Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
  • Superliga
      • 22.04.2026 18:00
      • Surxon
      • -:-
      • Mash’al
      • 22.04.2026 20:15
      • Buxoro
      • -:-
      • Paxtakor
      • 23.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 23.04.2026 19:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 23.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • OKMK
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 31 79
2 Real Madrid 32 73
3 Vilyarreal 31 61
4 Atletiko 31 57
5 Betis 32 49
6 Selta 31 44
7 Real Sosyedad 31 42
8 Xetafe 31 41
9 Atletik Bilbao 32 41
10 Osasuna 32 39
11 Espanyol 31 38
12 Jirona 32 38
13 Valensiya 32 36
14 Malyorka 32 35
15 Rayo Valyekano 31 35
16 Sevilya 31 34
17 Alaves 32 33
18 Elche 31 32
19 Levante 31 29
20 Real Ovyedo 31 27

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Samvel Babayan: “Bugungi bahs darajasi OCHL bilan baravar bo‘ldi”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Paxtakor” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida  mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Odatdagidek, Samvel Vyacheslavovich o‘z so‘zini bo‘lib o‘tgan o‘yin  haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Taxmin qilinganidek, mazkur bellashuv  hech kimni e’tiborsiz qoldirmadi. Chempionatning ikki yetakchisi o‘rtasidagi bahs bo‘ldi. Menimcha, bugungi bahs darajasi Osiyo Chempionlar Ligasi bilan baravar bo‘ldi. Bugun g‘alabaga yaqinroq edik, uchrashuvning 2-bo‘limida qulay imkoniyatlardan foydalana olganimizda, 3 ochkoni qo‘lga kiritardik.  Umuman olganda, yigitlarning shijoati va shogirdlarimning o‘yin sifati qoniqtirdi. Kiyinish xonasida aytgan gaplarimizning barchasini maydonda amalga oshirishdi.
- Yaxshiboyev bugun nega qaydnomaga kiritilmadi?

- Jasurning buvisi ayni paytda og‘ir kasal. Aynan buvisi Jasurning futbol bilan shug‘ullanishiga sababchi bo‘lgan. Buvisi yoshligida qo‘lidan ushlab, futbolga olib borgan. Jasur hozir oilasi davrasida. Bunday holatda uni tushundik va javob berdik.

- O‘zbekiston kubogi doirasidagi bahsdan oldin qandaydir taktik o‘zgarishlar qilasizmi?
- O‘zbekiston kubogi o‘yini borasida gapirishga hali erta. Sababi, bugungi o‘yinni tahlil qilishimiz kerak. O‘z maydonimizda, muxlislarimiz bilan birga “Paxtakor”ga qarshi o‘ynaymiz, baribir kubok doirasida qaysidir bosqichda to‘qnash kelishimiz mumkin edi. Demak, bu chorak finalda sodir bo‘lar ekan. Mavsumni bezab beradigan yana bitta qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Shunday ekan, O‘zbekiston kubogi uchrashuviga maksimal tarzda tayyorgarlik ko‘ramiz.
- Bugun aynan qanday sabablar tufayli g‘alaba qozona olmadingiz?
- Sababi, “Paxtakor” futbolchilarining o‘yin sifati yuqoriligi. Bugungi kunda bu klub terma jamoaning o‘zagini tashkil etadi. Biz ko‘rsatgan o‘yin esa yigitlarimiz yuqori darajada o‘ynay olishlari va natijaga erisha olishlarini ko‘rsatdi.
- “Navbahor” hisobni ochgach, darhol himoyaga yotib olgandek ko‘rindi. Shu bois raqib gol urdi...
- O‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazilgan vaziyatda raqib pozision hujumda edi, chap qanot himoyasida bir-birlarini o‘rnini to‘ldira olmadi. Shu bois, raqib futbolchisi erkin harakat qildi. Biz yuqori pressing namoyish etdik, raqib himoyachilariga bosim qildik. Ertami-kechmi bunday yuqori saviyadagi futbolchilar tashabbusni o‘z qo‘liga olishlari shubhasiz. Faqat o‘z darvozamizdan to‘p  o‘tkazgan vaziyatni hisobga olmaganda, pozision himoyalanishni yaxshi amalga oshirdik. 

- Shaskix bugun “Paxtakor” ikki ochko yo‘qotdi, deb aytdi, bunga sizning munosabatingiz qanday?

- Boshida aytdimku, ikkinchi bo‘limda biz gol urishga yaqin edik. Endi “o‘ldirilmagan ayiqning terisi bo‘lish”ning foydasi yo‘q. Statistika bor, turli faktlar bor. Shu bois, shaxsan mening fikrimcha, biz g‘alabaga yaqin edik. Raqib bosh murabbiyining fikri esa menga umuman qiziq emas. Barcha maydondagi futbolni ko‘rdi.
Ko‘pchilikka "Navbahor"ning o‘yini qiziq edi. Menimcha o‘yin sifati bo‘yicha raqobatbardosh jamoaga aylandik. Balki qaysidir joylarda xato qilgandirmiz, ammo yaratgan barcha narsa o‘zimizniki. Qiladigan ishlarimiz bor, kubok o‘yinigacha ko‘p xatolarimizni to‘g‘rilashga harakat qilamiz.
- “Paxtakor” darvozasiga gol urilganida hissiyot bilan nishonlamadingiz. Bu “Paxtakor”ga bo‘lgan hurmat tufaylimi?
- Sababi hali o‘yin tugashiga ancha vaqt bor edi. Hali ish oxiriga yetmagandi. Hurmat qilishga kelsak, barcha biladi mening DNKim bu “Paxtakor”

 Uning tarixiga hurmatim doim baland, sababi, o‘zim uning bir qismi bo‘lganman. Menimcha doim hissiyotlarni ushlab turish kerak.
-“Paxtakor” bugun 3 nafar markaziy himoyachi bilan boshladi. Siz bunday syurprizni kutganmidingiz?
- Agar raqib sxemani almashtirsa va himoyani kuchaytirsa, kim g‘alabaga yaqinroq ekani haqida gapirishga hojat bormi? Albatta biz uchun kutilmagan hol bo‘ldi, ammo qanotlardagi o‘yinda bizga yordam berdi. Kubok bahsida kuchli jamoa g‘olib bo‘lsin!

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 03:43, 29.08.2022. O'qildi: 2131 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Осасуна Ante Budimir 16
4 Барселона Lamin Yamal 15
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Алавес Lukas Boye 12
8 Реал Мадрид Vinisius Junior 12
9 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
10 Сельта Borxa Iglesias 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик