarda shu tajribadan foydalanadi. «O‘zaro hamkorlikdan maqsad - Yevropaning elit futbol jamoa­lari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish asnosida Mizuno brendining mavjud potensia­lini ko‘rsatish, katta bozordagi obro‘sini oshirish, mustahkamlash va rivojlanishini tezlashtirish», - deydi Future Performance Sport bosh direktori Dunkan Tomson. Aytish o‘rinli, bu mutaxassis vaqtida New Balance, Nike va Umbro kompaniyalarida ham ishlagan. Mizuno necha 10 yillar bo‘ldiki, Yaponiyada klublarni ekipirovka bilan ta’minlab kelmoqda. Kompaniya shuningdek, Portugaliyaning «Portimonenshe» va Italiya quyi ligalari vakillari bilan hamkorlik qilardi. Mana, endi elit darajaga ko‘tarildi. Mizuno «Lasio» va «Boxum»ning texnik homiysi bo‘lish bilan cheklanib qolmay, joriy yil Serxio Ramos bilan shaxsiy shart­noma ham tuzdi. Ya’ni ispaniya­lik himoyachi yapon brendidan o‘z tatuirovkalariga asoslangan dizaynda ishlab chiqarilgan maxsus butsa olishga ulgurdi. 

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:27, 22.08.2022. O'qildi: 3056 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик